BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18K subscribers
35.4K photos
3.24K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Dolzarb_90_kun
🟢 BUXORODA “HOKIM SOVRINI UCHUN” NAVBATDAGI FAN OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TDI

🤩“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salmog‘ini oshirish hamda mahalliy va xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan navbatdagi “Hokim sovrini uchun” fan olimpiadasi bo’lib o’tdi.


🟡Mazkur olimpiada bir bosqichli (tuman, shahar bosqichi shaklida)bo’lib, 8-10-sinf o‘quvchilari orasida haftaning har payshanba kuni jadval asosida 12 ta fan yo‘nalishida bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 17-iyul kuni «Hokim sovrini uchun» olimpiadasi fizika fani yo’nalishida bo’lib o’tdi.

🔄Olimpiada viloyatning barcha shahar va tumanlarida ko‘tarinki ruhda bayramona tarzda tashkil etilib, unda jami 1186 nafar o‘quvchi jalb etildi.

🔄Belgilangan talablar asosida o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar orasidan jami 120 nafar g‘oliblar aniqlanib, mahalliy hokimliklar tomonidan munosib rag‘batlantiriladi.

📍Eslatma: «Hokim sovrini uchun» fan olimpiadasi 14 avgustga qadar haftaning har payshanba kuni o‘tkazib boriladi.

Fotolavhalarda Qorako‘l va Vobkent tumanida bo‘lib o‘tgan jarayonlar aks etgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA NAVBATDAGI RESPUBLIKA OLIMPIADASI OʻTKAZILMOQDA

⚡️Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar oʻrtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Olimpiada 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
Tuman/shahar bosqichi,
Hududiy bosqich,
Respublika bosqichi.

Olimpiadada ishtirok etish istagida boʻlganlar dastlab joriy yilning 1-avgust kuniga qadar ushbu platformada roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha video-yoʻriqnoma 👈

🔰Respublika bosqichida fanlar kesimida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 10 nafar ishtirokchilar Fan olimpiadalari markazining "Fan kengashi" a'zoligiga qabul qilinadi.

Aziz ustozlar!
Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон

📣 HURMATLI BITIRUVCHILAR!

✈️ Siz JANUBIY KOREYAdagi kasb-hunar maktablarida o'qishni davom ettirishni istaysizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekistondagi Koreya Ta'lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9- yoki 10-sinflarini bitirgan o‘quvchilari uchun 2026-yilda:


📍Aviatsiya muhandisligi maktabi;
📍Kumoh texnika yuqori sinf maktabi;
📍Chungnam Internet o‘rta maktabi;
📍Chonnam kelajak Xalqaro o‘rta maktabida o‘qish imkoniyati yaratildi.

Mazkur dasturda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar:


9- yoki 10-sinfni bitirgan bo‘lishi;
Koreys tilidan kamida TOPIK 2 sertifikatga ega bo‘lishi;
2008-yil 1-iyuldan keyin tug'ilgan bo‘lishi lozim.

Bunda quyidagi hujjatlar talab etiladi:


Ariza shakli;
O‘zini tanishtirish xati;
O‘qish rejasi;
Maktab direktoridan tavsiyanoma;
Rozilik xati;
Shaxsiy tibbiy baholash va yo‘riqnomada ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.

Barcha hujjatlar bitta pdf shaklga keltirilib, 16-iyuldan 18-iyulga qadar [email protected] manziliga yuborilishi lozim.

ESLATMA


❗️Barcha hujjatlar koreys yoki ingliz tilida to‘ldirilishi hamda ingliz (koreys) tiliga notarial tarjima qilinishi talab etiladi.

📞 Murojaat uchun: +998 71 291 81 82 (ichki raqam 118)

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Jasorat_maktabi
🫥JASORAT SINOVLARI QIZGʻIN RUHDA KECHDI

🫥Buxoro viloyatining barcha tumanlarida bo‘lgani kabi, Gʻijduvon tumanidagi 47- hamda Qorovulbozor tumanidagi 1-maktabda ham “Jasorat maktablari”ga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari yuqori ruhda bo‘lib o‘tdi.

💿Talabgorlar 5 turdagi jismoniy mashqlarni bajarib, o‘z salohiyati va irodasini namoyon etmoqda. Ular amalga oshirayotgan har bir harakat belgilangan aniq mezonlar asosida 50 ballik baholash tizimida baholanmoqda.

🫥Sinov jarayonlari shaffof va adolatli tarzda, mutaxassislar tomonidan nazorat qilinib, har bir ishtirokchining natijasi inobatga olinmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#Dolzarb_90_kun
🟡Yoz — imkoniyatlar mavsumi!

🫥Jondor tumanidagi 26-umumta’lim maktabida yozgi ta’til davrida bolalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida bir qator keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda.


🌀Fan, kasb-hunar va sport yo‘nalishlarini qamrab olgan 10 dan ortiq to‘garak va klub faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularga 200 nafarga yaqin o‘quvchi jalb etilgan.

🫥Mazmunli mashg‘ulotlar orqali bolalar ta’til paytida ham faol, foydali va qiziqarli vaqt o‘tkazishmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM