BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
2.99K subscribers
27K photos
2.49K videos
111 files
11.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#таътилда
❇️ROMITANLIK va SHOFIRKONLIK O‘QUVCHILAR BUXORO VA SAMARQAND SHAHARLARINING DIQQATGA SAZOVOR JOYLARIDA BO‘LISHDI

🔹
Kuzgi ta’tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli tashkil etish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, turli tadbirlar, sayohatlar tashkil etilmoqda.

🔹Kuni kecha Romitan Shofirkon tumanidagi umumta’lim maktablarining bir guruh o‘quvchilari ham Buxoro va Samarqand shaharlari bo‘ylab sayohatda bo‘lishdi.

🔹Sayohat davomida diqqatga sazovor tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishishdi, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi. Bu sayohat ularning Vatanimizning buyuk tarixi, ajdodlarimiz jasorati va yurtimizning betakror go‘zalligi haqidagi tasavvurlarini yanada boyitdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#tanlov
#uchinchi_bosqich 

⚡️⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant fan o‘qituvchilari o‘rniga test bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJI BO‘LGAN BOLALAR BILAN ISHLASH – MUHIM E’TIBOR TALAB ETADI

🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi 23-maxsus maktab-internatida “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan ishlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.

🔹Unda umumta’lim maktablarida tashkil etilgan inklyuziv sinf o‘qituvchilari, maxsus maktab-internatlari va ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

🔹Seminar jarayonida inklyuziv ta’lim va uni joriy etish masalalari, inklyuziv sinflarda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan ishlash, ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash mavzularini qamragan ma’ruzalar, treninglar va davra suhbatlari tashkil etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |