BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
17.1K subscribers
36.1K photos
3.29K videos
182 files
14.6K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#videolavha
✳️Buxoroda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi

🔹Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 76 nafar metodist-tarbiyachi va tarbiyachilar ishtirok etishmoqda.

🔹Bugun, ishtirokchilar dastlabki shart – test sinovlarini topshirishmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
#sayyor_qabul

🔹Bugun, 8-iyul kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov Qorako‘l tumanidagi 53-umumta’lim maktabida ta’lim tizimidagi muammolar va dolzarb masalalarni o‘rganish hamda ularni ijobiy hal qilish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ish bilan ta’minlash, qo‘shimcha dars soatlari qo‘shib berish bilan bog‘liq bir qator masalalarda murojaat qilindi.

🔹Aytish joizki, murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida bartaraf etildi. Yechimi va o‘rganishni ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✳️Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi firibgarlikning eng yangi turi bo‘yicha sizlarni ogohlantiradi

🔹Agar sizga nomaʼlum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, yaqin qarindoshingiz avtohalokat yoki boshqa noxush hodisaga sababchi bo‘lganligini aytib, shoshilinch pul talab qilishsa ishonmang, zudlik bilan yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Ogoh bo‘ling! Firibgarlarning yangi nayrangiga aldanib qolmang!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍3
#Yil_tarbiyachisi
#ikkinchi_kun
#jarayon

✳️TANLOV QIZG'IN DAVOM ETMOQDA

🔹 Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 8-iyul kunidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining Buxoro viloyat bosqichiga start berildi.

🔹Tanlovning dastlabki shartida 76 nafar ishtirokchi test sinovlarida ishtirok etib, natijalarga ko‘ra, 26 va undan yuqori balni qo‘lga kiritgan 58 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

🔹Bugun, ikkinchi shart – ishtirokchining kasbiy faoliyatiga doir videoroliklar hakamlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
#Xushxabar
✳️BUXOROLIK O'QUVCHILAR XALQARO TANLOV G'OLIBI BO'LISHDI

🔹 Buxoro  shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining “Milliy raqs” to’garagi a’zolaridan tarkib topgan “Firuza” raqs ansambli jamoasi Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l viloyatida bo‘lib o‘tayotgan "ISSIQKO‘L DO‘STLARNI YIG‘MOQDA - 2024"  XIV Xalqaro etnokarnavalida ishtirok etib, 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

💥G'oliblik muborak!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍91