BUXORO.UZ | Rasmiy kanal (Lotin)
75 subscribers
10.8K photos
1.27K videos
3 files
4.59K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Ishonch telefoni: (+998) 65-222-22-22
Murojaatlar uchun: @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 1-uy
Download Telegram
#hududlar_hayoti
#Qorovulbozor_tumani

Viloyatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qorovulbozor tumanida ham aholi sergavjum joylarida Yangi yil munosabati bilan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkil etilgan edi. Birgina tuman dehqon bozorida tashkil etilgan yarmarkada dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari “Yangi yil yarmarkalari” va “Elga xizmat – beminnat” rastalarida 20 dan ortiq turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzon narxlarda taklif etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyati boshqarmasining amaliy ko‘magi bilan tashkil etilgan savdo yarmarkalarida mahsulot narxlarni bir xil ushlab turishga, aholiga qulay savdo sharoitini yaratishga hamda to‘lovni plastik kartochkalar orqali ham amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahsulotlarning uzluksizligini ta’minlash uchun ta’minotchi korxonalar, agrofirma va fermer xo‘jaliklari biriktirilgan. Savdo rastalari ho‘l mevalar, poliz ekinlari, guruch, tuxum kabi iste’molbop mahsulotlarga to‘la. Bu yerda xaridorga sotilayotgan mahsulotlarning narxlari bozorda savdo qiladigan doimiy tadbirkorlarnikidan ancha arzon va hamyonbop.

O‘z navbatida savdo rastalari har kuni yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, go‘sht, baliq, guruch, un, o‘simlik yog‘i umuman olganda, eng kerakli noz-ne’matlar bilan to‘ldirilmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Jarayon
#Qorovulbozor_tumani

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan Qorovulbozor tumanida joylashgan yuqori kuchlanishdagi podstansiyasilarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Elektr qurilmalarining texnik holati talab darajasiga keltirilib, sinov va sozlash ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olinishi hamda aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Ayni paytda viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov sektor hududiga kiruvchi Qorovulbozor tumanida tuman ishchi guruhlari a’zolari va paxtachilik klasteri mas’ullari ishtirokida dalalarga chigit ekish holatini o‘rganish maqsadida qator ob’yektlarni ko‘zdan kechirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Qorovulbozor tumanida 2023-yilda paxta xom-ashyosi yetkazib berish bo‘yicha 154 ta fermer xo‘jaliklari bilan 5 318 gektar maydonda 14 710 tonna paxta xom-ashyosini yetishtirish bo‘yicha kontraktasiya shartnomalari tuzilgan.

M.Mamatxanov dalalarda chigit ekish jarayoni bilan tanishib, mas’ullarga paxta ekiladigan maydonlar chetlarida tut, uzum ko‘chatlari, zararkunanda hasharotlardan himoya qilish bilan birga qo‘shimcha daromad olishga qaratilgan moychechak, sarimsoqpiyoz, qovoq hamda boshqa ekinlarni ekish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Viloyat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumanidagi “Buxoro Agroklaster Chorva” MCHJda naslli qora mol zotlarini ko‘paytirish, xalqimiz dasturxonini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash va eng asosiysi chorvachilikda mahsuldor naslli mol zotlarini ko‘paytirish maqsadidagi bir amaliy ishlar davom etmoqda.

2021-yilda ishga tushirilgan mazkur chorvachilik koppleksi zamon talablari asosida jihozlangan bo‘lib, viloyatimizdagi yirik chorva kompleksilaridan biridir.

Joriy yilda ushbu chorvachilik kompleksi navbatdagi investision loyihani amalga oshirishga kirishdi. Naslli qora mollar, urug‘lar va embrionlar sohasida nemis genetikasi eksportiga ixtisoslashgan sohada 30 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Germaniyaning Zve Zuchtvieh-Export GmbH korxonasi va jamiyat mutasaddilari bilan o‘tkazilgan muzokaralar va o‘rganishlar natijasiga ko‘ra tuzilgan shartnomaga muvofik AT “Xalq bank” Buxoro viloyat filiali tomonidan qiymati 1,3 mln AQSH dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyasi resurslari hisobiga shved, simmental va qizil Daniya zotli jami 489 bosh qora mollar sotib olish jaryonlari boshlandi.

Shartnomaga ko‘ra, naslli qora mollar xorijiy hamkor tomonidan shartnoma kelishuvi shartlariga asosan bosqichma-bosqich olib kelmoqda.

Hozirda olib kelingan 255 bosh naslli qora mollar chorva majmuasida sohada chuqur bilim, tajriba va malakaga ega mutaxassislar, zootexniklar nazorati ostida hudud iqlim va ozuqa sharoitlariga moslashtirish jarayonida parvarish etilmoqda.

Viloyat hokimi hududga tashrifini aynan mazkur kompleks faoliyati bilan yana bir bor tanishishdan boshladi.

Majmua rahbariyati bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar xususida suhbatlashdi.

Shu yerda viloyatda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Qorovulbozor_tumani

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qorovulbozor tumanida 2023 yilda 154 ta fermer xo‘jaliklari 5 318 gektar maydonda 14 710 tonna paxta xom-ashyosini yetishtirish bo‘yicha "Buxoro Agroklaster zaminlari" va "Ark eko tekstil" MCHJ shaklidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzgan. Shu kecha-kunduzda esa tumanda mahalliy iqlim sharoitiga moslashuvchanligi o‘rganilgani holda ertapishar va o‘rtapishar navlari tegishli labaratoriya tekshiruvidan o‘tkazilgan chigit ekish ishlari jadal olib borilmoqda.

"Bo‘zachi" hududidagi Qurbon Rahimov rahbarlik qilayotgan "Rahimbobo" fermer xo‘jaligi ixtiyorida 150 gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, uning 80 gektarida hozirda chigit qadalmoqda.

Shu hududdagi Baxodir Yaxyoyev rahbarlik qilayotgan "Yaxyo Javohir" fermer xo‘jaligi esa 40 gektar yerda paxta yetishtirishga bel bog‘lagan.

Viloyat hokimi Botir Zaripovning nazorat tartibidagi navbatdagi o‘rganishlari ayni shu manzilda kechdi.

O‘rganishlar jarayonida unumdorligi yuqori bo‘lgan texnikalar shayligini ta’minlagan holda ulardan to‘g‘ri foydalanish, ekishda samarali usullarni qo‘llash, navlarni tanlab, joylashtirishga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi aytildi. Shuningdek, fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo‘shimcha daromad olishni tashkil etishda dala chetlarida oziq-ovqat va yem-xashak ekinlarini ekish muhim ahamiyatga egaligi qayd etilib, bu borada mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Qorovulbozor_tumani

“Jarqoq Umid don” MCHJ bugungi kunda un ishlab chiqarish, tikuvchilik, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, parrandachilik hamda qo‘ychilik yo‘nalishlarida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Umimiy hisobda 30 dan ortiq qishloq aholisining mazkur korxonada bandligi ta’minlangan. Ishchilarga 1 mln 500 ming so‘mdan 3 mln 500 ming so‘mgacha oylik to‘lanadi.

— Korxonamizda un ishlab chiqarish bilan bilan bir qatorda mingdan ortiq tovuq parvarish qilinadi. Kuniga o‘rtacha hisobda 850-900 ta tuxum olamiz. Mahsulotlarimizga talab yuqori, – deydi korxona ish yurituvchisi Kamolat Ostonova.
Tuman hokimi Akmal Ostonov kuni kecha mazkur korxonada bo‘ldi. O‘rganishlar jarayonida korxona faoliyatini kengaytirish, bu borada tadbirkorga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, tuman hokimi mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Qorovulbozor_tumani

Shu kunlarda “Tashabbusli byudjet” mablag‘lari hisobidan “Tinchlik” mahallasida yo‘llarni ta’mirlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Xususan, Navoiy ko‘chasining 600 metr qismi asfaltlashtirilmoqda. Shuningdek, dehqon bozori yon tomonida avtomobillar turargohi barpo etilib, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. 200 metrdan ortiq beton ariq (lotok)lar qurilib, 90 metr qismi temir panjaralar bilan qoplandi. Bundan tashqari, piyodalar yo‘lakchasi qurilib, yo‘l chetlariga bordyurlar o‘rnatildi.
“Akbar Humoyun Abdulaziz” MCHJ yo‘lsozlari yo‘llarni tekislash, tosh-shag‘al, asfalt yotqizish, betonlash kabi mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini jadal olib bormoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#obod_yo‘llar #Qorovulbozor_tumani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan, Qorovulbozor tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida mahalla ichki yo‘llarini asfaltlashtirishga ham alohida ahamiyat berilmoqda.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda #Qorovulbozor_tumani

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov qishloq xo‘jaligida belgilangan agrotexnik tadbirlar, xususan, paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, don ekish jarayonlarining borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Qorovulbozor tumanida bo‘ldi.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Qorovulbozor_tumani

“Imom-Buxoriy” MFYda Odil Umarov rahbarligidagi “SULPHOTECH” MCHJ tomonidan tarkibida azot, fosfor hamda kaliy komponentlari va mikroelementlaridan tashkil topgan kompleks o‘g‘itlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Umumiy qiymati 10 mln. AQSH dollariga teng loyihaning 2 mln. dollari tashabbuskorning o‘z mablag‘lari, 8 mln. dollari esa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisoblanadi.

Loyiha joriy yilning aprel oyida ishga tushishi ko‘zda tutilgan. Hozirda ishlab chiqarish hamda 3 qavatli ma’muriy binoda qurilish ishlari olib borilmoqda. Tashabbuskorlarning ma’lum qilishicha, Turkiya Respublikasidan "Emerson", Rossiya Federatsiyasidan "Ximinjinering" rusumidagi qiymati 1,5 mln.dollariga teng azot, fosfor hamda kaliy komponentlari bo‘lgan kompleks o‘g‘it ishlab chiqarish hamda qadoqlashga mo‘ljallangan asbob-uskunalar keltirilgan.

Botir Zaripov ushbu manzilda ham bo‘lib, qurilish ishlarini sifatli yakuniga yetkazish hamda asbob-uskunalarni keltirib o‘rnatish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Qorovulbozor_tumani

Cho‘l bag‘rida faoliyat boshlaganiga 30 yildan oshgan Qorovulbozor davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan hozirda 4 ming 470 gektar yer maydonda ellikka yaqin ishchi-mutaxassis mehnati va jonbozligi bilan turli-tuman manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ko‘paytirilmoqda. Xo‘jalikda bugunga kelib 2 mln tupdan ortiq ko‘chat tayyorlangan bo‘lib, viloyatimiz bo‘ylab buyurtmachi xo‘jaliklariga peshma-pesh yetkazib berilmoqda. Ayniqsa, qayrag‘och, sadaqayrag‘och, kulyon, sasna, katalpa, mejavelnik, tut va yasin ko‘chatlariga talab yuqori bo‘lmoqda.
Qolaversa, Qorovulbozor davlat o‘rmon xo‘jaligida ko‘chatchilik bilan birga keyingi yillarda chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik tarmoqlari ham rivojlantirilmoqda.

Jumladan, ayni kunda o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi yaylovda 600 boshdan ortiq yirik va mayda shoxli qoramol, 700 boshdan ortiq tovuq hamda jamoa mirishkorlari tomonidan 110 ta asalari oilasi parvarishlanmoqda. Bundan tashqari, mazkur o‘rmon xo‘jaligi ekin maydonlarida jamoa tomonidan to‘qsonbosti ekinlar ham ekib parvarishlanib, ishchilar manfaatdorligi va ro‘zg‘ori uchun zahiralanmoqda.

Botir Zaripov o‘rmon xo‘jaligi maydonlarida bo‘lib, ko‘chat yetishtirish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Xo‘jalik mas’ullari bilan muloqot qilib, mavjud muammolar bilan qiziqdi. Daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish, gul va shifobaxsh o‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirish borasida amalga oshirlayotgan ishlar muhokama qilindi. Shundan kelib chiqib, viloyat rahbari ko‘chatxonalar va issiqxonalarni yanada kengaytirish, iqlim sharoitiga mos ko‘chat turlarini ko‘paytirish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda #Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumani kengliklarida ham Vobkent tumani dehqon-mirishkorlarining “Yangi hayot arig‘i” suv iste’molchilari uyushmasiga birlashgan 38 ta fermer xo‘jaligi faoliyat yuritadi.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda #Qorovulbozor_tumani

Viloyat hokimi Botir Zaripov “Buxoro Agroklaster Chorva” MCHJda ham bo‘ldi.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda #Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumanida o‘tgan yili murakkab iqlim, favqulodda tabiat hodisalariga qaramasdan, 5 ming 525 gektarda ekilgan bug‘doy hosilidan 12 ming 715 tonna xirmon uyilgan.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda #Qorovulbozor_tumani

Davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifi chog‘ida Buxoroda odamlarni ishli qiladigan katta imkoniyat – sanoat zonalari ekanligini alohida ta’kidlab, mavjud resurslardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda #Qorovulbozor_tumani

Botir Zaripov “Profkomplekt Bukhara” MCHJ loyihasi bilan tanishdi.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda #Qorovulbozor_tumani

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi “Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida “Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida “Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsi...

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube