BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18K subscribers
35.5K photos
3.25K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#jarayon
❇️Kogon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 210 o‘rinli qo‘shimcha yangi bino qad rostlamoqda

🔹 Kogon tumanidagi 18-umumta’lim maktabida ham yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

🔹Ayni paytda mazkur maktabda investisiya dasturi asosida qiymati 2 mldr. 226 mln. 792 so‘mdan oshiq bo‘lgan yangi qo‘shimcha 210 o‘quvchi o‘rinli binoning qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹2023-2024-o‘quv yilida yangi qurilayotgan binoda 7 ta sinf xona, 2 ta kabinet va 2 ta ichki xojatxona qurilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍3
#statistika
❇️XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA BUXOROLIK O‘QUVCHILAR 5 TA KUMUSH VA 20 TA BRONZA MEDALLARINI QO‘LGA KIRITISHGAN

🔹O’zbekiston terma jamoasi Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) 1997- yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar 🥈10 ta kumush, 🥉32 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.

🔹Eng quvonarlisi, kumush medallarining 5 tasi va bronza medallarining 20 tasi aynan buxorolik o‘quvchilarga tegishli.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
❇️“Barkamol avlod” bolalar maktablariga robototexnika qurilmalari yetkazib berildi

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning iyul oyida viloyatimizning Buxoro, Kogon, Romitan va Olot tumani "Barkamol avlod" bolalar maktablarining har biriga 2 to‘plamdan iborat robototexnika qurilmalari yetkazib berildi.

🔹Endilikda ushbu maktablarda "Robototexnika va konstruktorlik" to‘garaklarini tashkil etish orqali yoshlarning teran fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topishlarida juda katta ijobiy o‘zgarishga erishish mumkin.

🔹Shuningdek, to‘garak mashg‘ulotlarida xalqaro ta’lim tizimi “STEM” — (Sciyencye, Technology, Engineyering and Mathematics)ni joriy qilish imkoniyatlari ham yanada kengayadi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Боғчага қабул бўйича 10 та муҳим саволга жавоб (+видео)

Мактабгача таълим ташкилотларига болаларни қабул қилиш асосан боғча тарбияланувчилари мактабга йўл олгандан кейин бошланади. Бўшаган ўринларга мос равишда мактабгача таълим ташкилотига жойлашиш учун навбатга қўйилган болалар ҳукумат томонидан тасдиқланган регламентга асосан навбат асосида кетма-кетликда қабул қилинади. Болаларга йўлланма асосан май ва август ойларида шакллантирилади.

🎥 https://youtu.be/usqsRM8tkVw

📍https://uza.uz/posts/509424

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#navbat

👫 Farzandingizni bog‘chaga bermoqchimisiz?

⚡️Navbatingiz kelmayaptimi?

👆Unda @mta_rasmiy_bot shu havola orqali bo‘sh o‘rinlarni bolani yoshiga doir topishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Nima sababdan my.maktab.uz saytida qo‘shimcha kvotaga ariza topshirayotgan vaqtim, maktabda qolgan bo‘sh o‘rinlar soni nolni ko'rsatmoqda. Ammo, qabul qilingan arizalar soni oshib bormoqda?

Saytda jami qabul reja va qabul qilingan bolalar soni ko‘rsatiladi.

Bunda mikro-hududdan tashqari qo‘shimcha kvota bo‘yicha faqat bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda ariza topshirish mumkin.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, maktab yoshidagi bolalarni mikro-hudud bo‘yicha davlat umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga qabul qilish huquqi kafolatlanganligi bois,  mikro-hudud bo‘yicha qabul 15-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Toshkent shahar va viloyat markazlaridan tashqari boshqa hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun qabul qachon va qay tartibda amalga oshiriladi?

10-avgustdan so‘ng, elektron tizim orqali qabul qilinayotgan maktablarda istalgan hududdan (chegarasiz) qabul jarayoni amalga oshiriladi. Bunda belgilangan qabul rejasi bo‘yicha bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan (o‘quvchilar soni sinfda 35 nafarga yetmagan) maktablarga qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda “Toshkent shahar va viloyat markazlaridan tashqari boshqa hududda istiqomat qiluvchilar” belgisi qo‘yiladi va “Mening arizalarim” bo‘limidan bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan maktabni tanlash mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍1
Forwarded from Hilola Umarova
Bolalar maktabda o‘zini bexavotir va xotirjam his qilsa, albatta, bu kayfiyat ularning o‘zlashtirishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Maktabdagi ijobiy muhitni belgilovchi eng asosiy omillardan biri bu o‘qituvchilarning o‘z kasbiga muhabbati hamda jamoadagi o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatdir. Bunday maktabda taʼlim olgan bola kelajakda, albatta, o‘z yo‘lini topib, jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib kamol topadi. Jamoada do‘stona muhit bo‘lsagina, ijobiy natija haqida gapirish mumkin.

Bugun Buxorodagi 2-umumtaʼlim maktabining pedagogik jamoasida ana shu do‘stona muhitning guvohi bo‘ldim. Maktab jamoasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.

Taʼlim maskanida 20 yildan ziyod faoliyat yuritayotgan pedagoglar bor. Maktab rahbari tashabbuskor, jamoa esa juda ahil. Taʼlim maskani o‘ziga xos tarixga ega. Yangi zamonaviy bino bo‘lmasa ham, taʼlim sifati nihoyatda yuqori. Tabiiyki, maktabda o‘quvchilar ham iqtidorli. Yaqinda Xalqaro SAT imtihonida yuqori ballni qo‘lga kiritib, rekord natijani qayd etgan o‘quvchi ham aynan shu maktab bitiruvchisi Parviz Tuksanov bo‘ladi. U avvalgi yil ham IELTS imtihonida 8.5 ballni qo‘lga kiritib, tengdoshlari orasida yuqori natijani qayd etgan ekan. Parviz aynan shu maktab bitiruvchisi ekanligi yuqoridagi fikrlarimga yaqqol dalil bo‘la oladi.

Maktab jamoasi allaqachon yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. O‘ylaymanki, o‘qituvchilarning xushkayfiyati yangi o‘quv yilida ularga hamroh bo‘lib, o‘quvchilarining taʼlim-tarbiyasida ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatadi.
👍2
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#Buxoro

"Bog‘chaga borgan bolaning ko‘zlari, madaniyati, bilimi, intilishi va dunyoqarashi boshqacha bo‘ladi” — Prezident

🔴Ayni damda Buxoro viloyatida boʻlib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buxoro shahrida joylashgan 76-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida boʻldi.

Vazir mazkur ta’lim muassasasi faoliyati va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mashg'ulot jarayonlarida ishtirok etib, bolajonlar bilan suhbatlashdi.

📍Mazkur bogʻchaga belgilanganidan ortiq navbatda turish holati bo‘lgani sababli vazir keyingi yillarda mazkur ta’lim tashkiloti uchun qoʻshimcha bino qurib berish taklifini investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha mas’ullarga ko'rsatma berdi.

✔️ Ma'lumot oʻrnida, Buxoro shahrida joylashgan 76-sonli Davlat MMT 1969-yilda qurilgan boʻlib, unda ayni vaqtda 232 nafar bolajonlar ta’lim-tarbiya olishmoqda.
👍4