BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
46.7K subscribers
30.7K photos
2.83K videos
170 files
12.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
⚡️E’lon
❇️ONA_TILIM_FAXRIM_MENING SHIORI OSTIDAGI VIDEOROLIKLAR CHELLENDJIDA ISHTIROK ETING
!

🔹21-OKTYABR - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalari o‘rtasida #Ona_tilim_faxrim_mening shiori ostida videoroliklar chellendjini e’lon qilamiz.

🔹Taqdim etiladigan videoroliklar #Ona_tilim_faxrim_mening heshtegi ostida https://t.iss.one/+q9YnA1BFjhZiNTQy telegram guruhiga yuborilishi kerak.

🔹Eng sara videoroliklar viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Ona_tilim_faxrim
#Shofirkon

❇️O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan viloyatdagi barcha ta’lim muassasalarida taniqli ijodkorlar, tilshunos olimlar ishtirokida o‘zbek tilining go‘zalligini namoyish etishga mo‘ljallangan adabiyot va kitobxonlik tadbirlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔹Bugun, 17-oktabr kuni Shofirkon tumanidagi 55-maktabda “O‘zbek tili – mehr tili” mavzusida ko‘rik-tanlov, 4-maktabda “O‘zbek tilim – iftixorim” mavzusida, 3-maktabda “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

🔹Maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan bu tadbirlarda tilimizning tarixi, go‘zalligi, o‘zbek tilini asrab qolish uchun zahmat chekkan buyuk ajdodlarimizning fikrlari, siymolari she’rlarda, sahna ko‘rinishlarda, jozibali kuy-qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topdi.

🔹Sinflarda "O‘zbek tilim-iftixorim" mavzularida ochiq darslar tashkil etildi. O‘tkazilgan tadbirlar o‘quvchilar qalbida ona tiliga bo‘lgan muhabbat, ajdodlarga ehtiromni, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissini yana bir karra oshirdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diyor_yangiliklarida
❇️SHOFIRKON TUMAN “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA “TASVIRIY SAN’AT” IJODIY FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Kogon_tumani
❇️O‘QITUVCHILAR ISHTIROKIDA “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” MAVZUSIDA BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

🔹Tumandagi 3-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda tumandagi barcha maktablardan o‘qituvchilar jalb etildi.

🔹Dastlab o‘qituvchilardan tarkib topgan maktab jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tillar tarixi, o‘zbek tilining asl ildizlari va rivojlanishiga doir savollarga har bir jamoa to‘g‘ri javob topishga harakat qildi.

🔹Shundan so‘ng tadbir badiiy-musiqiy dasturga ulanib ketdi. Ona tilimizni madh etuvchi ta’sirchan she’rlar, jozibali kuy-qo‘shiqlar,sahna ko‘rinishlari tadbirga bayramona shukuh baxsh etdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |