Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Осиё инфратузилмавий инвестициялар банкининг ушбу нуфузли молиявий институт президенти Цзинь Лицюнь бошчилигидаги делегациясини қабул қилди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Азиатского банка инфраструктурных инвестиций во главе с президентом этого авторитетного финансового института Цзинь Лицюнем.
#Mirziyoyev #qabul #OIIB #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

#OIIB
#Qorovulbozor_tumani
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida loyihaning 1-bosqichi amalga oshirilmoqda.
Buxoro viloyatidagi 195 ta mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 1 mln 254 ming aholini markazlashgan toza ichimlik suvi hamda 165 ming aholini markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan taʼminlash maqsadi koʻzlangan loyihaning umumiy qiymati 437,62 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Shundan, 385,12 mln AQSH dollari Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki mablagʻi, 52,5 mln AQSH dollari esa Oʻzbekiston Respublikasining hissasi hisoblanadi.
Xususan, loyiha doirasida 1-paketda Qorovulbozor tumanida “Navbahor” va “Boʻzachi” suv tarqatish inshootlarini rekonstruksiya qilish, “Jarqoq” suv tarqatish inshootini qurish, 9 km masofada ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan.
Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jalol Arashov rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgan “Navbahor”, “Boʻzachi” hamda yangidan qurilayotgan “Jarqoq” suv tarqatish inshootlarida boʻldi va jarayonlarning borishini koʻzdan kechirdi.
Amalga oshirilayotgan ishlarni masʼullar ishtirokida muhokama qilib, ishlarni sifatli amalga oshirish, jarayonlarni jadallashtirib yil yakuniga qadar yakunlash yuzasidan topshiriq va koʻrsatmalar berib oʻtdi.
Ma’lumot oʻrnida, Loyiha doirasidagi ishlar yakunlanishi natijasida, “Boʻzachi”, “Navbahor”, “Jarqoq” mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi 1 ming 350 ta xonadon va 7 ming 772 nafar aholi, shuningdek, ulgurji isteʼmolchilari uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish bilan birga oqova suv chiqarish xizmatlaridan ham foydalanish imkoniga ega boʻlishadi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube