BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.3K subscribers
78.6K photos
11.1K videos
23 files
39.6K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#Live
#Press_tur

Айни пайтда ОАВ вакиллари Бухоро шаҳридаги "Ишга марҳамат" мономарказида яратилган имкониятлар ҳамда дарс жараёнлари билан танишмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Press_tur

🔹РОМИТАНДА ЎҚУВЧИЛАРГА ИККИТА ХОРИЖИЙ ТИЛ ВА КАСБ-ҲУНАР ЎРГАТИШ ТИЗИМИНИ НАМУНАЛИ ТАШКИЛ ЭТАЁТГАН МАКТАБ

🔹Жорий йилнинг 20 январь куни Президентимиз Шавкат Мирзиёев томонидан мактабларда хорижий тиллар ва касб ўргатиш тизимини ривожлантириш масалалари бўйича кенгайтирилган йиғилиш ўтказилиб, мактаб ўқувчиларини камида иккита хорижий тил ва битта касб-ҳунарга ўргатиш устувор вазифа этиб белгиланган эди.

🔹Хўш, бу борада Бухоро вилояти умумтаълим мактабларида қандай ишлар олиб борилмоқда?

🔹Вилоят халқ таълими бошқармаси томонидан ташкил этилган пресс-тур давомида оммавий ахборот воситалари вакиллари, мустақил журналистлар ва блогерлар Ромитан туманидаги 1-ихтисослаштирилган давлат умумтаълим мактабининг бу борадаги намунали фаолияти билан яқиндан танишдилар.

Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Italiya_oav
#press_tur

Сўнгги йилларда Бухоронинг тарихий диққатга сазовор жойлари ва туризм соҳасининг имкониятлари хорижий оммавий ахборот воситаларининг диққат марказида бўлиб турибди.

Италия нашрлари ва оммавий ахборот воситалари бунга яққол мисол. Жорий йилнинг 18 - 19 апрель кунлари италиялик бир гуруҳ ОАВ ва блогерлардан иборат делегация учун Бухорога пресс-тур ташкил қилинди.

Пресс-тур маршрутидан кўҳна кентдаги Чор Минор, Чашмаи Аюб, Арк, Пойи Калон, Лаби Ҳовуз ва Насриддин Афанди меъморий ёдгорлигига саёҳат ўрин олган.

Мазкур лойиҳа Ўзбекистон Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги кўмагида амалга оширилмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#press_tur

⚡️Бухоро давлат университетида янгидан барпо этилган 400 ўринли талабалар турар жойи очилиши муносабати билан пресс тур ташкил этилмоқда.

Шунга кўра вилоятдаги барча оммавий ахборот воситалари вакиллари, мустақил журналист ва блогерлар эртага, 1 ноябрь куни соат 15:00 да БухДУга таклиф этилади.

Қўшимча маълумотларни +99897 306-44-41, +998 90 909 06 83 рақамлари орқали олиш мумкин.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Press_tur

Вобкент туманидаги таълим муассасалари фаолияти билан яқиндан танишилди

Мамлакатимизда таълим тизимини ривожлантиришга қаратилган юксак эътибор, амалга оширилаётган изчил ислоҳатлар Вобкент туманидаги мактабгача ва мактаб таълими муассасалари фаолиятида ҳам ўз аксини топиб, қатор натижаларга эришилмоқда.

Бухоро вилояти мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси томонидан ташкил этилган навбатдаги Пресс-тур жараёнида журналист ва блогерлар тумандаги бир қатор таълим муассасалари фаолияти билан яқиндан танишдилар.

Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#press_tur

Xabar berganimizdek, bugun viloyat hokimligi matbuot xizmati tashabbusi bilan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka keng axborot berish maqsadida press-tur o‘tkazilmoqda.

Press-tur ishtirokchilari dastlab boshqarmada tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashishdi.

Anjumanda boshqarma boshlig‘i Ya.Cho‘lliyev jurnalist va blogerlarga hudud bo‘yicha mavjud umumfoydalanuvdagi yo‘llar va ularni qurish, rekonstruksiya qilish, saqlash, ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Anjumanda sohada erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga ham alohida to‘xtab o‘tildi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan sohadagi mavjud muammolar o‘rtaga tashlandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#press_tur

Press-tur ishtirokchilari xalqaro ahamiyatdagi M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yo‘lining 255 km qismidagi ko‘prikda bajarilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishishdi.

Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lning 255,6 km qismidagi mazkur ko‘prik 1974-yilda qurilgan bo‘lib, ko‘prikning o‘ng tomoni 4-5 kator temirbeton plitasi singan va yig‘ma temirbeton balkalar orasidagi shoflari yemirilishi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ta’mirlash ishlari “Romitan yo‘llardan muntazam foydalanish” davlat muaassasasi tomonidan bajarilayotgan ko‘prikni tez kunlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

"Osiyo taraqqiyot banki" ishtirokidagi “Milliy avtomobil yo‘llarni rivojlantirish” loyihasi doirasida qishloq avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishning manzilli dasturiga asosan Peshku tumanining “Turkiston”, “Navgahon” va “O‘zbek” mahallalarida 15,5 kilometr uzunlikdagi yo‘l betonlashtirilmoqda. Bundan tashqari, hozirda Buxoro tumani “Ko‘chko‘mar” mahallasining 6,3 km qismi ham betonlashtirilmoqda.

Ushbu loyihada buyurtmachi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi O‘zavtoyo‘linvest agentligi hisoblanadi. Loyihada bosh pudratchi sifatida Xitoyning “China Railway 20 Bureau Group Corporation” va FIDIC talablariga asoslangan yo‘l qurilish-montaj ishlari ustidan texnik nazoratni Koreyaning "Dohwa Engineering Co., Ltd" injener konsalting kompaniyasi olib bormoqda.

Mazkur loyiha doirasida 23 ta ko‘prik ta’mirlanishi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida 3,1 km. uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi va yoritish chiroqlari hamda yo‘lni ko‘ngdalang kesib o‘tgan jami 956 pagonometr uzunlikdagi suv quvurlarini kengaytirish va yangisiga almashtirish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytga qadar Peshku tumanida 15,5 km uzunlikdagi yo‘lda tosh-beton qoplamali asos qurish, 5 ta ko‘prikni qayta ta’mirlash va 46 metr uzunlikdagi suv quvurlarini almashtirish ishlari amalga oshirildi. Yo‘lda 18 sm qalinlikda syementobeton qoplamasini yotqizish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil 1-iyuliga qadar to‘liq yakunlanishi va foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning asosiy maqsadi - qishloq hududlarida transport infratuzilmasini yaxshilash va mahalliy aholining hayot sifatini oshirishdir. Ushbu yo‘llar kichik biznes va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga sezilarli turtki beradi.

Loyiha 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda 54 km yo‘l rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. Zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan va mahalliy ishchi kuchi hamda qurilish materiallari keng miqyosda ishlatilmoqda, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qilmoqda.

Press-tur ishtirokchilari betonlashtirish ishlari bilan batafsil tanishtirilib, ularga loyiha haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#press_tur

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki ishtirokida “A-380” rusumli “Gʻuzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yo‘lining Buxoro viloyati hududidan o‘tgan 150 –228 kilometr oralig‘idagi 78 km qismini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tender savdolarida qatnashgan Xitoy Xalq Respublikasining “CRBC va SSSS Third Highway Engineering Co. Ltd” qo‘shma korxonasi xalqaro ahamiyatdagi yo‘l inshootining syement-beton qoplamasini qurish ishlariga bosh pudratchi etib tayinlangan. Ob’yektning tuproq ko‘tarmasi va asoslarini qurish ishlarida mahalliy pudratchilar qatnashmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 207,2 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Uning 165,5 mln. AQSH dollari Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki mablag‘i bo‘lsa, 41,7 mln. AQSH dollari O‘zbekiston Respublikasi ulushi sanaladi.

Bu loyihada qurilish ustidan texnik nazoratni olib borish uchun o‘tkazilgan tender natijalari ko‘ra, AQSH ning “SHELADIA Associates, Inc” injener-konsultant kompaniyasi bilan 2023-yil 20-yanvarida o‘zaro kelishuv shartnomasi imzolangan. Loyiha amaliyotini 2025-yil oxiriga qadar to‘liq yakuniga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Press-tur ishtirokchilari loyiha doirasidagi ishlarning borishi bilan yaqindan tanishtirildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube