BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18K subscribers
35.4K photos
3.24K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Bitta yaxshi o‘tdi dunyodan...

✔️Shunday yashaginki, ketganingdan so‘ng Odamlar yig‘lasin, sen esa shodon...

▪️Boshqalar dardini o‘z dardi bilgan, quvonchidan quvongan samimiy inson, tinib-tinchimas ustoz, jonkuyar rahbar, Buxoro shahridagi 1-umumta’lim maktabi direktori Haydarova Sabohat Jo‘raqulovna bugun, 7-fevral kuni xastalik tufayli 55 yoshida vafot etdi.

◾️Butun hayotini maktabga, xalq ta’limiga baxshida etgan, umrining so‘nggi kunlariga qadar tizimga sadoqat bilan xizmat qilgan Sabohat Haydarovaning mazmunli umr yo‘li, serqirra mehnat faoliyati, odamiylik fazilatlari barchamizga ibrat maktabi bo‘lib qoladi.

▪️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Sabohat Haydarovaning oila a’zolari, qarindosh-urug‘lari hamda barcha yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
😱3👍1
#attestatsiya
#malaka_toifasi

📣 Joriy yilgi malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori asosida joriy yilning mart-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

✍️ Shu munosabat bilan vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1470

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Viloyatimizning barcha ta'lim muassasalarida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

🔹Ushbu tadbirlar orqali o‘quvchi-yoshlar qalbida buyuk bobokalonimiz siymosiga ehtirom, uning betakror ijodiga hurmat, adabiyotga mehr tuyg‘ularini kuchaytirish, yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsad qilingan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍31
❇️BIR ASRNING IKKI DAHOSIGA EHTIROM KO‘RSATILDI

🔹Ayni kunlarda viloyatimizning barcha ta’lim muassasalarida bobokalonimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlanmoqda.

🔹Jumladan, Vobkent tumanidagi 22-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham "Bir asrning ikki dahosi" deb nomlangan ma'naviy -ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar tomonidan buyuk bobokalonlarimiz qalamlariga mansub g'azal va ruboyilar ifodali o'qildi.
Ularning asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Milliy kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍5