BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
19K subscribers
34.9K photos
3.19K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

❗️Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 G'oliblar bilan batafsil saytimizda tanishing.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

🟢Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivalida Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

🔹Jamoa tomonidan taqdim etilgan “O‘zbekiston buyuk daholar yurti” spektakli yuqori baholanib, “Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍6
#Ayni_paytda
#teatr_ibratxonadir

❇️Buxoroda "Teatribratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning viloyat bosqichi boshlandi

🔹 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatribratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning viloyat bosqichiga start berildi.

🔹Viloyat musiqali dramma teatrida bo‘lib o‘tayotgan ushbu tanlovda Buxoro shahridagi Prezident maktabi hamda ixtisoslashgan maktablar jamoalari o‘z chiqishlarini namoyish etishadi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍3👏1
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-26-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar teatr jamoalari ishtirokida oʻtkazilgan teatr tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi.

❗️Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabrikladi.

Mazkur tanlov doirasida jamoalar tomonidan oʻndan ziyod sahna asarlari namoyish etildi. Shu bilan birga bu yilgi tanlovda Agentlik tizimidagi 5 ta ijod maktabida tashkil etilgan “Zamin Creative” inklyuziv ijodiy jamoalari oʻz spektakllari bilan ilk bor ishtirok etdi.

Tadbirda teatr tanlovi ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab oʻquvchilari maxsus sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Gʻoliblar bilan tanishing:

«Turon» o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan teatr tanlovining 2-bosqichida:


🥇Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi teatr jamoasining “Nodirabegim” spektakli 1-o‘rinni;
🥈Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasining “Ilhaq” spektakli 2-o‘rinni;
🥉Navoiy shahridagi Prezident maktabi teatr jamoasining “Xo‘jayinlar” spektakli 3-o‘rinni egalladi.

“Zamin kreativ” inklyuziv ijod studiyalari jamoalari o‘rtasidagi tanlovda:

🥇Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabi “Zamin kreativ” inklyuziv ijodiy jamoasining “Tebranmas yuraklar” spektakli — 1-o‘rinni;
🥈Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi “Zamin kreativ” inklyuziv ijodiy jamoasining “Uyg‘on” spektakli —2-o‘rinni;
🥉Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi “Zamin kreativ” inklyuziv ijodiy jamoasi “Niqob” spektakli 3-o‘rinni egalladi.

✈️1-o‘rinni olgan jamoalar xorijga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishdi.

2-o‘rin g‘oliblariga planshet, 3-o‘rin g‘oliblariga aqlli "musiqiy kolonka", qolgan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Har bir teatr jamoasiga esa "musiqiy kolonkalar" taqdim etildi.

Ma’lumot uchun: tanlovda jami 19 ta teatr jamoalari, 186 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍6👏2
#Teatr_ibratxonadir
❇️TANLOV G'OLIBLARI MUNOSIB KUTIB OLINDI
🔹Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25-26-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar teatr jamoalari o‘rtasida oʻtkazilgan “Turon” teatr tanlovining respublika bosqichida Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.


🔹Gʻolib jamoani Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilari, ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi va ota-onalar tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍141