BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
14.2K subscribers
28K photos
2.59K videos
127 files
12K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Kogon_tumani

🔹 Kogon tumanidagi "Nur Hayat" restaranida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Zakovat" intellektual o'yinining tuman bosqichi   tashkil etildi. O'yin juda qiziqarli, bahs va munozaralarga boy tarzda kechdi.

🔹 Yakuniy natijalarga koʻra, 3-umumta'lim maktabi jamoasi 1-o’rinni qo'lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

🔹 21-maktab jamoasi 2-, 7-maktab jamoasi esa 3-o’rinni
egalladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Kogon_tumani
❇️O‘QITUVCHILAR ISHTIROKIDA “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” MAVZUSIDA BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

🔹Tumandagi 3-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda tumandagi barcha maktablardan o‘qituvchilar jalb etildi.

🔹Dastlab o‘qituvchilardan tarkib topgan maktab jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tillar tarixi, o‘zbek tilining asl ildizlari va rivojlanishiga doir savollarga har bir jamoa to‘g‘ri javob topishga harakat qildi.

🔹Shundan so‘ng tadbir badiiy-musiqiy dasturga ulanib ketdi. Ona tilimizni madh etuvchi ta’sirchan she’rlar, jozibali kuy-qo‘shiqlar,sahna ko‘rinishlari tadbirga bayramona shukuh baxsh etdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Kuzgi_taʻtil
#Kogon_tumani
❇️TA'TIL MAROQLI O'TMOQDA

🔹🔸Ta’til yangi izlanish, o‘qib o‘rganish va parvozlar oldidan ruhlantiruvchi madaniy hordiq, mazmunli sayru sayohatdir. Kogon tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ham kuzgi ta’til davrida maktab o‘quvchilarining mazmunli dam olishlarini ta’minlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

🔸🔹Viloyatimizdagi muzeylar, qadimiy va tarixiy obidalar bo‘ylab uyushtirilayotgan sayohatlar, teatr tomoshalari o‘quvchilarning Vatanimiz buyuk tarixi, ajdodlarimiz jasorati va boy merosi, yurtimizning betakror go‘zalligi haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Kogon_tumani
✳️MAKTABNI A’LO BAHOLARDA TUGATGAN O‘QUVCHILARGA OLTIN VA KUMUSH MEDALLARI TOPSHIRILDI

🔹2023-2024-o'quv yilida tumandagi umumta’lim maktablarining 11-sinfini a’lo baholarga tamomlagan, namunali hulqi va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarning 26 nafariga oltin va 11 nafariga kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

💥Tadbirda tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etib, erishilgan natijalar bilan o‘quvchilarni samimiy tabrikladilar va oltin hamda kumush medallarni o'z egalariga tantanali tarzda topshirdilar.

🔹Shuningdek, marosimda qatnashgan o‘quvchilarning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil tumandagi umuta’lim maktablarini 764 nafar o‘quvchi tamomladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Kogon_tumani
❇️Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi

🔹Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy-amaliy sport musobaqalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tumandagi umumta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari a’zosi bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining Mudofaa vazirligi kubogi uchun tuman bosqichi o‘tkazildi.

🔹Ushbu sport musobaqasida o‘quvchi yoshlar “Mohir mergan”, “Turnikda tortilish”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Safda qo‘shiq aytish”, “Amir Temur tuzuklari bilimdoni” va “Vatan tayanchi yulduzlari” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🔹Yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook