BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18K subscribers
35.5K photos
3.25K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
❇️BUXOROLIK MAKTAB BITIRUVCHISI BIR YO‘LA 10 TA NUFUZLI OLIYGOH TALABASI BO‘LDI

🔹Buxoro shahridagi 12-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi bitiruvchisi Amirshoh Irgashev ana shunday imkoniyatni qo‘lga kiritdi.

🔹Chuqur bilim olish va xorijiy tillarni o‘rganish – dunyo maydoniga yo‘l ochadi. Ustozlarining o‘gitlariga amal qilgan Amirshoh bugun xorijning nufuzli oliygohlaridan o‘ntasiga talabalikka qabul qilindi:

- Kirkwood Community College (Amerika)
- Wingate University (Amerika)
- City University Malaysia (Malayziya)
- DePaul University (Amerika)
- Istinye University (Turkiya)
- Colorado State University (Amerika)
- Westminster College (Amerika)
- Saint Louis University (Amerika)
- Missouri State University (Amerika)
- Webster University in Tashkent (O'zbekiston)

🔹Mustaqil hayot sari dadil qadam tashlayotgan Amirshohga omad tilaymiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍102
Forwarded from ITSM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 1-sinfga onlayn qabul davom etmoqda!

📌 Hurmatli ota-onalar!

Elektron qabul jarayonida yana bir qulaylik yaratildi.

💡 Endilikda doimiy yashash joyi tumanlarda bo‘lgan fuqarolar, Toshkent shahri va viloyat markazlarida joylashgan hamda bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 1-sinfiga onlayn qabul uchun ariza topshirishlari mumkin. 

💬 Buning uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining my.maktab.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali onlayn qabul qilish jarayonidan o‘tishlari kerak.

📍 Ushbu yo‘riqnomada my.maktab.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari ketma-ketlikda ko‘rsatib o‘tilgan.

☎️ Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
✈️Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ITSM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Продолжается процесс онлайн приема на 1 класс!

📌 Уважаемые родители!

Спешим сообщить вам о новом удобном процессе электронного приема.

💡 Начинается прием в 1 класс общеобразовательных школ по вакантным местам из регионов, граничащих с территориями, где осуществляется электронный прием.

💬 То есть, граждане имеющие постоянную прописку в районах Республики, могут подать онлайн заявку в 1 класс общеоброзовательных школ, расположенных в городах и в центрах областей, имеющих свободные места.

📍 Для этого, граждане могут пройти процесс онлайн приема, зарегистрировавшись на сайте Министерства дошкольного и школьного образования my.maktab.uz.

📱 В этой инструкции в последовательности перечислены этапы регистрации на сайте my.maktab.uz.

☎️ Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале @mymaktab_uz или по телефону номеру 71 203-07-04.

Ссылка на официальные страницы министерства:
📱 Telegram | 📺Youtube | 📱Facebook | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Президент_cовғаси

🔴 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasini maktablarga yetkazib berish boshlandi

Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bolalar uchun “Prezident sovg‘asi" xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda.

1- sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:

✔️ O‘quvchi sumkasi
✔️ 12 dona daftar
✔️ Rasm daftari
✔️ Akvarel bo‘yoqlari
✔️ Rangli qog‘oz
✔️ Qalamdon
✔️ Sharikli ruchka
✔️ Rangli qalam
✔️ 2 dona oddiy qalam
✔️ Plastilin
✔️ Yelim
✔️ 2 dona o‘chirg‘ich

❗️“Prezident sovg‘asi” joriy yilning 25-avgustiga qadar Vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.

Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1
Stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi ishlab chiqildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, ilk bor ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilardan ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Stajor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.

“O‘qituvchi-stajor” bilan Mehnat kodeksining 104-moddasida muvofiq mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan holatlar, jumladan o‘qituvchi-stajorlarning bir yil davomida kasbiy sertifikat olishi majburiyati ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi tuziladi.

Shu munosabat bilan, vazirlikning 2023-yil 9-avgustdagi tegishli xati bilan o‘qituvchi-stajorlarni ishga qabul qilish jarayonini mazkur ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2023-yil 1-noyabrga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda 2024-yil 1-yanvardan boshlab tizimni amaliyotga joriy etish topshirilgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida elektr energiyasini tejash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Bugungi kunga qadar maktablarda nechta quyosh panellari o'rnatildi?

Bu bilan infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.

✔️Ma'lumotlar 10.08.2023-yil holatiga ko'ra taqdim qilinmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1
#Romitan
❇️30 NAFAR YOSH MUTAXASSISLAR UMUMTA’LIM MAKTABLARI VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA ISHGA QABUL QILINDI

🔹Ayni paytda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida yangi o‘quv yili oldidan umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini sifatli kadrlar bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Jumladan, Romitan tumanida ham maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan ana shunday yarmarka tashkil etildi.

🔹Yarmarka davomida ishlash istagida bo‘lgan 40 dan ortiq bitiruvchi yoshlar murojaat qilishdi.

🔹Ularning 30 nafari tumandagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍21
#Қоракўл
❇️YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN QILINISHI LOZIM BO‘LGAN VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

🔹Qorako‘l tuman madaniyat markazida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan ta’lim muasssalarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish hamda istiqboldagi rejalarni belgilab olishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

🔹Unda tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo‘limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qorako‘l tumani bo‘linmasi hamda diniy tashkilotlar vakillari ham ishtirok etishdi.

🔹Seminar davomida o‘tgan o‘quv yilida tumandagi ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi xuquqbuzarlik holatlarini oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

🔹Sodir etilgan salbiy holatlarning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama qilindi. Yangi o‘quv yili davomida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Telegram | Facebook |
1👍1
#Buxoro_tumani
❇️MEHNAT YARMARKASI JARAYONIDA 126 NAFAR YOSH MUTAXASSIS UMUMTA’LIM MAKTABLARI VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA O‘Z ISH O‘RNIGA EGA BO‘LDI

🔹Buxoro tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasi davomida 126 nafar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish istagida murojaat qilishdi.

🔹Yarmarka jarayonida tumandagi 86 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

🔹Aytish joizki, murojaat bilan kelgan bitiruvchilarning barchasi mehnat yarmarkasi jarayonida o‘z ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1