BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
11.9K subscribers
27.7K photos
2.54K videos
112 files
11.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#chellenj_yangi_darslikka_fikrlar

"Mening mahallam"
Yangi darslik o'quvchilarda ijodkorlikni shakllantiryapti

O'quvchilar ona tili va o'qish savodxonligi fanidan "Mening mahallam" bo'limidagi "Joy nomlari" audiomatnini tinglab darslikdagi sxema asosida joy nomlarini topishga juda qiziqdilar. Joy nomlari doim bosh harfda yozilishini ham bilib olishdi. O'z mahallasi haqida gapirayotgan bolalar mahallasini maqtashga urinardi. Uyga vazifa qilib har kim o'z mahallasidagi joylar nomini yozib kelish topshirig'ini berdim.

Faol o'quvchilarimdan biri darslikda berilgan mahalladagi joylarning joylashuviga qiziqib, o'z mahallasining maketini tayyorlab kelibdi.

Firdavsjon yasagan maketni ko'rgan boshqa o'quvchilar "Mahallangiz juda chiroyli ekan, mening mahallam ham chiroyli, ustoz, ertaga men ham yasab kelaman" deb havas qilishdi. Keyingi darsga esa ko'plab o'quvchilar o'z mahallasining maketi bilan keldi.


Buxoro viloyati Romitan tumani 1-IDUM boshlang'ich sinf o'qituvchisi Surayyo Murodova

https://t.iss.one/edurtm_uz