BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.4K subscribers
94.7K photos
12.1K videos
23 files
42.4K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#live
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

Соат 15.45. Сайёр қабул давом этмоқда.

Айни вақтга қадар вилоят раҳбари 83 нафар фуқаро билан мулоқот қилди. Уларнинг муаммоларини тинглади. Мурожаатлар уй-жой, ичимлик суви, электр энергияси билан таъминлаш, ички йўлларни таъмирлаш, тадбиркорлик, моддий ёрдам кўрсатиш, суд-ҳуқуқ ва бошқа масалаларга доир бўлмоқда.

Ҳар бир мурожаат тегишли соҳа масъуллари иштирокида кенг муҳокама қилиниб, уларни ҳал этиш чоралари кўрилмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍25😁3
#live
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

Соат 17.50 Сайёр қабул якунланди. 9 соатга яқин давом этган қабулда нафақат Бухоро шаҳри, балки вилоятнинг барча ҳудудларидан 312 нафар фуқаролар иштирок этишди.

Аҳоли муаммолари билан танишиш жараёнида фуқаролар томонидан электр энергияси, ишсизликни бартараф этиш, қишлоқ ички йўлларини таъмирлаш, даволаниш, ишга жойлашиш, моддий ёрдам, тадбиркорлик, уй-жой ажратиш, суд-ҳуқуқ масалалари кўтарилди

Ҳар бир мурожаат тегишли соҳа масъуллари иштирокида кенг муҳокама қилиниб, уларни ҳал этиш чоралари кўрилди. Хусусан, 93 нафар фуқаро шахсан вилоят ҳокими қабулида бўлиб, муаммолари билан юзланди. 9 та мурожаат жойида ҳал этилди. Қолган мурожаатлар бўйича муддат белгиланиб, ижроси вилоят ҳокимлиги томонидан назоратга олинадиган бўлди. Шунингдек, фуқарроларга мурожаатлар юзасидан ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍15
#Sayyor_qabul #Kadastr
#Buxoro

📣Ҳурматли вилоятимиз фуқаролари ҳамда тадбиркорлари!

📨Аҳолининг Кадастр соҳасидаги мурожаатларини кўриб чиқиш мақсадида сайёр қабул ўтказилади.

🖊 Кадастр билан боғлиқ муаммоларингиз бўлса, жорий йилнинг 24 ноябрь куни соат 10:00 дан бошлаб сайёр қабулда иштирок этишингиз мумкин.

Сайёр қабул Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси Бухоро вилояти бошқармалари раҳбарияти бошчилигида бўлиб ўтади.

📍Манзил: Ғиждувон тумани, “Зарафшон” МФЙ, 1-сектор штаби биноси

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍73🤯3
#Sayyor_qabul

Бухоро вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бош бошқармаси бошлиғи Анвар Ҳамроев, шунингдек, туман ва шаҳар бўлимлари раҳбарлари томонидан эртага, 30 январь куни соат 10:00дан бошлаб Бухоро тумани "Работиқалмоқ" МФЙ биносида вилоят аҳолиси учун оммавий сайёр қабул ўтказилади.

Сайёр қабул давомида
ишга жойлашиш,
касб-ҳунарга ўқитиш,
субсидия олиш,
аҳолини бандлигини таъминлаш, фуқароларга меҳнат қонунчилиги юзасидан ҳуқуқий ёрдам бериш ва шунга ўхшаш бошқа масалалар кўриб чиқилади.

Манзил: Бухоро тумани "Работиқалмоқ" МФЙ биноси. Мурожаат учун телефон: (+99893) 458 - 64 - 63.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍13😁4👎1
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri
#inson_qadri_uchun

Xabar berganimizdek, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ayni paytda Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyat bo‘limida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Murojaatlarni tezkor o‘rganish, muhokama qilish va ularga yechim topish maqsadida qabulda viloyat sektorlari, boshqarma va idoralar rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Hozirga qadar qabulda ishtirok etishni istab ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 69 nafarni tashkil etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍161
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri
#inson_qadri_uchun

Soat 11.30.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan o'tkazilayotgan ommaviy sayyor qabul davom etmoqda.

Ayni paytga qadar qabulda ishtirok etishni so'rab murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar soni 137 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 53 nafari aynan viloyat rahbari qabulida bo'lib, o'z tashvish va muammolarini bildirishdi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍14
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri
#inson_qadri_uchun

Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 oktabr kuni Buxoro shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi binosida viloyat hokimi Botir Zaripovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda nafaqat Buxoro shahri aholisi, balki viloyatimizning barcha hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan ishtirok etishdi.

Ommaviy sayyor qabulda 262 nafar fuqarolar murojaati birma-bir tinglandi. Xususan, fuqarolarning kommunal soha, ishsizlikni bartaraf etish, qishloq ichki yo‘llarini ta’mirlash, davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik, yer va uy-joy ajratish, sud-huquq masalalari atroflicha o‘rganildi.

Murojaatchilarning 147 nafari shaxsan viloyat hokimi bilan yuzma-yuz uchrashib, muammolarini bildirdi.

Shu joyning o‘zida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Batafsil o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan mutasaddi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga aniq muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍9
#Sayyor_qabul

Aholi muammolari o‘rganish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida viloyat hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Firuza Ibragimova hamda viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Qorovulbozor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning uy-joy, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatida ko‘maklashish, subsidiya ajratish va oila turmush masalasidagi nizolari yuzasidan murojaatlari tinglandi hamda zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.

Murojaatlar qonun doirasida o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, viloyat hokimining o‘rinbosari yangi turmush qurish arafasida bo‘lgan yoshlar hamda nizoli oilalar vakillar bilan uchrashib, oila mustahkamligi, sog‘lom turmush tarzi va oilada o‘zaro munosabatlar bo‘yicha fikr va mulohazalarini bildirdi.

Bundan tashqari qabul davomida “Ayollar daftari” tomonidan yordam ko‘rsatilib, bugungi kunda o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlarning hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍7
#sayyor_qabul
#Gijduvon_tumani
#inson_qadri_uchun

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolar yechimini topishga imkon bermoqda. Qolaversa, Prezidentimiz tashabbusi bilan odamlarning muammo va tashvishlarini hal etish, og‘irini yengil qilish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi ishlar yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Shu jihatdan viloyat hokimi Botir Zaripovning bugun, 21-dekabr kuni G‘ijduvon tumanida o‘tkazgan navbatdagi sayyor qabuli anchayin samarali bo‘ldi.

Qabulda nafaqat G‘ijduvon tumani, balki viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelgan 115 nafar fuqaroning 200 dan ortiq murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi.

Qabulda fuqarolardan asosan moddiy yordam olish, uy-joy ajratilishi, ishga joylashish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yer, imtiyozli kredit olish, kadastr, elektr energiyasi, ichki yo‘llar ta’miri, shuningdek, sud-huquq masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Ko‘plab murojaatlar qabul chog‘ida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi. Fuqarolar muammosi hal etilishi umidi bilan qabulga kelgan.

Qabul davomida ehtiyojmand oilalar muammolarini o‘rganish, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash orqali ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish barobarida aholini qiynab kelayotgan qator ijtimoiy masalalarga ham yechim izlandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍82👎2
#sayyor_qabul #Buxoro_shahri #Inson_qadri_uchun

Xabar berib o‘tganimizdek, ayni paytda viloyat hokimi Botir Zaripov aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, shuningdek, tadbirkorlik sohasidagi mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Qabulda viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat tashkilot va korxonalari mutasaddilari ham qatnashmoqda.

Hozirga qadar qabulda ishtirok etishni istab ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 159 nafarni tashkil etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍7👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul #Buxoro_shahri #Inson_qadri_uchun

Xabar berganimizdek, bugun Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Turli muammo va masalalar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar bilan viloyat hokimi, prokuraturasi, ichki ishlar, soliq boshqarmalari hamda qator viloyat tashkilotlari rahbarlari bevosita suhbatlashdi, odamlarning muammolari tinglandi, murojaatlar imkon qadar shu yerning o‘zida hal etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma, moddiy yordam olish, uy-joy ajratilishi, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yer, imtiyozli kredit olish, sud-huquq va boshqa masalalarga oid 200 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

Qabul davomida yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍13🔥2🏆2👎1🤯1
#sayyor_qabul
#Vobkent_tumani
#inson_qadri_uchun

Avval xabar berganimizdek, bugun, 18-yanvar kuni Vobkent tuman hokimligi binosida viloyat hokimi Botir Zaripovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda nafaqat tuman aholisi, balki viloyatimizning boshqa hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan ishtirok etishdi.

Ommaviy sayyor qabulda 52 nafar fuqarolar murojaati birma-bir tinglandi. Xususan, fuqarolarning davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik, yer va uy-joy ajratish, sud-huquq masalalari atroflicha o‘rganildi.

Shu joyning o‘zida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Batafsil o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan mutasaddi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga aniq muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍10👎2
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri
#inson_qadri_uchun

Avval xabar berganimizdek, bugun, 6-mart kuni Buxoro shahridagi kasbiy ko’nikmalar markazi binosida viloyat hokimi Botir Zaripovning aholi va tadbirkorlar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda nafaqat tuman aholisi, balki viloyatimizning boshqa hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan ishtirok etishdi.

Ommaviy sayyor qabulda 103 nafar fuqarolar va tadbirkorlar murojaati birma-bir tinglandi. Xususan, fuqarolarning davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, yer va uy-joy ajratish, sud-huquq masalalari, tadbirkorlarning soliq imtiyozlari qo’llash, bank krediti ajratish yuzasidan muammolari atroflicha o‘rganildi.

Shu joyning o‘zida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Batafsil o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan mutasaddi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga aniq muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍8👎4🤔2👏1
#sayyor_qabul

📣Diqqat, e'lon!

🗣O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning 28-mart kuni soat 11:00 dan boshlab, Qorovulbozor tumani hokimligi binosida tumandagi tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarining taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etiladi.

📍Manzil: Qorovulbozor tumani, "Al Buxoriy" mahalla fuqarolar yig'ini.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏1
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

📍Avval xabar berganimizdek, bugun, 24-aprel kuni Buxoro shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazi binosida viloyat hokimi Botir Zaripovning tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, aholi vakillari uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda nafaqat Buxoro shahri aholisi, balki viloyatimizning barcha hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan ishtirok etishdi.

💬Qariyb 10 soat davom etgan sayyor qabulda 235 nafar fuqarolar murojaati birma-bir tinglandi. Xususan, fuqarolarning kommunal soha, ishsizlikni bartaraf etish, davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik, qurilish va arxitektura, yer va uy-joy ajratish, sud-huquq masalalari atroflicha o‘rganildi.

Murojaatchilarning 150 nafarga yaqini shaxsan viloyat hokimi bilan yuzma-yuz uchrashib, muammolarini bildirdi.

❗️Fuqarolardan o‘zlarini qiynayotgan muammolardan tashqari ko‘pchilik manfaatiga xizmat qiladigan maktab va bog‘chalar qurish, yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha ko‘plab murojaatlar tushgan.

✔️Viloyat hokimining shu paytgacha joylarda o‘tkazgan sayyor qabullarida bunchalik katta miqdorda murojaatlar tushmagan edi. Bu hududlarda to‘planib qolgan muammolar ko‘pligidan hamda aholining sayyor qabullar orqali masalalari ijobiy hal etilishiga ishonchi ortayotganidan dalolatdir.

🗣Shu joyning o‘zida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Batafsil o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan mutasaddi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga aniq muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👎3
#Sayyor_qabul

⚡️Viloyatimiz aholisi diqqatiga!


💬
Sizda ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlari bilan bog‘liq murojaat, taklif yoki savollar bormi?

🔔Unda bu imkoniyatdan foydalaning.

👉Joriy yilning 29-aprel kuni Buxoro shahrida "O'zsuvta'minot" AJ boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari Toxir Xaydarov ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📍Sayyor qabul Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasi 13-uy - Buxoro shahar kasbiy ko‘nikmalar markazi binosida (oldingi Monomarkaz) soat 16:00 da boshlanadi.

❗️Unutmang, hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998907458804 / +998942741744

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍6
#sayyor_qabul #Buxoro_shahri #inson_qadri_uchun

Xabar berganimizdek, bugun, 3-may kuni viloyat hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida aholi vakillari bilan muloqot qilib, odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarga o‘z joyida yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Nafaqat Buxoro shahri, balki viloyatning deyarli barcha shahar-tumanlaridan kelgan 77 nafar fuqaro bilan yuzma-yuz muloqotda uy-joy, qurilish, kadastr, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi, yoshlar ishlari va boshqa masalalarga oid 93 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 12 tasi joyida ijobiy hal etildi, 21 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 60 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bu kabi qabullar fuqarolarning adolat izlab idorama-idora yurishining oldini olib, muammoni joyida hal qilish imkonini bermoqda. Qolaversa, viloyat darajasidagi rahbarlarning xalq huzuriga borayotgani quyi tizimlardan hal bo‘lmayotgan masalalarning hal qilinishiga yordam bermoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍111
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

Ertaga, 18-iyun kuni soat 10:00 da Buxoro shahridagi kasbiy ko’nikmalar markazi binosida (Monomarkaz) Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatimizdagi tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, ularni tezkorlik bilan hal qilish hamda aniqlangan tizimli muammolar hamda ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

Muloqot jarayonida tadbirkorlar huquqiy himoya va tartibga solish bilan bog‘liq masalalar bo'yicha ham murojaat qilishlari mumkin.

Har bir murojaat va takliflar batafsil o‘rganib chiqiladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
7👍2
#sayyor_qabul
#Shofirkon_tumani

📍Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Shofirkon tumanidagi "Temirchi" mahalla fuqarolar yig'ini
hududidagi 24-umumta'lim maktabi bog'ida viloyat hokimi Botir Zaripovning aholi vakillari uchun navbatdagi ommaviy
sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.

⌛️Unda nafaqat tuman aholisi, balki viloyatimizning barcha hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan ishtirok etishmoqda.

💬Hozirgacha sayyor qabulda 110 nafar fuqarolar ro'yxatdan o'tishgan.

Qabulda kommunal soha, ishsizlikni bartaraf etish, davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik, qurilish va arxitektura, yer va uy-joy ajratish, sud-huquq kabi masalalar yuzasidan aholi tomonidan turli murojaatlar bildirilmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍16👏42🤬2👎1
#sayyor_qabul
#Shofirkon_tumani
#inson_qadri_uchun

📍Avval xabar berganimizdek, bugun, 21-iyun kuni viloyat hokimi Botir Zaripov Shofirkon tumanidagi "Temirchi" mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 24-umumta'lim maktabi bog'ida aholi vakillari bilan muloqot qilib, odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarga o‘z joyida yechim topish maqsadida navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

⌛️Unda nafaqat Shofirkon tumani aholisi, balki viloyatimizning barcha hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan ishtirok etishdi.

💬Sayyor qabulda 165 nafar fuqarolar murojaati birma-bir tinglandi. Xususan, fuqarolarning kommunal soha, ishsizlikni bartaraf etish, davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik, qurilish va arxitektura, yer va uy-joy ajratish, sud-huquq masalalari atroflicha o‘rganildi.

Murojaatchilarning 90 nafarga yaqini shaxsan viloyat hokimi bilan yuzma-yuz uchrashib, muammolarini bildirdi.

❗️Fuqarolardan o‘zlarini qiynayotgan muammolardan tashqari ko‘pchilik manfaatiga xizmat qiladigan maktab va bog‘chalar qurish, yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha ko‘plab murojaatlar tushgan.

🗣Shu joyning o‘zida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Batafsil o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan mutasaddi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga aniq muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
5👍3