BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.4K subscribers
94.7K photos
12.1K videos
23 files
42.4K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#Tibbiyot_xodimlari_kuni

U o‘z so‘zida joriy yilning 18 mart hamda 26 oktabr kunlari davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyot xodimlari bilan “ochiq muloqot” o‘tkazilgani, mazkur uchrashuvdan so‘ng “Inson qadri uchun” degan g‘oya asosida yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilganini qayd etar ekan, xususan tumanda ham ushbu chora-tadbirlar negizida qator ijobiy ishlar amalga oshirilganini qayd etdi.

Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
#Tibbiyot_xodimlari_kuni

Shuningdek, so‘nggi yillarda tumanda inson salomatligini asrash, tibbiy xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan amaliy natijalar, salmoqli o‘zgarishlar tilga olindi. O‘z kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan yondashayotgan, el sog‘ligini asrashda jonkuyarlik qilayotgan shifokorlar mehnati alohida e'tirof etilib, ularga tuman rahbari tomonidan samimiy tilaklar izhor etildi.
Bundan tashqari, tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari S. Xo‘jamqulov, malakali shifokor F. Tohirovlar sana munosabati bilan salomatlik posbonlarini muborakbod etdilar.
Bayramona dasturxon atrofida jam bo‘lgan tibbiyot xodimlariga xush kayfiyat ulashish maqsadida tuman Madaniyat bo‘limining xonandalari diltortar taronalari bilan bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.
Marosim davomida bir guruh shifokorlar rag‘batlantirildi.

Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
👍4
#Tibbiyot_xodimlari_kuni

Xususan, 10 nafar soha xodimlariga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, 12 nafariga tuman hokimligi, 24 nafariga tuman Tibbiyot birlashmasining tashakurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Tuman Tibbiyot birlashmasining Tez tibbiy yordam bo‘limida samarali faoliyati hamda kasbga bo‘lgan sadoqati uchun feldsher bo‘lib faoliyat yuritayotgan Tillo Nurovga tuman hokimligining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘asi topshirildi.
Bayram kuy-qo‘shiq, raqslar bilan davom etdi.

Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
👍4