BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
20.5K subscribers
34.1K photos
3.1K videos
179 files
14K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Viloyat_seminari
❇️“YANGI O‘ZBEKISTON MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI

🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida Buxoro shahridagi 42-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida tashkil etilgan seminar-trening ana shunday shior ostida bo‘lib o‘tdi.

🔹Ta’lim va tarbiya sifatini oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari, oila va ta’lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish masalalari mavzusiga bag‘ishlangan mazkur treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va amaliyotga tadbiq etishdan iboratligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Batafsil👉https://telegra.ph/-12-19-1065

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️BOSHLANGʻICH SINFLARDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY METODIKASI

🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi 12-IDUMda tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminari aynan shu mavzuga bag‘ishlandi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-01-24-3

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️PEDAGOG VA TARBIYACHILAR UCHUN O‘ZIGA XOS TAJRIBA VA MAHORAT DARSLARI

🌈🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Olot tumanidagi 25-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "G'aroyib olam" mavzusidagi seminar tashkil qilindi.

🔹🌈Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining pedagogik salohiyatini oshirish va ular orasida o‘zaro tajriba almashish muhitini yaratish, ilg‘or pedagoglarning ish tajribalarini ommalashtirish maqsadiga yo‘naltirilgan mazkur seminarda Jondor, Olot va Qorako‘l tumani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog hamda tarbiyachilari ishtirok etdilar.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-08-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Viloyat_seminari
❇️🌈MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB MUSIQIY TA’LIMIGA TAYYORLASHNING ILGʻOR VA ZAMONAVIY METODLARI

🌈Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Uzluksiz ta’lim tizimida musiqa o‘qitish metodikasi:zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajribalar” mavzusida viloyat amaliy-seminari tashkil etildi.

🌈Buxoro shahridagi 11-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tgan mazkur seminarda shahar va tuman maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan musiqa fani o‘qituvchilari hamda musiqa rahbarlari ishtirok etdilar.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-03-29-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Fotoreportaj
#viloyat_seminari
✳️MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI SOGʻLOM VA XAVFSIZ OVQATLANTIRISH – USTIVOR VAZIFA

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Fotoreportaj
#viloyat_seminari
✳️MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI SOGʻLOM VA XAVFSIZ OVQATLANTIRISH – USTIVOR VAZIFA

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#jarayon
#viloyat_seminari
❇️MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA
BOLALARNI SOGʻLOM VA XAVFSIZ OVQATLANTIRISH – USTIVOR VAZIFA

🌈Buxoro viloyati prokuraturasi hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog’lom ovqatlantirishni tashkil etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-04-02

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_seminari
#Press_tur
✳️MAKTABLAR YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORMI?

🔹Yangi - 2024-2025-o‘quv yili ham tobora yaqinlashmoqda. Arafada barcha ta’lim muassasalarida qizg‘in tayyorgarlik ishlari boshlab yuboriladi.

🔹Xo‘sh, bugun viloyatimizdagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi o‘quv yiliga hozirlik ishlari qanday olib borilyapti?

🔹Umuman, bu jarayon qanday tashkil etilishi lozim?

🔹Valoyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan viloyat seminarida ishtirok etgan ta’lim muassasalari rahbarlari ana shu savollarga batafsil javob oldilar.

🔹Seminarda OAV vositalari vakillari va blogerlar ham ishtirok etdilar.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-07-31

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |#viloyat_seminari
#viloyat_seminari
❇️Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish – davr talabi

🔹2024 yil 20 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 867-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat Pedagogik mahorat markazi hamkorligida o‘quv-seminar tashkil etildi.

🔹Oflayn tarzda o‘tkazilgan ushbu seminarda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari hamda viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etishdi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-01-20

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️Kichik qadamlar – katta natijalar!

🔹Gʻijduvon tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kichik qadamlar va katta natijalar: boshlang‘ich ta’lim va ingliz tili fanini o‘qitishda ta’limning zamonaviy shakllaridan foydalanishning ahamiyati” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

🔹Unda viloyatimizdagi barcha shahar va tumanlardan kelgan boshlang‘ich ta’lim hamda ingliz tili o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tajribali pedagoglar tomonidan ochiq darslar va mahorat darslari o‘tkazilib, samarali o‘qitish usullari bilan o‘rtoqlashildi.

🔹Seminar metodik xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim qadam bo‘ldi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Dolzarb_90_kun
#Viloyat_seminari

❇️O‘QUVCHILARNING YOZGI TA’TIL DAVRINI MAZMUNLI TASHKIL ETISHDA MAKTAB KUTUBXONALARINING ROLI

🔷Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan Kogon tumanidagi 11-umumta'lim maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Kogon shahar va Kogon tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari hamkorligida maktab kutubxonachilarining kasbiy mahoratini oshirish, namunaviy maktab kutubxonalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida viloyat amaliy seminari o'tkazildi.

🔷Seminar ishtirokchilari dastlab namunali maktab kutubxonasida o'quvchilarning kitob mutolaa qilishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishib chiqdilar.

🔷 Seminar jarayonida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha asosiy vazifalar, madaniy ommaviy tadbirlar o'tkazish, kitobxonlik to'garaklari faoliyatini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi

🔷Seminar yakunida viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan mavzu doirasida amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook