BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18K subscribers
35.4K photos
3.24K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Navoiyga_ehtirom
❇️ALISHER NAVOIY BUYUK DAVLAT ARBOBI VA MA’NAVIYATIMIZ GULTOJI

🔹Kogon tumanidagi Axborot – kutubxona markazida tuman prokuraturasi homiyligida tashkil etilgan tanlov ana shunday nomlandi.

🔹Tadbir jarayonida o‘quvchilar “Navoiy portreti”ni chizish, “Bahru-Bayt” shartlari asosida o‘zaro bellashdilar. Shuningdek, Navoiyning ijodi, hayot yo‘liga bag‘ishlangan insholar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. Jarayonda faol ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlar qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.

🔹Tadbirda 2-sektor hududidagi maktablar tomonidan Alisher Navoiy hayoti, yoshligi, davlat arbobi sifatlari aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
📣E’LON!

❇️Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlab umumta’lim maktablaring 8-9-sinf o‘quvchilari orasida videoroliklar tanlovi o‘tkaziladi.

🔹Quyidagi havola orqali https://t.iss.one/tanloov2024bobur_bot ijodiy ishlaringizni 2024-yil 17-fevral soat 18:00 ga qadar yuklashingiz so‘raladi.

🔹Videorolik tayyorlashda qo‘yiladigan talablar:

Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan jonli ovozda g‘azal, ruboiy hamda asarlaridan monolog aytish-20 ball
O‘quvchining ifodali va ravon nutqi, mazmuniy tugallikning ifodalanishi- 20 ball
Videorolik davomiyligi: 3 daqiqagacha bo‘lishi hajmi komyuter va telefonlarga yuklash uchun qulayligi(30 mb),dasturi AVI formatda, MP4-20 ball
Videorolikning badiiy estetik talablarga javob berishi-20 ball
Aniq va tiniq tasvirda ifodalanishi, harakatlar va ovozning tiniqligi, musiqa, ranglar to‘g‘ri tanlanganligi, ortiqcha ovozlardan xoli bo‘lishi-20 ball

🔹Eslatma!
Taqdim etilgan videorolik 100 ballik tizimda baholanadi.
❇️Boshqarma boshlig'i:
⚡️Endilikda maktab o‘quvchilarining ta’lim-tarbiyasi qat’iy nazoratga olinib, bunda maktab, oila va mahallaning mas’uliyati kuchaytiriladi

🔹Maktab – xalq uchun non kabi eng muhim ehtiyoj sanaladi. Gap Vatan taqdiri, yurt kelajagi, xalq farovonligi haqida ketar ekan, bu aynan maktab ta’limiga bog‘liq ekanligini bugun har birimiz chuqur anglab yetmog‘imiz kerak. Maktab uchun nafaqat pedagog yoki shu tizim vakili, balki butun jamiyat mas’ul.

🔹Kuni kecha Davlatimiz rahbari boshchiligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda maktab o‘quvchilarining ta’lim-tarbiya masalalarini uzviy tashkil etish bo‘yicha mas’ul vazirlik va tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-08

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
❇️BUYUK BOBOLARGA EHTIROM

🔹Viloyatimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag'ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

🔹Bu ikki ulug‘ siymoning hayoti va faoliyati aks etgan hamda ular yaratgan asarlar asosidagi sahna ko‘rinishlari, g‘azalxonlik, ruboyixonliklar jajji bolajonlar qalbida milliy qadriyatlarimiz va buyuk bobokalonlarimiz shaxsiga qiziqish va hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍4