BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
27.7K subscribers
32.7K photos
2.98K videos
177 files
13.5K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#Buxoro_shahri
❇️«Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining Buxoro shahar bosqichida 37 ta umumta’lim maktablari o‘quvchilardan iborat jamoalari ishtirok etishmoqda.

🔹Tanlovning adolatli va xolis o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha choralar ko‘rilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
#Ustozga_ehtirom
#Buxoro shahri

🔹Buxoro shahridagi “Garden Plaza” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbir sohada ko‘p yillik tajribaga ega faxriy ustoz va murabbiylar, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ilg‘or o‘qituvchilarni bir yerga jamladi.

🔹Tantanada Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy qutladi. Sohada erishilayotgan barcha yutuqlar fidoyi ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati evaziga ortib borayotganini e’tirof etdi.

🔹Tadbirda ko‘p yillik tajribaga ega faxriy o‘qituvchilar, sohadagi faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan ustoz va murabbiylar, yosh pedagoglar munosib taqdirlandi. Yosh ijrochilar va san’at ustalari tomonidan ijro etilgan ustozlarni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar bayram fayzini yanada oshirdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Hashar_elga_yarashar
#Buxoro_shahri

🌳“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hashari doirasida Buxoro shahridagi maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg’in olib borilmoqda.

🍀Suratlarda: shahardagi 12- va 23-IDUMdagi jarayonlardan lavhalar

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Buxoro_shahri
❇️MEHNAT YARMARKASI JARAYONIDA 28 NAFAR YOSH MUTAXASSIS UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA ISHGA QABUL QILINDI

🔹Buxoro shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasi davomida 200 nafar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish istagida murojaat qilishdi.

🔹Yarmarkada shahardagi umumta'lim maktablari 93 bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

🔹Murojaat bilan kelgan bitiruvchilarning 28 nafari o‘z ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Shu kunlarda 59-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham katta qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ikki qavatdan iborat 220 o‘rinli mazkur muassasa rekonstruksiyasi uchun 1 mlrd. 650 mln. so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi injiniring xizmati” buyurtmachiligidagi inshoot rekonstruksiyasini “Oriyent Xondamir stroy” MCHJ quruvchi-muhandislari o‘z zimmasiga olgan.

Botir Zaripov mazkur ob’yektda ham bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Hududning obodongarchiligini ko‘zdan kechirdi va jarayonlarga tanqidiy baho berdi.

Muassasa tarbiyachi-pedagoglari bilan suhbatlashib, qurilish ishlari yakunlangach, muassasada ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni muokama qildi. Shunga ko‘ra vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube