BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
17.1K subscribers
36.1K photos
3.29K videos
182 files
14.6K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
🌈"Yoz òtmoqda soz"

🔹Vobkent tumanidagi 5-DMTTda yozgi sog'lomlashtirish davrini mazmunli tashkil etish maqsadida "Yoz òtmoqda soz" mavzusida katta guruh tarbiyalanuvchilari bilan ta'limiy va harakatli o'yinlar tashkil etildi.

🔹Bu musobaqada bolajonlar juda faol ishtirok etdilar va ularga estalik sovg'alar topshirildi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍4
✳️Qorovulbozor: 8-IDUMda 240 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilmoqda

🔹Qorovulbozor tumani "Imom Buxoriy" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 8-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida investitsiya Dasturi asosida yangi o‘quv binosining qurilish ishlari boshlandi.

🔹Loyiha qiymati 3 mlrd 120 mln so‘m bo‘lgan mazkur bino 240 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, qurilish ishlari “Chilonzor qurilish mega stroy” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
👍1
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Siz tanlagan manzilga biriktirilgan maktab topilmadi” degan xatolik chiqqanda nima qilish kerak?

Bunda Siz shaxsiy kabinetingizga kirib, "Mening maʼlumotlarim" bo‘limidan yashash manzilingizni tahrirlashingiz, songra "Saqlash" tugmasini bosib, qayta ariza yuborishingiz kerak boladi.

Bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirish mumkinmi?


Yo‘q, Siz dastlab joriy yilning 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikrohududdagi bitta maktabga, 15-avgustga qadar esa mikrohududdan tashqaridagi ikkinchi maktabga ariza yuborishingiz mumkin.

Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini qanday tartibda maktabga joylashtiradi?

Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini davlat xizmatlari portalining my.gov.uz platformasida “Сhet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga qabul qilish” xizmatidan foydalangan holda 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishi mumkin.

Qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun Vazirlikning “Call markazi” — 71-203-07-04 murojaat qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika
✳️QABUL JARAYONLARI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

🔹2024-2025 o‘quv yil Buxoro viloyati bo‘yicha 37 mingdan ortiq maktab yoshdagi bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan.

🔹Ayni paytda 1-sinf qabuliga biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha jami kelib tushgan arizalar soni 26 557 (10-iyul holatida) tani tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun: qabul jarayonlari biriktirilgan mikrohudud doirasida 2024-yilning 20-iyunidan – 31-iyuliga qadar, mikrohududdan tashqari hududlarda 1-15-avgustga qadar amalga oshiriladi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
⚡️Rasmiy munosabat

🔹Ijtimoiy tarmoqlarda Peshku tumanidagi 14-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar haqiga xiyonat qilinayotganligi haqidagi videolavha tarqaldi.

Ushbu videolavha yuzasidan qo‘yidagilarni ma’lum qilamiz. Joriy yilning 10-iyul sanasida Peshku tuman hokimi rahbarligida ishchi guruhi tuzilib, tumandagi ijtimoiy ob’yektlar qatorida 14-MTT faoliyati ham o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida muassasa oshxonasida tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan birinchi ovqatga 5.850 gramm, ikkinchi ovqatga esa 300 gramm go‘sht mahsuloti solinganligi aniqlangan.

Ayni paytda MTT mudirasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Holat yuzasidan hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Xorijiy_hamkorlik

Ayni damda Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi hamkorlik bo‘yicha 13-Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o‘tmoqda.

Yigilish davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri orinbosari Sardor Rajabov va Ozarbayjon Fan va ta’lim vaziri orinbosari Gasan Gasanli bilan uchrashuv bolib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlik, kelgusidagi rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar, xususan STEAM markazlarini tashkil etishda aloqalar ornatish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehmonlar Buxoro shahridagi Prezident maktabi faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda oquvchilar yutuqlari bilan tanishishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1