BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24K subscribers
76.2K photos
10.9K videos
20 files
39.1K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#nazorat_o‘rganish
#Buxoro_shahri

Buxoro viloyatida 104 ta yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti mavjud bo‘lib, “Sharq yulduzi” mahallasida joylashgan punkt ularning biri. 1967-yilda qurilgan mazkur punkt 2023-yilda rekonstruksiya qilingan bo'lib, u Buxoro shahrining qariyb 90 ming iste'molchisiga tabiiy gaz yetkazib beradi. Botir Zaripov ushbu obyektning ish jarayoni, avariya zaxirasini ham ko‘zdan kechirdi.

Tabiiy gazni yetkazib berishda yo'qotishlarnining oldini olish, tejamkorlikni ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor o‘rganish va hal etish, xususan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy avariyaviy holatlarning oldini olish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Sovuq kunlarda aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini barqaror energiya ta’minoti bilan ta’minlash borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kurash
#Jahon_chempionati

🇺🇿 2-8 dekabr kunlari Mongoliyaning Ulan-Bator shahrida kurash bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar hamda faxriylar o‘rtasida IX Jahon chempionati bo’lib o’tdi. Unda 17 nafar polvon viloyatimiz sharafini himoya qildi.

🏆 Jahon chempionatining natijalariga ko’ra buxoroliklar;

6 ta –🥇 1-o‘rin,
9 ta –🥈 2-o‘rin,
2 ta –🥉 3-o‘rinni qo’lga kiritishdi.


#Buxoro #JahonChempionati #Kurash

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_Xo‘jayli

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq mamlakatimizning viloyatlari Orolbo‘yini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida Qoraqalpog‘istondagi tumanlarga biriktirilgan. Jumladan, Buxoro viloyati Xo‘jayli tumanini o‘z tajribasi asosida yanada rivojlantirishga ko‘maklashmoqda.

Hududni obodonlashtirish bilan birga, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, xayrli tashabbuslar doirasida Xo‘jaylida yashovchi aholi vakillarining ayni paytda Buxoro viloyatiga sayohati tashkil etilgan. Ular buxoroliklar tomonidan tantanali kutib olindi.

Dasturga ko‘ra, xo‘jayliliklar Buxoroda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, boqiy shaharning qadimiiy obidalari bo‘ylab sayohat qilishadi, madaniy hordiq chiqarishadi.

Bu haqda sahifalarimiz orqali axborot berib boriladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_Xo‘jayli

Xotin-qizlar yetakchilari, nuroniylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari xodimlari, mahalla faollari, hokim yordamchilari va boshqa faollardan iborat xo‘jayliliklar Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida taniqli so‘z ustasi Avaz Oxunning “To‘ydagi tomosha” nomli konsert dasturiga taklif etildi.

Shuningdek, majmuada viloyatimiz xonandalari ishtirokida namoyish qilingan madaniy dastur mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🇮🇩🇺🇿 #xalqaro_aloqalar
#Indoneziya #Buxoro

⚡️Buxoroga indoneziyalik sayyohlar oqimi ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli va 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-sonli Farmonida belgilangan vazifalar doirasida, 2024-yilning 5-9-dekabr kunlari viloyat hokimi o'rinbosari Botirjon Shaxriyorov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Indoneziyaning Jakarta shahriga tashrifi jarayonida ikki davlat o'rtasida turizm sohasiga oid qator kelishuvlarga erishishgan edi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, joriy yilning 14-16-dekabr kunlari Indoneziyadan bir guruh sayyohlardan iborat delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida xorijiy mehmonlar ko'hna va qadimiy Buxoroning diqqatga sazovor joylari bo‘lmish - "Labi Hovuz" ansambli, savdo toqlari, "Poyi Kalon" majmuasi, "Ark" qo'rgoni, Sitorai Mohi-Xosa saroyidan tashqari Bahouddin Naqshband ziyoratgohida bo‘lib, juda katta taassurotlarga ega bo'lishdi.

Shuni qayd etish joizki, joriy yilning 2024-yilning yakuni va 2025-yil davomida Indoneziya davlatidan tashrif buyuradigan sayyohlar karrasiga ko‘payishi kutilmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_Xo‘jayli

Xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidan xotin-qizlar yetakchilari, nuroniylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari xodimlari, mahalla faollari, hokim yordamchilari va boshqa faollardan iborat aholi vakillari shu kunlarda Buxoroda bo‘lib turishibdi.

Bugun erta tongdan xo‘jayliliklar o'z sayohatlarini "Bahouddin Naqshband" majmuasini ziyorat qilishdan boshlashdi. Shu joyda Qur'on tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi uchun duoga qo'l ochildi.

Mehmonlarga Bahouddin Naqshbandning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil so‘zlab berildi. Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda bu maskan yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar ko‘p keladigan ziyoratgohga aylandi.

Mehmonlarga ushbu manzilda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy yodgorliklar, xususan, "Toqi Miyona" darvozasining qayta tiklanib, nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan har yili tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovor joyga aylanganligi haqida so‘zlab berildi.

Sayohat davom etmoqda. Uning tafsilotlari haqida sahifalarimiz orqali axborot berib boramiz.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_Xo‘jayli

Xo‘jaylilik faollar shuningdek, kun davomida ko'hna kent - Buxoroning tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan yaqindan tanishishdi. Xususan, qadimiy Labi Hovuz ansamblidan boshlangan sayohat davomida mehmonlar qadimiy toqlar, Poyi Kalon majmuasi qolaversa, Buxoroning ertaknamo eski shahar qismini hayrat va havas bilan tomosha qilishdi.

Hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, naqqoshlik, pichoqchilik kabi amaliy san’at ustaxonalaridagi qizg‘in ish jarayoniga guvoh bo‘lishdi.

Mehmonlarga tarixiy qadamjolar, yodgorliklarning tarixi, ushbu manzillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy yodgorliklarning qayta tiklanib, nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan har yili tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovor joyga aylanganligi haqida so‘zlab berildi.

Tarixiy va me’moriy obidalar, xalqimizning hunarmandligi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#yashil_energetika
#Buxoro_Masdar

“Masdar” – “Mubadala Investment Company”
investitsiyaviy xoldingning shoʻba korxonasi va dunyoda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri hisoblanadi.

BAA kompaniyasi amalga oshirgan investitsiya loyihalari portfeli qayta tiklanadigan manbalardan 4 000 MVtdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oʻz ichiga oladi.

Jumladan, kompaniya tomonidan Olot tumani markazidan 24 kilometr janubi-sharqda, Turkmaniston chegarasiga yaqin hududda joylashgan 700 gektar choʻl hududida qiymati 273 mln AQSH dollariga teng, quvvati 250 MVt boʻlgan “Nur-Buxoro” quyosh fotoelektr stansiyasi va 63 MVt quvvatli energiya sigʻimiga ega batareya ombori qurilmoqda.

Isteʼmolchilarning energiya taʼminoti barqarorligini oshirish, elektr ishlab chiqarish samaradorligiga erishish kabi maqsadlarni oʻzida mujassam etgan loyiha tuman ehtiyojining katta qismini qoplash imkonini beradi.

Loyiha bosh menejeri Filip Torresga koʻra, bu yerda “Nur-Buxoro” Solar quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish loyihasining amalga oshirilishi, ushbu maydonda kelgusida zamonaviy panellar oʻrnatilishi, ularning katta qismi oʻzimizda ishlab chiqarilganligi, Olotdagi majmua “Oʻzbek-Solar-3” dasturining bir qismi boʻlib, bu mamlakatimizda raqobatbardosh narxlarda elektr yetkazib berishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

Qolaversa, “Masdar” kompaniyasi “yashil energetika” boʻyicha butun dunyoda yetakchi kompaniyalardan sanalishi, bugun mamlakatimiz tomonidan bu yoʻnalishga juda katta eʼtibor qaratilib, yirik sarmoya kiritilayotgani eʼtiborga molik.

Bugun, 17-dekabr kuni Botir Zaripovning Filip Torres bilan muloqotida loyihani amalga oshirish jarayonlari, mavjud muammolar, ularni hal qilish masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, kompaniya bilan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM