BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.1K subscribers
75.8K photos
10.8K videos
20 files
39K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#Buxoro_Xo‘jayli

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq mamlakatimizning viloyatlari Orolbo‘yini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida Qoraqalpog‘istondagi tumanlarga biriktirilgan. Jumladan, Buxoro viloyati Xo‘jayli tumanini o‘z tajribasi asosida yanada rivojlantirishga ko‘maklashmoqda.

Hududni obodonlashtirish bilan birga, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, xayrli tashabbuslar doirasida Xo‘jaylida yashovchi aholi vakillarining ayni paytda Buxoro viloyatiga sayohati tashkil etilgan. Ular buxoroliklar tomonidan tantanali kutib olindi.

Dasturga ko‘ra, xo‘jayliliklar Buxoroda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, boqiy shaharning qadimiiy obidalari bo‘ylab sayohat qilishadi, madaniy hordiq chiqarishadi.

Bu haqda sahifalarimiz orqali axborot berib boriladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_Xo‘jayli

Xotin-qizlar yetakchilari, nuroniylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari xodimlari, mahalla faollari, hokim yordamchilari va boshqa faollardan iborat xo‘jayliliklar Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida taniqli so‘z ustasi Avaz Oxunning “To‘ydagi tomosha” nomli konsert dasturiga taklif etildi.

Shuningdek, majmuada viloyatimiz xonandalari ishtirokida namoyish qilingan madaniy dastur mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_Xo‘jayli

Xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidan xotin-qizlar yetakchilari, nuroniylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari xodimlari, mahalla faollari, hokim yordamchilari va boshqa faollardan iborat aholi vakillari shu kunlarda Buxoroda bo‘lib turishibdi.

Bugun erta tongdan xo‘jayliliklar o'z sayohatlarini "Bahouddin Naqshband" majmuasini ziyorat qilishdan boshlashdi. Shu joyda Qur'on tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi uchun duoga qo'l ochildi.

Mehmonlarga Bahouddin Naqshbandning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil so‘zlab berildi. Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda bu maskan yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar ko‘p keladigan ziyoratgohga aylandi.

Mehmonlarga ushbu manzilda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy yodgorliklar, xususan, "Toqi Miyona" darvozasining qayta tiklanib, nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan har yili tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovor joyga aylanganligi haqida so‘zlab berildi.

Sayohat davom etmoqda. Uning tafsilotlari haqida sahifalarimiz orqali axborot berib boramiz.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_Xo‘jayli

Xo‘jaylilik faollar shuningdek, kun davomida ko'hna kent - Buxoroning tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan yaqindan tanishishdi. Xususan, qadimiy Labi Hovuz ansamblidan boshlangan sayohat davomida mehmonlar qadimiy toqlar, Poyi Kalon majmuasi qolaversa, Buxoroning ertaknamo eski shahar qismini hayrat va havas bilan tomosha qilishdi.

Hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, naqqoshlik, pichoqchilik kabi amaliy san’at ustaxonalaridagi qizg‘in ish jarayoniga guvoh bo‘lishdi.

Mehmonlarga tarixiy qadamjolar, yodgorliklarning tarixi, ushbu manzillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy yodgorliklarning qayta tiklanib, nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan har yili tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovor joyga aylanganligi haqida so‘zlab berildi.

Tarixiy va me’moriy obidalar, xalqimizning hunarmandligi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube