#hududlar_hayoti
#Kogon_tumani
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408 sonli qaroriga muvofiq 2022 - 2023-yillar davomida umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash bo‘yicha Kogon tumanida jami 60 kilometrga yaqin yo‘llarni asfaltlashtirish dasturga kiritilgan bo‘lib, ayni damda dastur doirasida yo‘llarni betonlashtirish, asfaltlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
Jumladan, "Navro‘z" mahallasida dastur doirasida 2 km yo‘lni asfaltlashtirish belgilangan va mazkur 4K 182 umumfoydalanuv avtomobil yo‘lini asfaltlashtirish ishlari "ROMITAN TRANS YO‘L QURILISH" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal (Lotin)
Photo
#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani
Buxoro viloyatida sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va yuqori texnologiyalarni keng jalb qilish, eksportga yo‘naltirish, investitsiya loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta’minlash hamda shu asosda yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyatni rivojlantirish dasturiga muvofiq, 2023 yilda sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 460 mln AQSH dollari bo‘lgan 203 ta loyiha ishga tushirilib, 8 ming 433 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Xususan, “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasiga 2-bosqichda Kogon tumani hududidan ajratilgan 200 gektar yer maydonida bugungi kunda qiymati 15,7 mln dollarga teng bo‘lgan 1 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, umumiy qiymati 70,5 mln dollarlik 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Ulardan biri "Siyavush tekstil Buxara" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan qiymati 36 mln dollar bo‘lgan akril ip kalava ishlab chiqarish loyihasi hisoblanadi. Korxonada ishlar deyarli nihoyasiga yetkazildi. Turkiya va Germaniyadan keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalar bugun xorijlik mutaxassislar ishtirokida o‘rnatildi. Yiliga 40 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradigan korxona ishga tushishi natijasida 600 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Qog‘oz ishlab chiqarish sanoati har bir hudud uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda qog‘oz eng qimmat mahsulotlar sirasiga kiradi. Shu bois, bugun yurtimizda ushbu yo‘nalishga ham alohida e’tibor qaratilyapti. Xususan, Osiyoning qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalaridan sanalgan "China Xiangyang group" MCHJning gofra qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi joriy yilning oktyabr oyida ish boshlashi ko‘zda tutilgan. Ta’kidlash joizki, mazkur loyihaga 2019 yilda start berilgan edi. Ammo pandemiya sabab xitoylik sarmoyadorlar jarayonlarni ma’lum muddatga to‘xtatishga majbur bo‘lishdi. Hozirga kelib, ishlar yana jadallashdi. Korxonada birinchi bosqichda 500 nafardan ortiq aholi ish bilan ta’minlanadi.
Shu bilan birga, turkiyalik investorlarning 6,4 mln AQSH dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari hisobiga “Liya tekstil” MCHJ tomonidan trikotaj mato to‘qish va bo‘yash loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, investorlar tomonidan mazkur loyihani 4 oy muddatda ishga tushirish, 100 dan ortiq yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bugun, 3-may kuni viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur hududda amalga oshirilayotgan loyihalarda borayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Loyiha tashabbuskorlari bilan muloqot qilib, jarayonda yuzaga kelayotgan muammolar bilan qiziqdi. Ularni hal qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

#hokim_hududlarda #Kogon_tumani
Kogon tumanidagi “B. Naqshband” mahalla fuqarolar yig‘inida 1 ming 3 ta xonadonga birikkan 1 ming 168 ta oilada 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aholining asosiy daromad manbai - tadbirkorlik va dehqonchilikdan. Tadbirkorlik deyilganda aytib o‘tish kerakki, mahalla o‘z nomi bilan Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasiga yaqin hududda joylashgan.
👉 Batafsil

#paxta_terimi #Kogon_tumani
Ma’lumki, paxtachilik rivojlanishining zamonaviy holati paxta yetishtirish va hosilni yig‘ishtirib olishning barcha jarayonlari qanchalik mexanizatsiyalashgani bilan belgilanadi.

#Viloyat_hokimi_hududlarda
#Kogon_tumani
Amu-Buxoro mashina kanaliga qarashli Quyi-mozor suv ombori Amudaryodan kelayotgan suvlarni bir joyga to‘plash natijasida vujudga kelgan. Ushbu katta gidroinshoot Buxoroda yashovchi aholi uchun eng zarur manba hisoblanadi. Aniqrog‘i, mazkur suv ombori suvidan foydalanish hisobiga “Ibn Sino” suv olish stansiyasi orqali viloyatning Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon va Qorovulbozor tumanlarida yashovchi aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
1980-yilda ishga tushirilgan nasos stansiyasi 2004-2006 yillar davomida kengaytirish hisobiga sutkasiga 300 ming metr kub ichimlik suvi ishlab chiqarish quvvatiga keltirilgan. Hozirda inshootda sutkasiga 120 ming metr kub ichimlik suvi ishlab chiqarilib, aholiga sutkasiga 60 ming metr kub suv yetkazib berilmoqda.
Botir Zaripov mazkur inshootda ham bo‘lib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
“Buxoro suv ta’minoti” MCHJ rahbari Mo‘min Amonovning ma’lum qilishicha, yillar davomida Quyi-mozor suv omboridan suv olib, uni qayta ishlash davrida “Ibn Sino” suv olish stansiyasi o‘zanlarini loyqa cho‘kindilar bosgan. Agar stansiya shu loyqa cho‘kindilardan tozalansa, aholining ichimlik suvi ta’minoti yanada yaxshilanadi.
Ushbu masala tegishli mutasaddilar ishtirokida keng muhokama qilindi va stansiyada tozalash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shuningdek, viloyat rahbari stansiya hududini obodonlashtirish, bino-inshootlarni ta’mirlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Yurtimizda obodonchilik, bunyodkorlik ishlari qatorida yo‘l qurish, mavjud yo‘llarni ta’mirlashdek xayrli ishga e’tibor kuchaygani albatta barchani birdek mamnun qilmoqda. Ichki yo‘llar risoladagidek ko‘rinishga keltirilib, manzillar obod etilmoqda. Bu borada Kogon tumanida ham xayrli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, kuni kecha tumanning Bahouddin Naqshband mahallasi "Rabotipoyon" hamda "Po‘lotchi" qishloqlaridan o‘tuvchi 4K-183 umumfoydalanuv avtomobil yo‘liining 2.7 km qismi asfaltlashtirildi. Kogon tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi yo‘lsozlari tomonidan olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlariga loyihaga ko‘ra 1 mlrd 960 mln so‘m mablag‘ sarflandi.
Davlatimiz tomonidan yo‘l qurilishi sohasiga qaratilayotgan bu kabi e’tibor hududlarni obodonlashtirish, qolaversa, yo‘lovchi va haydovchilarga birdek qulaylik yaratish xalqning farovon bo‘lishiga xizmat qiladi, albatta.

#hududlar_hayoti #Kogon_tumani
Kogon tumanidagi “Sorg‘un” mahallasi “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida tubdan yangilanmoqda. Jumladan, hudud yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holati, elektr ta’minoti, ichimlik suvi bilan ta’minlash, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi darajasi yaxshilanmoqda.

Shu kunlarda dala-dashtda dehqonchilik mavsumi nihoyalab, yig‘im-terim ishlari avj olgan bir pallada Kogon tumani mirishkorlari tomonidan ham kuzning har bir kunidan unumli foydalanib, joylarda “to‘qsonbosti” usulida mahsulot ekib yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayni vaqtda viloyat hokimi Botir Zaripov joylarda dala-dehqonchilik yumushlarining borishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganish maqsadida Kogon tumanida bo‘lib turibdi.
Dastlab viloyat rahbari "Buxorosuvqurilish" MCHJga qarashli bog‘ xo‘jaligida bo‘ldi. Xususan, rahbar Rasul Ibodov boshchiligidagi 13 gektarli maydonda bajarilayotgan yer haydash (shudgor qilish) agrotexnik tadbirini ko‘zdan kechirdi. Aytish kerakki, bog‘ egalarining erta bahordan boshlagan sa’y-harakatlari bilan mazkur bog‘dan har yili shaftoli va gilos mevalaridan barakali hosil olinmoqda.
Botir Zaripov R. Ibodov bilan muloqotda bog‘dorchilikdagi kelgusi rejalar, kutilayotgan natijalar xususida suhbatlashib, o‘z tavsiyalarini aytib o‘tdi.
Mutasaddilarga tumandagi bog‘ maydonlarini zanjirli traktor yordamida haydash, ikki kun vaqt ichida shudgorlash ishlarini nihoyasiga yetkazib, mazkur manzilda viloyat ko‘rgazmali seminarini o‘tkazish topshirig‘ini berdi.
Yerning har qarichidan unumli foydalanish zarurligini ta’kidlagan mutasaddi rahbar bog‘bonga daraxtlarni oqlash, shakl berish, daraxt oralarini yumshatib, to‘qsonbosti ekinlar ekish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha hududlarga biriktirilgan respublika ishchi guruhining Buxoro viloyati bo‘yicha guruhi “Yo‘l xarita”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish maqsadida Kogon tumaniga qarashli “Sorg‘un” mahallasida bo‘ldi.

#sayyor_qabul #Kogon_tumani #inson_qadri_uchun
Xalq rahbarlarni emas, rahbarlar xalqni xizmatini qilishi, ishni mahallabay tizimda tashkil etib, aholi orasiga kirib, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilishi, dardu tashvishlarini tinglashi, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan katta-kichik muammolarni imkon qadar joyida bartaraf etishi har qanday mansabdagi rahbarning birinchi galdagi vazifasi ekanligi Prezidentimiz tomonidan doimo ta’kidlanadi.

#kogon_tumani
Kogon tumanidagi “Kogon broller fish” MCHJ 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 15 sotix joyda baliqning laqqa turi, shuningdek, 400 ming broller parvarishini yo‘lga qo‘ygan. 2023 yilda xo‘jalikda baliq yetishtirish 20 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 50 tonnaga yetkazilishi kutilmoqda. Ayni damda mazkur xo‘jalikda 12 kishi doimiy ish bilan band.
Viloyat hokimi Botir Zaripov bugun mazkur xo‘jalik faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkor bilan muloqotda aholiga parhezbop hamda vitaminlarga boy mahsulotlar yetkazib berish, xonadonlarda ham shu kabi kichik baliqxonalar va parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil etish singari vazifalarni o‘z ichiga olgan loyihalar haqida fikr almashildi.
Viloyat hokimi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bugun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri ekaniga to‘xtalib, bu boradagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida baliqchilik sohasini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish hisobiga sohani rivojlantirish har kungidan ham muhim ekanligini qayd etdi. Baliqchilik viloyat iqtisodiyotining "o‘sish nuqtasi" bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

“Bahouddin Naqshband” mahallasi Kogon tumanidagi eng katta va aholi gavjum yashaydigan mahallalardan biri hisoblanadi. Ayni kunda mahalladagi 1 ming 68 ta oila tarkibida 5 ming 100 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hududda o‘ndan ziyod ko‘cha mavjud. 2 ta umumta’lim maktabi, 1 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 8 ta oilaviy bolalar bog‘chasi, qator korxona va tashkilotlar, o‘nlab tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat ko‘rsatadi.
Botir Zaripov mazkur mahallada ham bo‘ldi. Mahalla “yettiligi” bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”, shuningdek, ijtimoiy reyeyestrga kiritilgan fuqarolarni o‘rganib chiqish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, kredit va subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish, uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, jinoyat va hquqbuzarliklarning oldinip olish, aholining soliq tushumlaridan qarzdorligini so‘ndirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi bilan qiziqdi.
Shundan kelib chiqib, “yettilik” faoliyatiga tanqdiy baho berdi va vaziyatni o‘nglash zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, viloyat rahbari hududdagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, aholi tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, kanal bo‘ylari va dala chetlariga daraxt va ko‘chat o‘tqazish, mahalla markazi hududida aholi dam oladigan joylarni tashkil etish yuzasidan muhim topshiriqlar berdi.

Har bir xalqning hayoti baxtli kechishi, mamlakatning taqdiri istiqbolli bo‘lishi uchun faqat iqtisodiy taraqqiyotning o‘zi kifoya qilmaydi. Buning uchun ijtimoiy-madaniy sohalarda ham yangilanishlar, o‘zgarishlar ro‘y berishi, yutuqlar qo‘lga kiritilishi kerak. Shu jihatdan bu borada Buxoroda amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborni tortadi.
Misol uchun, o‘tgan yili Bahoudin Naqshband majmuasida Madaniy meros agentligi buyurtmachiligida Toqi Miyona darvozasi, Doniyolbiy Otaliq madrasasi tarixiy ko‘rinishini tiklash, 100 kishiga mo‘ljallangan erkaklar va ayollar tahoratxonasi, muzey, Dahmai shohon dahmalarini va boshqa bir qator tarixiy obyektlarni qayta qurish ishlari boshlangan edi. Hozirda Doniyolbiy Otaliq madrasasida ishlar yakunlanish arafasida. Qolgan obyektlarda ham boshlangan ta’mirlash va va rekonstruksiya ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
"Buxoro gaz sanoat qurilish" MCHJ pudratchi tashkilot sifatida biriktirilgan restavratsiya ishlariga 200 nafarga yaqin usta hamda 30 dan ortiq maxsus texnikalar jalb qilingan. Jarayon belgilangan reja-grafik asosida olib borilmoqda. Majmuadagi qurilish-ta’mirlash ishlari joriy yilda to‘liq yakunlanadi.
Bugun, 27 fevral kuni viloyat hokimi Botir Zaripov yana bir bor majmuada bo‘lib, restavratsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi va jarayonlarni tanqidiy muhokama qildi.
Qurilish ishlarini ishlab chiqilgan loyiha asosida bo‘lishini ta’minlash, usta restavratorlar va zarur texnikalar sonini ko‘paytirish orqali jadallashtirish bo‘yicha mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berdi.

Xabar berib borayotganimizdek, shu kunlarda Bahoudin Naqshband majmuasida Toqi Miyona darvozasi, Doniyolbiy Otaliq madrasasi tarixiy ko‘rinishini tiklash, 100 kishiga mo‘ljallangan erkaklar va ayollar tahoratxonasi, muzey, Dahmai shohon dahmasi va boshqa bir qator tarixiy ob’yektlarni qayta qurish ishlari qizg‘in pallaga kirgan.
Ta’mirlash va va rekonstruksiya ishlari esa viloyat hokimi Botir Zaripovning doimiy nazorati ostida kechmoqda.
Bugun ham viloyat rahbari mazkur manzilda bo‘lib, ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Madaniy meros agentligi buyurtmachiligida "Buxoro gaz sanoat qurilish" MCHJ pudratchi tashkilot sifatida biriktirilgan ta’mirlash ishlariga 200 nafarga yaqin usta hamda 30 dan ortiq maxsus texnikalar jalb qilingan.
Jarayon belgilangan reja-grafik asosida olib borilmoqda.
Viloyat rahbari qurilish ishlarini ishlab chiqilgan loyiha asosida bo‘lishini ta’minlash, amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berdi.

#qurilish_bunyodkorlik #hokim_hududlarda #Kogon_tumani
Qayd etish joizki, Bahoudin Naqshband majmuasida o‘tgan 2023-yildan boshlab katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Hozirga qadar ziyoratgoh atrofi devorlari yangilandi, majmua ichkarisidagi yo‘laklar to‘liq ta’mirlandi.
👉 Batafsil
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Qayd etish joizki, Bahoudin Naqshband majmuasida o‘tgan 2023-yildan boshlab katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Hozirga qadar ziyoratgoh atrofi devorlari yangilandi, majmua ichkarisidagi yo‘laklar to‘liq ta’mirlandi.
👉 Batafsil
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda #Kogon_tumani
Ayni paytda viloyat hokimi Botir Zaripov viloyat sektorlari rahbarlari, daxldor mutasaddilar bilan birga hududlarda aholi turmush farovonligini oshirish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida tarmoqlarida bajarilayotgan ishlar natijadorligini oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganish va bu borada kelgusidagi muhim vazifalarni belgilash maqsadida Kogon tumanida bo‘lib turibdi.

"Nurafshon" hududida Ato Boboyev rahbarlik qilayotgan "To‘xtabobo 98" fermer xo‘jaligi ham 1998-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni kunda 43 gektar yer maydoniga ega. Joriy yilda xo‘jalik tomonidan 25 gektar yerga "Alekseyevich", "Tanya" navli serhosil g‘alla ekib parvarishlandi.

Xabar berganimizdek, Kogon tumani Zirabod massivi hududida ming gektarda “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki barpo qilishga kirishilgan.

Bugun erta tongdan Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Amrillo Nazarov boshchiligida qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi g‘o‘za parvarishi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarning joylardagi ijrosini nazorat tartibida o‘rganishni boshladi. O‘rganishlarning dastlabki manzili Kogon tumani bo‘ldi.
Ishchi guruhi “Oynasoz 98”, “Fidoyi 98”, “Bozormurod Ramazon To‘ra” fermer xo‘jalikalari g‘o‘za maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar sifati bilan tanishdi.
Ayniqsa, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, sug‘orish, chekankani sifatli o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Amrillo Nazarov shu kunlarda g‘o‘za qator oralariga texnikani ko‘proq kiritish va chekankani tezlatish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Ma’lumot uchun: Joriy yilda tumanda paxtachilikka ixtisoslashtirilgan 223 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 7096 gektar maydonda “Buxoro102”, “Buxoro 8”, “Buxoro10”, shuningdek, Xitoyning serhosil nav g‘o‘zasi parvarishlanmoqda.
Ishchi guruhi o‘rganishlari hududlarda davom etmoqda.

Bugun erta tongdan Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Amrillo Nazarov boshchiligida qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi g‘o‘za parvarishi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarning joylard...