BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
44.3K subscribers
31.2K photos
2.88K videos
172 files
13.1K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#online
#hududlar_hayoti
#Jondor_tumani

Жондор туманидаги 38-умумтаълим мактаби 1971 йилда қурилган. Ҳозирда муассасада 520 нафар ўқувчига 57 нафар педагог таълим-тарбия бериб келмоқда. Ўтган ўқув йилида мактабни 27 нафар ўқувчи тамомлаган бўлса, уларнинг 18 нафари талабаликка эришди. Ҳозирда эса 2 нафар ўқувчи муддатидан олдин талаба деган номга сазовор бўлган.

Вилоят раҳбари мазкур мактабда бўлиб, ўқитувчилар билан мулоқот қилди. Уларнинг муаммоларига қулоқ тутди. Маълум бўлишича, мактабдаги энг долзарб масала унинг таъмирталаблиги. Ботир Зарипов ушбу масала бўйича тезкор чоралар кўрилиб, келгуси йилда бу ерда янги мактаб бунёд этилишини билдирди. Йўл-йўлакай вилоят раҳбари аҳоли вакиллари билан ҳам суҳбатлашди.

— Узоқ йиллар маҳалламиздаги боғчада ишладим. Даромадимизни ошириш мақсадида ҳудудимизда савдо дўкони очдик. Икки кишини иш билан таъминладик. Орзу - ҳавасимиз ушаляпти. Нолийдиган жойимиз йўқ. Ҳаракат қилган одам истаганига эришади ҳозир. Шунга имкон бор, - деди Анора Ҳафизова вилоят ҳокими билан мулоқотда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jondor_tumani
❇️Prezident sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining Jondor tuman bosqichi ham yuqori saviyada tashkil etildi.

🔹Test jarayonlari boshlanishidan oldin tuman hokimi o‘quvchilarga omad tiladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
#Jondor
❇️MAKTABLARDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA 104 NAFAR YOSH MUTAXASSIS ISHGA QABUL QILINDI

🔹Jondor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi va tuman aholi bandligiga komaklashish markazi hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi mehnat yarmarkasida tumandagi ta’lim muassasalari bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

🔹Yarmarkada 128 nafar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z mutaxassisliklari yo‘nalishida ishga joylashish istagini bildirib murojaat qilishdi.

🔹Tadbir davomida 104 nafar yosh mutaxassislar yo‘llanma asosida umumta’lim maktablariga ishga qabul qilindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Bilimlar_kuni
#Jondor

❇️Jondor tumanida ham “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori saviyada tashkil qilindi.

🔹Tuman hokimi Jamshid Xudoev hamda sektor rahbarlari ushbu tadbirlarga qatnashdilar hamda ta’lim dargohiga ilk qadam qo‘ygan 3 ming 221 nafar 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdilar.

🔹O‘quv yilining dastlabki soatlari “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida Mustaqillik darsi va Ma’naviyat soatlari bilan boshlandi.

Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadorik
#jarayon
#Jondor
✳️YANGI O‘QUV YILIGA SHAYMIZ!

🔹Jondor tumanida 51 ta umumta’lim maktablari va 32 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.

🔹Ayni paytda barcha ta’lim muassasalari yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirilgan.

🔹2024-2025- o‘quv yilida tumandagi mavjud maktablarning 1-sinfiga 3014 nafar jajji bolajonlar qabul qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular uchun Prezident sovg‘alari hozirlab qo‘yilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Ustozlar_milliy_forumi
#Jondor

❇️Tumandagi1-umumta’lim maktabida bo'lib o'tgan uchinchi "Ustozlar milliy forumi” doirasidagi 28 ta sho‘balarda 2000 nafardan ortiq maktabgacha va maktab ta’limi pedagog-xodimlari ishtirok etib, ularga tajribali pedagoglar ta’limdagi yangiliklar xususida ma’lumot berib o‘tildi.

🔹O‘quvlar yakunida 2023-2024-o‘quv yili davomida ta’limni sifatli tashkil qilishda xizmatini ayamagan, fidoiy, o‘rnak ko‘rsatgan faol pedagoglar e’tirof etildi.

🔹Tabdir davomida tuman hokimi o‘rinbosari N.Axmatov hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i F.Toyirov yig‘ilganlarni erishilgan yutuqlar va marralar bilan qutlashdi.

🔹O‘z navbatida, o‘rnak ko‘rsatgan pedagoglarga tashakkurnoma va estalik sovg‘alar taqdim qilindi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Jondor
❇️“Maktabimga kitob sovg‘a qilaman!” aksiyasi doirasida maktab kutubxonalariga 10 ming nusxadan ortiq kitob sovg‘a qilindi

🔰O‘quvchilar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va ularning mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida Jondor tumanidagi maktablarda “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman!” aksiyasi e’lon qilindi.

🔰Aksiyada o‘qituvchilar, ota-onalar, tadbirkor va kitobxonlar faol ishtirok etib, o‘zlari o‘qigan maktab kutubxonalari fondini boyitishda alohida tashabbus ko‘rsatishmoqda.

🔰Ayni paytda aksiya doirasida tumandagi maktab kutubxonalariga 10 mingdan ortiq turli yo‘nalishdagi kitoblar sovg‘a qilindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Ayni_paytda
#Jondor_tumani

❇️BILIM SALOHIYATI TALAB DARAJASIDA BO‘LMAGAN O‘QITUVCHI O‘QITAYOTGAN O‘QUVCHIDAN BIZ NIMANI HAM KUTISHIMIZ MUMKIN?!

🔹Boshqarma boshlig‘i Hamza Elliyev yig‘ilish jarayonida dastlab pedagoglar salohiyati va o‘quvchilarning bilim sifatiga e’tibor qaratdi.

🔹O‘quvchilarning xalqaro va milliy sertifikatga egaligi, malaka toifasi, o‘quvchilarning oliy ta’limga qamrov holati tanqidiy tahlil qilindi.

O‘qituvchining malakasi, pedagogik mahorati va doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga bevosita ta’sir qiladi. Bilim salohiyati talab darajasida bo‘lmagan o‘qituvchi ta’lim berayotgan o‘quvchidan biz nimani ham kutishimiz mumkin?!-deya ta’kidladi boshqarma boshlig‘i.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
#Jondor tumani
❇️ "Kitobxon yoshlar" ko‘rik - tanlovi o‘tkazildi

🔹Tumandagi 11-umumta’lim maktabida 6-11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu tanlovda 18 ta guruh ishtirok etib, 3 ta shart asosida bellashdi.

1-shart – berilgan adabiyotlar yuzasidan test topshirig‘i;
2-shart- berilgan asarlar qahramonlariga ta’rif berish;
3-shart - "Tezkor savol-javob"

🔹Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni 7-"A" sinf o‘quvchilaridan tuzilgan 3-guruh qo‘lga kiritdi.

🔹2-o‘rin 8-"A"sinf o‘quvchilaridan tuzilgan 1 -guruhga, 3-o‘rin esa 7-"A"sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan 8-guruhga nasib etti.

🔹Gʻoliblar pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook