BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
17.1K subscribers
36.1K photos
3.29K videos
182 files
14.6K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

Avval xabar qilinganidek, bugun poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilgan hududiy bosqich g‘olib jamoalari (har bir hududdan 1 tadan maktab, jami 14 ta maktab va 70 nafar o‘quvchi) ishtirok etdi.

❗️Tanlovning Respublika bosqichida Buyuk Britaniyaning “Cambridge Assessment English” tashkilotiga tegishli bo‘lgan “Linguaskill” xalqaro testi vositasida ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

✔️Ma’lumot uchun: Mazkur tanlov 3 bosqichda tashkil etildi. Dastlabki bosqichda yurtimizdagi 6 885 ta maktab (34 375 nafar o‘quvchi) ikkinchi bosqichda respublikadagi 210 ta tuman va shaharlardan bittadan maktab (1 050 nafar o‘quvchi) ishtirok etdi.

⚡️Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari joriy yilning 17-avgust kuni e’lon qilinadi va munosib taqdirlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1
❇️YANGI O‘QUV YILIDA 1-SINFGA QADAM QO‘YAYOTGAN BOLAJONLARGA ATALGAN “PREZIDENT SOVGʻALARI” JOYLARGA YETKAZILMOQDA

🔹Yangi 2023-2024-o‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. An’anaga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilariga topshiriladigan “Prezident sovg‘alari” ayni paytda Buxoro viloyatining ham barcha hududlari sari yo‘l oldi.

🔹12 turdagi o‘quv qurollari, jumladan portfel, daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim, o‘chirg‘ichni o‘z ichiga olgan sovg‘alar yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar bosqichma-bosqich barcha maktablarga yetkazilib, o‘quv yilining ilk kuni o‘quvchilarga topshiriladi.

🔹Eslatib o‘tamiz, 2023-2024- o‘quv yilida 38 297 nafar o‘quvchilar viloyatimiz maktablarining 1-sinflariga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
1
❇️Vobkent tumanidagi 1-umumta’lim maktabida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

🔹Unda tumandagi barcha umumta’lim maktabi direktorlari, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar ishtirok etishdi.

🔹Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman IIOFMB xodimlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tuman bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu seminarda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

🔹Seminarda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rinbosari N. Xoliqova qatnashdi va so‘zga chiqdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |
1