BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.4K subscribers
94.7K photos
12.1K videos
23 files
42.4K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Viloyat hokimi Botir Zaripov bugungi ish kunini eski shaharda so'nggi bosqichda davom etayotgan ta'mirlash-tiklash ishlarining borishi bilan tanishishdan boshladi.

Usta-restavratorlar bilan muloqotda bo'lib, ta'minot va boshqa masalalarda mavjud muammolar bilan qiziqdi.

Ishlarni jadallashtirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍5
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Avval xabar berganimizdek, olib borilgan oʻrganishlar davomida viloyatda birinchi navbatda qurilish, taʼmirlash va yangidan qurishga muhtoj, taʼmirtalab, sanitariya va gigiyena qoidalariga javob bermaydigan 49 ta ijtimoiy soha muassasalari aniqlangan edi.O’tgan davr mobaynida viloyat hokimi Botir Zaripov masʼul tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida mazkur muassasalarda boʻlib, ularning texnik holati bilan tanishgan, shunga koʻra zarur chora-tadbirlar belgilangandi.

Viloyat rahbarining bugungi oʻrganishlarida muassasalarda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya, taʼmirlash va yangidan qurish ishlari ko’zdan kechirilmoqda. Dastlab mutasaddilar Buxoro shahridagi 2-Maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lishdi.

1961-yilda bunyod etilgan mazkur muassasa 180 o'ringa mo'ljallangan. Biroq o'tgan yillar davomida bu yerda biror marotaba joriy ta'mirlash ishlari bajarilmagan. Shundan kelib chiqib hozirda muassada keng ko'lamli qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. "Rahmon Jamshid" mas'uliyati cheklangan jamiyati binokorlari tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga 2 mlrd so'm mablag' sarflanishi ko'zda tutilgan.

Botir Zaripov muassasaning guruhlari, oshxona qismi, musiqa zali va boshqa bo'limlarida borayotgan qurilish ishlarini ko'zdan kechirdi.

Mutasaddilar ishtirokida inshootda amalga oshirilishi zarur bo'lgan qo'shimcha ishlarni muhokama qildi. Shundan kelib chiqib, tegishi vazifalar belgilandi.

Shuningdek, viloyat rahbari muassasa atrofini obodonlashtirish, daraxt ko'chatlarini o'tqazish, bolalar o'yin maydonchalarini hozirlash bo'yicha ishlarga tanqidiy baho berdi. Hokimlik mutasaddilari va soha mas'ullariga vaziyatni o'nglass yuzasidanbtopshiriq va ko'rsatmalar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍51
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Shu kunlarda respublika onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy markazi Buxoro filialida davolanayotgan bemorlarning salomatligini tiklash maqsadida qo‘shimcha qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, markazning rentgen-radiologiya bo‘limi uchun 30 o‘rinli yangi bino va bunker qurilmoqda.

Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi injiniring xizmati” buyurtmachiligida Mimar Group kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga 15 mlrd. 554 mln. so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Natijada markazdagi rentgen-radiologiya bo‘limi, reanimasion va operasion xonalar eng so‘nggi texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Onkologik kasallikka chalingan insonlar salomatligini tiklash ishlari yengillashadi, davo muolajasi uzluksizligi ta’minlanadi.

Botir Zaripov bugun mazkur ob’yektda ham bo‘lib, qurilish-bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Tegishli mas’ullar ishtirokida loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlarni yana bir bor muhokama qildi. Qurilishda sifatga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Viloyat rahbari mavjud muammolar bilan qiziqib, ularni hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiri va ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, Botir Zaripov muassasada davolanayotgan bemorlarning yaqinlari bilan suhbatlashdi. Ularga zarur yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍5
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Botir Zaripov 2-son ixtisoslashtirilgan sport maktabi hududida 18x30 o‘lchamdagi sport zali qurilishini ham ko‘zdan kechirdi.

Loyiha qiymati 1 mlrd. 146 mln. so‘m bo‘lgan mazkur sport inshooti qurilishi Bobir Asadov rahbarligidagi “Integralstroytransservis” MCHJ bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy sport zalida tez orada sport kurashlari turlari bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoit yaratiladi.

Viloyat hokimi inshootdagi qurilish ishlari sust borayotganligini tanqid qildi. Bundan tashqari, muassasa ьrahbariyati tomonidan obodonlashtirish ishlariga ham e’tibor qaratilmaganini qayd etdi.

Qurilish ishlarini jadallashtirish, sport maktabi faoliyatini yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

— Binoni zamonaviy qilib qurish mumkin, lekin masala bu yerda shug‘ullanuvchilar orasidan Osiyo, jahon, olimpiada chempionlarini yetishtirib chiqarishda. Buning uchun sport maktabi rahbariyati, murabbiylar faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi, – dedi Botir Zaripov.


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍21
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Shu kunlarda 59-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham katta qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ikki qavatdan iborat 220 o‘rinli mazkur muassasa rekonstruksiyasi uchun 1 mlrd. 650 mln. so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi injiniring xizmati” buyurtmachiligidagi inshoot rekonstruksiyasini “Oriyent Xondamir stroy” MCHJ quruvchi-muhandislari o‘z zimmasiga olgan.

Botir Zaripov mazkur ob’yektda ham bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Hududning obodongarchiligini ko‘zdan kechirdi va jarayonlarga tanqidiy baho berdi.

Muassasa tarbiyachi-pedagoglari bilan suhbatlashib, qurilish ishlari yakunlangach, muassasada ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni muokama qildi. Shunga ko‘ra vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍31
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Xabar berganimizdek, joriy yilning 6, 7 va 8-iyun kunlari Buxoro shahri yana bir bor xalqaro miqyosdagi yirik tadbirga mezbonlik qiladi — ko'hna kentda XXI an’anaviy “Ipak va ziravorlar festivali” bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Sahna dekoratsiyalari, milliy pavilonlar, ko‘rgazmalar joylashuvi va san’atkorlarning chiqishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar jadal davom etmoqda.

Festival doirasida rang-barang madaniy dasturlar, hunarmandchilik yarmarkalari, xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari, jonli ijrolar va gastronomik namoyishlar bo‘lib o‘tadi.

Botir Zaripov tayyorgarlik jarayonlarini borib ko'rdi. Tashkiliy qo'mita a'zolari va boshqa mutasaddilar bilan festivalni yuqori darajada o'tkazish bilan bog'liq masalalarni muhokama qildi. Bu borada muhim vazifalarni belgilab berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
4👍1👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_manzillar
#Buxoro_shahri

☄️Xalqimizda "Obodlik-ostonadan boshlanadi" degan hikmat bor.

🔼Inson qadri ulug‘lanayotgan mamlakatimiz mahallalarida yuz berayotgan bugungi o‘zgarishlar odamlarning yashashga boʻlgan qiziqishini oshirib, ertangi kunga ishonchini yuksaltirmoqda.

📌
Buxoro Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi 91-yo‘l bo‘limi tomonidan "Abdurauf Fitrat" mahallasidagi Kosagaron va Saodat ko‘chalarining asfaltlashtirilishi mahalla ahli uchun bayram tuhfasi bo‘ldi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍42
#YoshlarFestivali #Buxoro_shahri

Ayni vaqtda Buxoro shahrining eski shahar qismida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festival doirasida bir qator tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Xususan, "Yosh oshpazlar" ko'rik - tanlovi bo'lib o'tdi. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi mas'ullar ishtirok etib, yoshlarning mahoratiga baho berishdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
4👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarFestivali #Buxoro_shahri

#No_Comment | “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivali.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍61🔥1
#YoshlarFestivali #Buxoro_shahri

Festival doirasida tashkil etilgan bayram tadbirida so'z olgan viloyat hokimi Botir Zaripov viloyatimiz yoshlariga kattadan-katta omadlar tiladi. Ularning turli sohalarda erishayotgan yutuqlariga alohida to'xtaldi.

— Bugun ertamiz egalari qaysi sohada bo‘lmasin, u tadbirkorlik, ilm-fan, hunarmandchilikda o‘z o‘rniga ega, – dedi Botir Zaripov. — Ular o‘z sohalari rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Qolaversa, ular viloyat iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuchga aylanmoqda. Buxorolik yoshlar bugun ilm-fanda ilg‘or, ular zamonaviy fikr, kreativ tashabbuslarga ega. Ular kichik biznesdan tortib yirik investitsion loyihalarni ham amalga oshirmoqda.


Tadbirda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi sifatida buxorolik yigit-qizlar qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlar alohida e’tirof etildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
2👎1