BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
3.06K subscribers
26.8K photos
2.47K videos
111 files
11.6K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimlzda
#Bilimlar_kuni
❇️BUXORO VILOYATIDAGI BARCHA MAKTABLARDA “BIRINCHI QO’NG’IROQ” TADBIRLARI BO’LIB O’TDI

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi

Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:

Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanish mumkin.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.

Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.

Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.

Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

@hilola_umarova
⚡️Diqqat, tanlov!

❇️O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati kengashi, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi hamkorligida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonning yosh targ‘ibotchisi” ijodkor va iqtidorli yoshlar viloyat tanlovi e’lon qilindi.

🔹Tanlovning maqsadi:
☑️Yoshlarning Mustaqillik bayramini davr ruhiga hamohang tarzda nishonlashda faol ishtirokini ta’minlash;
☑️o‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish;
☑️ularning bilimi va iqtidorini rivojlantirish;
☑️Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash

🔹Tanlov bosqichlari:
✔️1-bosqich — maktab bo‘yicha 10-sentyabrga qadar ;
✔️2-bosqich — shahar, tuman bo‘yicha, 20-sentyabrga qadar;
✔️3-bosqich — viloyat bo‘yicha, 30-sentyabrga qadar

🔹Tanlovni o‘tkazish shartlari:
Tanlovning birinchi bosqichida o‘z ta’lim muassasalaridagi hohish bildirgan nomzodlar, ikkinchi bosqichda oldingi bosqichda ishtirok etgan I o‘rinni egallagan, uchinchi — yakunlovchi bosqichda esa ikkinchi bosqichda I o‘rinni egallagan o‘quvchilar ishtirok etadi.

Ishtirokchilar Vatan haqida yoddan she’r aytishi (ohang, his-hayajon, asarning murakkabligi va dolzarbligi) 10 ball hisobidan, 10 daqiqa ichida ko‘rsatilgan mavzu bo‘yicha to‘rtlik yozishi (mahorat va so‘z boyligi) 10 ball hisobidan, 30 daqiqa davomida 12 varaqli bir chiziqli daftarda 1 betlik insho yozishi (dunyoqarashi, mustaqil fikrning namoyon bo‘lishi, savodxonligi) 10 ball hisobidan va 20 ta maxsus testlarga javob berishi (bilimi va izlanuvchanligi) 20 ball hisobidan jami 50 ballik tizim bo‘yicha baholanadi.

🔹Yakuniy bosqich g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
☑️1-o‘rin – diplom va 1,0 mln so'm pul mukofoti;
☑️2-o‘rin – diplom va 750 ming so'm pul mukofoti;
☑️3-o‘rin – diplom va 500 ming so'm pul mukofoti.
☑️“Yosh ijodkor”, “Iste’dodli o‘quvchi”, “Yosh bilimdon” nominatsiyalari g‘oliblari dilom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🔹Qadrli o‘quvchilar, tanlovda ishtirok eting va o‘z iste’dodingizni yuzaga chiqaring!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#OAV_va_BIZ

🔰“BUXORONOMA” gazetasining bayram sonida:

⚡️“YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGI SARI”

❇️ Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov bilan suhbat

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
🌍 Young Climate Champions safiga qo'shiling! 🌱

💥 Siz o'zgarishlar qilish ishtiyoqidamisiz? Biz ijobiy ta'sir yaratishga va yanada barqaror, ekologik toza kelajak sari ishlashga tayyor fidoyi ko'ngillilarni qidirmoqdamiz! 💪🌳

💎 Agar siz o'z hissangizni qo'shishni va ajoyib jamoaning bir qismi bo'lishni xohlasangiz, bu sizning imkoniyatingiz! Keling, birlashaylik, Buxoroni bir yoqadan bosh chiqarib obod qilaylik. 🌟🌿

💡 Ishtirok etish uchun quyidagi manzilga murojaat eting!

Tugash muddati: 7-sentyabr, 23:59
#OAV_va_BIZ

⚡️“Xalq so‘zi” elektron nashrida:

✳️BUXORODA «BILIMLAR KUNI» KO‘TARINKI RUHDA TASHKIL ETILDI

Batafsil👉https://xs.uz/uzkr/post/bukhoroda-bilimlar-kuni-kotarinki-ruhda-tashkil-etildi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#hamkorlik
#Buxoro_Qoraqalpogʻiston

❇️Qorako‘l tuman va Xo‘jayli tuman ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

🔹Bugun, 5-sentyabr kuni Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublika maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan onlayn uchrashuv jarayonida imzolangan mazkur memorandum o‘quvchilarda zamonaviy bilimlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish va kelajakda yetuk kadrlar bo‘lishiga ko‘maklashish, pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadiga yo‘naltirilganligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-09-05-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#xorijda_tajriba_oshirib_qaytgan_muallima
❇️YANGI O‘QUV YILINI YANGICHA SHIJOAT VA MAQSADLAR BILAN BOSHLADIM!

-Yozgi ta’til mavsumi men uchun nihoyatda samarali va hayajonli va unitilmas taassurotlarga boy tarzda kechdi, -deydi Buxoro shahridagi 4-IDUM nemis tili fani o‘qituvchisi Mavjudaxon Xaitova. – Gap shundaki, men joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan DAAD - Germaniya akademik almashinuv xizmati dasturi g‘olibi sifatida avgust oyida Germaniyaning Fridrix Shiller nomidagi Yena universitetida bir oylik malaka oshirish kursida bo‘ldim.

Dastur doirasida dunyoning 20 dan ortiq davlatlaridan kelgan ilmga tashna pedagoglar bilan bir guruhda ushbu nufuzli oliygohning salohiyatli professor o‘qituvchilaridan saboq oldim. Bunday muhit ko‘plab do‘stlar orttirishimga, o‘zaro tajriba almashib, bilimim, tajribam va mahoratimni oshirishga xizmat qildi. Samarali o‘qitishning yangi qirralari, metodikalarini o‘rgandim.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-09-06

Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uzbekiston_24 | Maxsus reportaj

❇️Vobkent tumanidagi 16-maktabning yangi binosi foydalanishga topshirildi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |
📣📣📣📣📣

GʻOLIBLAR ANIQLANDI!

▪️Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Ulug‘imsan vatanim" ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi.

🎉Mazkur ko‘rik-tanlovning mutlaq g'oliblari aniqlandi!

🔺Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:

🥇1-o‘rin: Samarqand viloyati, Ishtixon tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garagi a’zosi Muxlisa Ibragimova;
🥈2-o‘rin: Buxoro viloyati, Romitan tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garagi a’zosi Shaxrizoda Zoyirova;
🥉3-o‘rin: Toshkent shahar, Shayxontohur tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garagi a’zosi Lazizaxon Nurxo‘jayeva.

🔰G'oliblar maxsus DIPLOM bilan taqdirlanadilar.

👏 G'oliblarni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!

👍👍👍👍👍👍

⬇️Bizni kuzatib boring!
Eng yangi, qiziqarli tanlovlar va loyihalar bizda!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maktabdan_tashqari_ta’lim
✳️BUXORO VILOYATI O‘QUVCHILAR QAMROVI VA PEDAGOLAR SALOHIYATI BO‘YICHA RESPUBLIKADA PESHQADAM!

🔹Yurtimizda yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Ayniqsa, maktabdan tashqari ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktablarida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtb-09-06

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |