BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
12.8K subscribers
27.9K photos
2.57K videos
127 files
11.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Xushxabar
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHILAR YANA GʻOLIBLAR SAFIDA!

🔹Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun o‘tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Buxoro viloyati bosqichida Buxoro tumanidagi 1-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgan edi.

🔹Joriy yilning 15- avgust kuni mazkur tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan vakillarimiz 180 balldan 173,0 ball to‘plab, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi va buxorolik o‘quvchilar bu tanlovda ikkinchi marotaba g‘oliblar qatoridan joy olishdi.

⚡️Eslatma: 2022- yilda Buxoro shahridagi 40-umumta’lim maktabi jamoasi, tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan edi.

🔹Shuningdek, tanlovda 3 nafar vakilimiz alohida nominatsiyalar g‘olibi bo‘ldi:

🔸 “The best reader”: Samira Najmiddinova
🔸 “The best writer”: Shaxriyor Sulaymonov
🔸“Best of the best” (Mutlaq g‘olib) Yasmina Muhiddinova
Gʻalaba muborak!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#xushxabar
❇️BUXOROLIK O‘QITUVCHI “YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBI BO‘LDI

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi e’lon qilingan edi.

🔹Bugun, 18-oktyabr kuni mazkur tanlovning respublika bosqichi yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi.

🔹Yakuniy natijalarga ko‘ra, Gʻijduvon tumanidagi 21-maktabning o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Laylo Karimova faxrli 2- o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#xushxabar
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHILAR “BESH TASHABBUS PARALIMPIADASI"NING RESPUBLIKA BOSQICHIDA GʻOLIBLAR SAFIDAN JOY OLISHDI

🔹Kuni kecha alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o'quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda viloyatimiz vakillari ham faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etishdi.

🔹Buxoro shahridagi 123-maxsus maktab-internati o‘quvchilari jamoasi sportning futbol turida kechgan bellashuvlarda faxrli 1-o‘rinni, stol tennisi turida esa 2-o‘rinni qo'lga kiritdi.

🔹Shaxmat bo‘yicha o‘tgan musobaqada 24-maxsus maktab-internati o‘quvchilari 3-o‘rinni egallashdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
❇️BUXOROLIK O'QUVCHI OSIYO CHEMPIONI BO'LDI

🔹Shofirkon tumandagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Xurshid Qoyirov sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Xushxabar
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI KOREYS TILI OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBI BO‘LDI

🔹Januniy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Koreys tili olimpiadasida vakilimiz – Buxoro shahridagi 42-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ahmadullo Subhonov faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹Tashkilotchilar tomonidan unga 4 500 000 so‘m pul mukofoti va Koreyaga ta’lim sayohati yo‘llanmasi taqdim etildi.

🔹- Kelajakda IT sohasida kuchli mutaxassis bo‘lib, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissamni qo‘shishni maqsad qilganman, - deydi Ahmadullo. -Buning uchun xorijiy tillarni bilish muhim. Shu bois ham ingliz va koreys tillarini chuqur o‘zlashtirishga kirishganman.

🔹2021-yilda Ahmadullo Koreya davlati tomonidan tashkil etilgan xalqaro yoshlar konferensiyasida faol ishtirok etib, maxsus sertifikatni qo‘lga kiritdi. Shu yili koreya tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro sertifikatga ham ega bo‘ldi.
#Xushxabar
❇️BUXOROLIK 3-SINF O‘QUVCHISI SHAXMAT BO‘YICHA O‘ZBEKISTON CHEMPIONI BO‘LDI

🔹 Joriy yilning 1-mart kuni sportning shaxmat turi boʼyicha 10 yoshgacha boʼlgan qiz bolalar oʼrtasida Oʼzbekiston chempionatining Rapid bahslari boʼlib o'tmoqda.

🔹Yakuniy jadval natijalariga koʼra, Buxoro shaxmat terma jamoasi aʼzosi Buxoro shahar 30-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-"V" sinf o'quvchisi Malika Norqulova 1-oʼrinni qoʼlga kiritdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#xushxabar
❇️JASMINA RESPUBLIKA ONLAYN TANLOVINING GʻOLIBI BO‘LDI

🔰Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida "KITOB BILAN BIR KUN" shiori ostida onlayn tanlovi e’lon qilingan edi.

🔰O‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadiga yo‘naltirilgan mazkur tanlovda Kogon shahridagi 10-IDUmning 8-sinf o‘quvchisi Jasmina Ro‘ziyeva faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔰Maktabda tashkil etilgan bayram tadbiri doirasida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rinbosari Nozima Xoliqova va viloyat bolalar kutubxonasi mas’ullari tomonidan Jasminaga vazirlikning diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

🔰Shuningdek, Jasminaning yutug‘ida alohida o‘rni bo‘lgan ota-onasi va adabiyot o‘qituvchisi Gulnoza Davlatovaga tashakkurnomalar topshirildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#xushxabar
❇️BUXOROLIK MUALLIMA “MO‘’TABAR AYOL” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

🍀8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida jamiyat va davlat hayotida faollik hamda tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik hamda bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh opa-singillarimiz “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

🍀Ular orasida Kogon shahridagi 10-IDUMning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shaxlo Axmedova ham bor.

🍀-Bu mukofot nafaqat men, balki butun jamoamiz ayollarining mehnatiga berilgan e’tibor, deb bilaman, -deydi 26 yildan buyon murg‘ak qalblarni ilm ziyosi bilan nurafshon etib kelayotgan izlanuvchan, fidoyi va jonkuyar muallima. -Qayerda mehnati qadr topsa, e’zozlansa, o‘sha yerda ayol baxt topadi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Xushxabar
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHILAR ASOSIY FAN OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA GʻOLIBLAR QATORIDAN JOY OLISHDI

🔹Xabaringiz bor, joriy yilning 25-26-mart kunlari Surxandaryo viloyatida asosiy fan olimpiadasining tarix, geografiya, informatika va tojik tili fanidan respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda buxorolik o‘quvchilar ham faol ishtirok etib, viloyatimiz sha’nini munosib tarzda himoya qilishdi.

🔹Eng quvonarlisi, Jondor tumanidagi 36-maktab o‘quvchisi Javohir Abrorov tarix fanidan 1-o‘rinni, Gʻijduvon tumanimdagi 9-maktab o‘quvchisi Umur Ozodov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

🔹Bilimdonlarimiz va ularning ustozlarini g‘oliblik bilan tabriklaymiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#xushxabar
❇️BUXOROLIK YANA BIR O‘QUVCHI FAN OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBI BO‘LDI

🔹Qoraqalpog‘iston respublikasida bo‘lib o‘tgan asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida yana bir o‘quvchimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

🔹Yakuniy natijalarga ko‘ra, Olot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nurmuhammad Otamurodov matematika fani bo‘yicha eng yuqori ball to‘plab, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹Gʻoliblik muborak, Nurmuhammad!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
❇️BUXOROLIK YANA BIR O‘QUVCHI FAN OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBI BO‘LDI

🔹Joriy yilning 29-30-mart kunlari Qashqadaryo viloyatidabo‘lib o‘tgan asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida yana bir o‘quvchimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

🔹Yakuniy natijalarga ko‘ra, Kogon tumanidagi 3-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi G“olibjon Sharifov biologiya fani bo‘yicha eng yuqori ball bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹Gʻolibjon g’oliblik muborak!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |