BUXORO.UZ | Rasmiy kanal (Lotin)
62 subscribers
10.8K photos
1.27K videos
3 files
4.59K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Ishonch telefoni: (+998) 65-222-22-22
Murojaatlar uchun: @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 1-uy
Download Telegram
#hududlar_hayoti
#Romitan_tumani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish agentligi yordamida Romitan innovasion hududida “Revmo Gloves” MCHJ tomonidan “Artrit bilan kasallangan bemorlarni ultratovush orqali davolash uchun neylon matoli qo‘lqop ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi.

Yiliga 3 ming juft qo‘lqop ishlab chiqarish quvvatiga ega loyiha doirasida 6 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Ma’lumot uchun: “Fizioterapevtik revmo-qo‘lqop” loyihasi revmatologiya sohasida qo‘l – panja bo‘g‘imida og‘riqlar bilan kechuvchi revmatoidli artrit, osteoartrit va kichik tomirlar spazmi bilan kechuvchi reyno kasalliklari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘g‘imlarni isituvchi, yallig‘lanishga qarshi, mikrosirkulyasiyani yaxshilovchi, shishlarni kamaytiruvchi, og‘riq qoldiruvchi innovasion ishlanma bo‘lib hisoblanadi.

Qo‘lqop uchun tanlangan mato neylon – havo o‘tkazuvchi, issiqlikni saqlovchi elastik xususiyatga ega bo‘lib, proksimal va panja bo‘g‘imlariga mos ravijda ultratovush elektrodlar joylashtiriladi.

Natijada ultratovush tebranish ta’siri orqali qon aylanishini yaxshilovchi, shish, qizarish, og‘riq kabi patologik jarayonlarni davolashga va ularni oldini olishga qaratilgan.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Peshku_tumani

Peshku tumanidagi 37 ta mahalla fuqarolar yig‘inida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbaini shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, tumandagi 4 ta sektorda sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ishsiz, ehtiyojmand 60 nafar xotin-qizga hokim yordamchilari tavsiyasi bilan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.

— Keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turmush sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, - deydi tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Anna Ismatova. — Bu borada Peshku tumanida ham izchil va tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, subsidiya asosida tikuv mashinalarining berilishi bilan ko‘plab opa-singillarimizning bandligi ta’minlandi, ularning doimiy daromad manbai shakllantirildi. Umuman, ko‘rsatilayotgan e’tibor va berilayotgan keng imkoniyatlar natijasida subsidiya hisobiga tikuv mashinalari olib, o‘z xonadonida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayollar safi tobora ortib bormoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Жондор_тумани

Yurtimizda eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Bu yilgi bayram ayniqsa, qovchinliklar uchun yodda qolarli bo‘ldi. “Qovchin” mahallasi aholisi bir necha yillardan buyon yozda chang, qishda loy yo‘llardan yurishga majbur edi. Bu esa tabiiyki, aholining haqli e’tirozini keltirib chiqarayotgandi.

Nihoyat, bu noxush ahvolga barham berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan mahallaning 5,5 km masofadagi yo‘llari asfaltlashtirildi. “AMIRBEK GOLD WAY SERVIS” MCHJ yo‘lsozlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga 2 milliard 600 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Shuningdek, 4K-190 avtomobil yo‘lining “Ushot” qishlog‘idan o‘tuvchi 4 100 metr uzunlikdagi qismi Buxoro tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2 milliard so‘m mablag‘ hisobiga asfaltlashtirildi.
Bu kabi misollarni yana keltirish mumkin.

Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022 - 2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”dagi qaroriga muvofiq, Jondor tumanida jami 60 kilometrga yaqin yo‘lni asfaltlashtirish ko‘zda tutilgan.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti #muqobil_energiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy yil davomida Buxoro shahrida ham energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash yuzasidan tashqilot va korxonalar kesimida manzilli ro‘yxat va rejalar belgilangan.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Jondor_tumani

Mamlakatimiz bo‘ylab katta bayram ruhi hukmron. To‘yga to‘yona bilan deganlaridek, “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida qarshilanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan hududlarda yangi inshootlar foydalanishga topshirilmoqda.

Jumladan, bugun, 31 avgust kuni Jondor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 16-son oilaviy poliklinikasining yangidan bunyod etilgan binosi foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, birlashma mutasaddilari, jamoatchilik vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

“Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan yangi bino 26 ta xonadan iborat bo‘lib, UZD, labaratoriya, emlash, EKG, fizioterapiya, stomatologiya, akusher-ginekolog, kunduzgi shifoxona, qaydxona, patronaj xamshira, UASH va boshka tor soha xonalaridan tashkil topgan. Qisqa aytganda bino xalqaro standartlarga to‘la mos keladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tibbiyot jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, keng xonalar, aholi uchun qulay kutish zallariga ega. Binoda ichki dorixona faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Binoning qurilish ishlariga 2 mlrd 800 mln so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lib, 141 mln so‘mlik mebel hamda 350 mln so‘mlik tibbiyot uskunalari xarid qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, shu vaqtgacha tibbiyot xodimlari 1988 yilda hashar yo‘li bilan bunyod etilgan eski binoda aholiga xizmat ko‘rsatib kelishayotgan edi.

Tadbirda bugungi kunda davlatimiz va hukumatimiz tomonidan tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor, tarmoqdagi islohotlar va yangi oilaviy poliklinikalar tashkil qilish va unga tor soha mutaxassislari tarkibini muvofiqlashtirish xususida so‘z bordi. Qayd etilganidek, tibbiyot sohasini rivojlantirish, eng avvalo, quyi tizimdan boshlanmas ekan, aholi orasida salomatlikni saqlash, tibbiy xizmat sifatini zamon talablari asosida takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlar kutilgan natijani bermasligi kunday ravshan. Shu ma’noda hatto, olis qishloq joylarda ham to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash imkoniyatiga, salohiyatli kadrlarga ega tibbiyot maskanlari bo‘lmog‘i hayotiy zaruratdir.

Ramziy lenta qirqilib, mehmonlar binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur poliklinika "Tobagar", "Nurafshon", "Og‘ar" va "Chorzona" mahallalari hududidagi 11 ming 675 ta oilaga xizmat ko‘rsatadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti #Vobkent_tumani

Buxoroda aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash, tarmoqni yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlarga qo‘l urilmoqda.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Buxoro_tumani

⚡️Jahon chempioni munosib taqdirlandi

Qozog‘iston Respublikasi Astana shahrida bo‘lib o‘tgan armrestling bo‘yicha jahon chempionatida Buxoro tumani “So‘fikorgar” mahallasida yashovchi Sherzod Saidov ikkala qo‘lida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritib, jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.

Shu munosabat bilan bugun tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Halimjon Safarov Sherzodning xonadonida bo‘lib, yosh sportchi erishgan ulkan yutug‘i bilan tabrikladi va uning keyingi faoliyatiga omad tiladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#onlayn
#hududlar_hayoti
#Dalmunobod_mahallasi

Ayni damda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” Dasturi bo‘yicha “Dalmunobod” mahallasining aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda.

Unda travmatolog, nevropatolog, urolog-xirurg, kardiolog, terapevt, ftiziatr, akusher-ginekolog, pediatr, endokrinolog kabi malakali tor doiradagi mutaxassislar o‘zlarinining maslahat va tavsiyalarini berishmoqda.

Shuningdek, hududdagi nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda tibbiy ko‘rikka qatnasha olmaydigan fuqarolarning xonadoniga tuman tibbiyot birlashmasining bir qator tor doiradagi malakali shifokorlari borib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazadilar.

Tibbiy ko‘rikda mobil poliklinika, sayyor mammografiya, mobil rentgen, EKG, UZI kabi instrumental tibbiy tekshirish usullaridan ham foydalanilmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Qorako‘l_tumani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408 sonli qaroriga muvofiq Qorako‘l tumanida ham mavjud yo‘llarni ta’mirlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yilning hozirgi davriga qadar 42 kilometr yo‘llar asfaltlashtirildi.

Shuningdek, mavjud ichki yo‘llarning 8 kilometrdan ortiq qismi betonlashtirilib, 146 kilometrga yaqin yo‘l shag‘allashtirildi.

Jumladan, “Do‘rmon” mahallasining Katta Do‘rmon qishlog‘i bo‘ylab o‘tgan ichki yo‘l ham ko‘p yillardan buyon ta’mirtalab holatda edi.

Aholi murojaatlari inobatga olinib, 2,5 km uzunlikdagi ushbu yo‘l “Romitan trans yo‘l qurilish” MCHJ yo‘lsozlari tomonidan asfaltlashtirildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Jondor_tumani

Ma’lumki, shu kunlarda Jondor tumanidagi “Dalmunobod” MFYda "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda barcha tarmoq xizmatlari o‘z kuch va imkoniyatlaridan foydalanib, hududda tozalash-obodonlashtirish, ta’mirlash-tiklash va yangilash ishlari olib bormoqda.

Xususan, hozirda Xo‘jalar qishlog‘ining 1 ming 500 metr masofasi tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan asfaltlashtiirilmoqda.

Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Kogon_tumani

Yurtimizda obodonchilik, bunyodkorlik ishlari qatorida yo‘l qurish, mavjud yo‘llarni ta’mirlashdek xayrli ishga e’tibor kuchaygani albatta barchani birdek mamnun qilmoqda. Ichki yo‘llar risoladagidek ko‘rinishga keltirilib, manzillar obod etilmoqda. Bu borada Kogon tumanida ham xayrli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kuni kecha tumanning Bahouddin Naqshband mahallasi "Rabotipoyon" hamda "Po‘lotchi" qishloqlaridan o‘tuvchi 4K-183 umumfoydalanuv avtomobil yo‘liining 2.7 km qismi asfaltlashtirildi. Kogon tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi yo‘lsozlari tomonidan olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlariga loyihaga ko‘ra 1 mlrd 960 mln so‘m mablag‘ sarflandi.

Davlatimiz tomonidan yo‘l qurilishi sohasiga qaratilayotgan bu kabi e’tibor hududlarni obodonlashtirish, qolaversa, yo‘lovchi va haydovchilarga birdek qulaylik yaratish xalqning farovon bo‘lishiga xizmat qiladi, albatta.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti #Vobkent_tumani

Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli Vobkent tumanidagi ko‘plab xotin-qizlaining ham yillar davomida to‘planib qolgan muammolari o‘z yechimini topmoqda.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti #Kogon_tumani

Kogon tumanidagi “Sorg‘un” mahallasi “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida tubdan yangilanmoqda. Jumladan, hudud yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holati, elektr ta’minoti, ichimlik suvi bilan ta’minlash, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi darajasi yaxshilanmoqda.



👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Hududlar_hayoti
#Olot_tumani

Olot tumani paxtakorlariga joriy mavsumda yerlarning sho‘rlanish darajasi yuqoriligi, meliorativ holatining barqaror emasligi, noqulay ob-havo sharoiti joriy mavsumda ham mahalliy dehqon fermerlar uchun paxta hosilini yetishtirish, parvarishlash va yig‘ib olishda birmuncha qiyinchiliklar tug‘dirgani sir emas. Biroq o‘z ishining mohir va bilimdonlari tomonidan olib borilgan barcha zarur chora-tadbirlar tufayli 206 ta fermer xo‘jaligi tasarrufidagi 7 ming 652 gektar maydondan 29 ming tonnaga yaqin “oq oltin” xirmoni yaratilib, paxtakor-dehqonlarning yuzi yorug‘ bo‘ldi.

Ayniqsa, bu borada yurtboshimiz tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish, xususan, zamonaviy tomchilab sug‘orish texnologiyalari hamda joriy etilgan klaster tizimi mana shunday murakkab sharoitda yana bir bor o‘z afzalliklarini ko‘rsatdi.

Paxta yig‘im-terimi mavsumiga ham puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Mehnat unumdorligi va ish sifati birinchi navbatda ishchilar uchun yaratilgan qulay ish sharoiti va ularning salomatligi, moddiy va ma’naviy manfaatdorligiga bog‘liq.

Olot tumanida davom etgan o‘rganishlar "O‘zbekiston" hududidagi Shahzod Qazoqov boshchiligidagi "Ibrohim Polvon" fermer xo‘jaligi dalalarida kechdi. "Oq oltin"ning ikkinchi terimi davom etayotgan ayni kunlarda hosildorlik ko‘rsatkichi gektariga 40 syentnerdan kam emas. Agrar tarmoqqa ilm-fan texnologiyalarining joriy qilinayotgani hosil salmog‘ini oshirmoqda.

Mutasaddilar tomonidan terimchilar, ularga munosib mehnat sharoiti yaratilgani, milliy boyligimizni nes-nobut qilmasdan yig‘ib-terib olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti #Kogon_tumani

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha hududlarga biriktirilgan respublika ishchi guruhining Buxoro viloyati bo‘yicha guruhi “Yo‘l xarita”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish maqsadida Kogon tumaniga qarashli “Sorg‘un” mahallasida bo‘ldi.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Hududlar_hayoti
#Kogon_shahri

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ga kiritish orqali tizimli ravishda hal etish va ijrosini ta’minlash yuzasidan Kogon shahrida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Ayollar daftari”ning 4-bosqich ishsiz xotin-qizlar toifasiga mansub ro‘yxatga nizom talablari bo‘yicha hozirda 1891 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand xotin-qizlar kiritilgan.

Bugun, 15 fevral kuni Xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida ishsiz xotin-qizlar ro‘yxatiga kiritilgan 60 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinalari hamda xamir qorgichlar tantanali topshirildi. Endilikda opa-singillarimiz o‘z ishlab chiqarishlarini yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlaydilar. Bu esa o‘z navbatida oila byudjetiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shishlarini kafolatlaydi.

— Tikuvchilikka qiziqqanim bois subsidiya asosida tikuv mashinasi olish maqsadida ariza topshirgan edim, - deydi ulardan biri. — Bugun mutasaddilar tomonidan menga subsidiya asosida tikuv mashinasi berishdi. Endi tikuvchilik bilan shug‘ullanib, qo‘ni-qo‘shnilarga, mahalladoshlarimga turli kiyimlar tikib beraman. Oilamga foydam tegadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti

Viloyat hokimining o‘rinbosari Jalol Arashov qurilish kompleksi tashkilotlari rahbarlari bilan birga Jondor, Qorako‘l va Olot tumanlarida investitsiya dasturi, ko‘p qavatli uy-joylar va boshqa davlat dasturlari doirasida qurilayotgan obyektlarning qurilish-montaj ishlari holati bilan tanishdi.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Kogon_tumani

Bugun erta tongdan Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Amrillo Nazarov boshchiligida qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi g‘o‘za parvarishi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarning joylardagi ijrosini nazorat tartibida o‘rganishni boshladi. O‘rganishlarning dastlabki manzili Kogon tumani bo‘ldi.

Ishchi guruhi “Oynasoz 98”, “Fidoyi 98”, “Bozormurod Ramazon To‘ra” fermer xo‘jalikalari g‘o‘za maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar sifati bilan tanishdi.

Ayniqsa, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, sug‘orish, chekankani sifatli o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Amrillo Nazarov shu kunlarda g‘o‘za qator oralariga texnikani ko‘proq kiritish va chekankani tezlatish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Ma’lumot uchun: Joriy yilda tumanda paxtachilikka ixtisoslashtirilgan 223 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 7096 gektar maydonda “Buxoro102”, “Buxoro 8”, “Buxoro10”, shuningdek, Xitoyning serhosil nav g‘o‘zasi parvarishlanmoqda.

Ishchi guruhi o‘rganishlari hududlarda davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
1
#hududlar_hayoti #Kogon_tumani

Bugun erta tongdan Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Amrillo Nazarov boshchiligida qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi g‘o‘za parvarishi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarning joylard...

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti #Vobkent_tumani

“Istiqlol” mahallasida ichki yo‘llar asfaltlashtirilmoqda.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube