BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
17.6K subscribers
35.7K photos
3.27K videos
181 files
14.5K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarga 1-4-sinflarda boshlang‘ich, 5-9-sinflarda tayanch hamda 10-11-sinflarda o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Xususan:
 
✔️ Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi.

❗️Yangi darsliklar ta’lim oluvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishda “4K” modelini (tanqidiy fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya) qo‘llash orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

✔️ Boshlang‘ich sinflar uchun 775 nomda yaratilgan darslik va o‘quv-metodik adabiyotlar 72 mln. nusxada chop etilmoqda.

✔️ 2023-2024-o‘quv yilidan 124 ta maktabda yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.

Bunda 5-9-sinf o‘quvchilariga vazirlik tomonidan tasdiqlangan tayanch o‘quv reja asosida tayanch bilimlar beriladi.

✔️ Tanlov fanlari 4 ta yo‘nalish (matematika-fizika, ona tili-chet tili, kimyo-biologiya, matematika-chet tili) bo‘yicha joriy etiladi.

⚡️ Yo‘nalishlar o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatini hisobga olgan holda o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida shakllantirildi.

✔️ Belgilangan tayanch o‘quv rejaga muvofiq, 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani o‘qitiladi.

✔️ Ushbu maktablarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasidan kelib chiqqan holda baholashning yangi tizimi joriy etiladi. 

✔️ Tajriba-sinov maktablariga uzluksiz metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar biriktirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot

❇️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga qanday tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi?

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |
👍1