BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
2.99K subscribers
27K photos
2.49K videos
111 files
11.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Fan_olimpiadasi
#viloyat_bosqichi
❇️9-SINF O'QUVCHILARI O'RTASIDA KECHGAN SINOVLAR GʻOLIBLARI ANIQLANDI

🔹Asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha 10-sinflar o‘rtasida kechgan sinovlarning g‘oliblari aniqlandi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Fan_olimpiadasi
#uchinchi_kun
🔹Ayni paytda Buxoro shahridagi 35-umumta'lim maktabida Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi qizg'in davom etmoqda.

🔹Bunda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikngi qo‘lga kiritgan 355 nafar 10-sinf o'quvchilari kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fani bo‘yicha o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishmoqda.

🔹Sinovlarning shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash, jarayonlarni ota-onalarga, uztozlarga xolis yetkazib berish maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, barcha jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati mavjud👇

👉https://youtube.com/live/Uqh8RnhWQgA?feature=share

👉https://youtube.com/live/sNd2cQVovUg?feature=share

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❇️“Yosh Engineer” robototexnikaga qiziquvchi o‘quvchilarning iqtodini yuzaga chiqarishda maktablar bilan hamkorlik qilmoqda

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va robotatexnikaga qiziquvchi o‘quvchi-yoshlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Yosh Engineer” o‘quv kursi viloyatimizdagi umumta’lim maktablari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

🔹Hamkorlik doirasida maktablar qoshida robotatexnika to‘garaklari tashkil etilib, o‘quvchilar bu yerga darsdan bo‘sh paytlari robotatexnika yo‘nalishida mashg‘ulotlarga qatnashlari mumkin.

🔹Mashg‘ulotlar tajribali mutaxassislar tomonidan qiziqarli o‘yinlar uyg‘unligida olib boriladi.

☎️+998335759096
📲@YoshEngineer

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi

DIQQAT VIKTORINA‼️

❇️Ta’tilni biz bilan maroqli o‘tkazing!

💠Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan kuzgi ta’til vaqtida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ta’tilda - kitob bilan” shiori ostida "Odil Yoqubov asarlari bilimdoni" mavzusida onlayn viktorina o‘tkaziladi.

🗓Viktorina 2023-yil 06-11-noyabr kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo'lib o'tadi.

📖Tanlovda har kuni soat 11.00da kitobxonlarga 2 ta savol beriladi.

📌Savollarga  birinchi va to'g'ri javob bergan ishtirokchi kun g'olibi bo'ladi. 

🔰Viktorina Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasining telegramdagi https://t.iss.one/buxorovbk kanalida onlayn o‘tkaziladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Fransuz tili darsliklari yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilinmoqda

Ma’lumki, Fransiyaning Hachette Livre Group guruhi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan fransuz tili (1-4-sinflari uchun — “Passe-Passe”, 5-9-sinflari uchun — “Décibel”, 10-11-sinflari uchun — “L'atelier”) darslik majmualari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab yurtimiz umumta’lim maktablarida keng joriy qilinmoqda.

Bugun poytaxtimizdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mazkur darsliklardan samarali foydalanish, ularni dars jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish va xalqaro fransuz tilini o‘rgatish bo‘yicha metodlarni o‘rganishga qaratilgan o‘quv treningi boshlandi.

📌Trening mashg‘ulotlariga mamlakatimizning turli hududlaridan jalb qilingan 50 dan ortiq frunsuz tili o‘qituvchilari bo‘lib, fransuz mutaxassislari tomonidan ularga darsliklarning muhim jihatlari, uni o‘quv jarayonlarida qo‘llay olishning muhim jihatlari o‘rgatilmoqda.

✔️ Trening jarayonlari joriy yilning 8-noyabriga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘yicha 705 ta maktabdagi 1268 nafar fransuz tili o‘qituvchilari 150 ming nafardan ortiq o‘quvchilarga fransuz tilini o‘rgatib kelishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram