BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
20.6K subscribers
34K photos
3.1K videos
179 files
13.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Yil_tarbiyachisi
#ikkinchi_kun
#jarayon

✳️TANLOV QIZG'IN DAVOM ETMOQDA

🔹 Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 8-iyul kunidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining Buxoro viloyat bosqichiga start berildi.

🔹Tanlovning dastlabki shartida 76 nafar ishtirokchi test sinovlarida ishtirok etib, natijalarga ko‘ra, 26 va undan yuqori balni qo‘lga kiritgan 58 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

🔹Bugun, ikkinchi shart – ishtirokchining kasbiy faoliyatiga doir videoroliklar hakamlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Yil_tarbiyachisi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi.

Tadbirning ochilish marosimida vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev qatnashib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng, tanlov jarayonlariga start berildi.

Bugun ishtirokchilarning loyiha taqdimotlari hamda mashg‘ulot ishlanmalari baholanadi.

Tanlovning so‘nggi — 3-sharti ertaga bo‘lib o‘tadi. Unda hududiy bosqichda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar test jarayonlarida o‘zaro kuch sinashishadi.

🔴 Ayni vaqtda tanlov jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin