Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида энергия таъминоти соҳасида назорат тизимини тартибга солиш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш бўлиб ўтди.
—
При Президенте Шавкате Мирзиёеве состоялось совещание о мерах по упорядочению системы контроля в сфере энергоснабжения.
#Mirziyoyev #yigilish #energetika #nazorat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

#Qurilish #bunyodkorlik #nazorat
#Buxoro_shahri #Bukhara_City
Xabar berib borayotganimizdek, ko‘hna kentning me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, uning xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish maqsadida bugunga kelib “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazidagi ishlar jonlantirilib, dastlabki inshootlar turkumida qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan.
Albatta, majmuada kechayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari viloyat hokimi Botir Zaripovning shaxsan nazoratida.
Bugun ham viloyat rahbari majmuada borayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar jarayonida hududda borayotgan qurilish–bunyodkorlik ishlarini tezlashtirish, bino–inshootlar tiklanishida sun’iy to‘sqinlikni keltirib chiqarayotgan jihatlar va obyektlarni bartaraf etish masalalari, ta’minot va boshqa masalada quruvchi-binokorlar duch kelayotgan muammolar tanqidiy muhokama qilindi. Jumladan, viloyat rahbari 540 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab internati, muzey qurilishi jarayonlarini batafsil o‘rgandi va ishlarning borishiga tanqidiy munosabat bildirdi.
Shuningdek, hududning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi bilan bog‘liq masalalarni va yangi loyihalarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq vazifalar xususida fikr almashildi. Mas’ul mutasaddilarga qurilish-bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, pudratchi korxonalar muammolarini zudlik bilan hal qilish, bino inshootlarda ishlayotgan quruvchi-xodimlar sonini ko‘paytirish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga doir topshiriqlar berdi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

#qurilish
#byunyodkorlik
#nazorat
#Buxoro_shahri
Buxoro shahri aholisi bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarda ko‘tarilayotgan masalalarning aksariyati hududdu renovatsiya dasturida asosida qurib foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan ko‘p qavatli uy-joylar bilan bog‘liq. O‘tgan davr mobaynida bu borada viloyat hokimligi tomonidan katta ishlar amalga oshirildi va yillar davomida yangi turar-joy umida yurgan viloyatdoshlarimizning og‘iri yengil bo‘lib, dardi aridi. Ko‘rinadiki, ayni masala viloyat mutaddilari, xususan, viloyat hokimi Botir Zaripovning shaxsan nazoratida.
Bugun, 29-oktyabr kuni ham viloyat rahbari kun tartibini sektor rahbarlari, viloyat hokimining o‘rinbosari Jalol Arashov, Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov, tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilari ishtirokida Buxoro shahrida o‘tgan yillar davomida renovatsiya dasturi asosida qurib, foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan uy-joylar qurilishini yakunlashga doir avvalgi o‘rganishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini muhokama qilishdan boshladi.
Ta’kidlash lozimki, Buxoro shahrida 2018-2021-yillar davomida renovatsiya davlat dasturi doirasida 59 ta 2-3 qavatli uy-joylar (788 ta xonadon va 136 ta noturar obektlar) buzilib, o‘rniga zamonaviy loyihalar asosida 3640 xonadondan iborat 69 ta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda 61 ta uy-joy qurib foydalanishga topshirilgan. Hozirda 8 ta obektda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
Botir Zaripov qurilishi yakunlanmagan har bir ko‘p qavatli uy-joyda amalga oshirilishi belgilangan ishlarni jadallashtirish lozimligini alohida ta’kidladi va bu borada mas’ullarni qat’iy ogohlantirdi. Qurilish ishlarini yakunlash va uy-joylarni kam-ko‘ssiz foydalanishga topshirish bo‘yicha qo‘shimcha muddat belgilandi. Shuningdek, uylar oldini obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketishni tashkil etish, yerto‘la qismlari va boshqa infratuzilma sohalarini tartibga keltirish, yomg‘irdan keyin to‘planib qolgan suvlarni qochirish choralarini ko‘rish, ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, qurilish me’yorlari va sifat talablarining buzilishiga, uylarning foydalanishga qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirishda sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi aytib o‘tildi.

#bunyodkorlik
#nazorat
#Buxoro_shahri
Buxoro shahar Gazli shox ko‘chasida umumiy maydoni 46 gektardan iborat hududda Buxoro viloyatining ma’muriy markazini barpo etish ishlariga kirishildi. Loyihaga ko‘ra, bu yerda Buxoro viloyat va shahar hokimliklari, Buxoro viloyat prokuraturasi, boshqarma va davlat tashkilotlari binolari, tijorat banklari, savdo va ko‘ngilochar markaz, zamonaviy internet kutubxonasi, sport va sog‘lomlashtirish obyektlari hamda ofislar, maxsus ixtisoslashtirilgan maktab, xiyobonlar, kafelar, favvoralar quriladi.
Ma’muriy markaz qurilishiga start berish tadbirida viloyat hokimi Botir Zaripov, sektorlar rahbarlari, viloyat va shahar jamoatchiligi qatnashdi. Qur’on tilovat etilib, boshlangan ishlar xayrli bo‘lishini tilab duo qilindi.

#hokim_hududlarda
#nazorat_o'rganish
Avval, xabar berganimizdek, Buxoro tumani “Bog‘idasht” MFY hududida ajratilgan 40 gektarda maydonda "Yangi O‘zbekiston bog‘i" barpo etilmoqda. Xududda amalga oshirilayotgan ishlarni viloyat hokimi Botir Zaripov doimiy ravishda nazorat qilib bormoqda.
Bugun ham viloyat rahbari avvalgi o‘rganishlarida berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi bilan tani nazorat tartibida o‘rgandi.
Topshiriqqa ko‘ra, hozirda hududda maxsus texnikalar yordamida tuproq ishlari bajarilmoqda. Sug‘orish va oqova tizimlarini barpo etish bilan bog‘liq yumushlarga ham kirishilgan.
Qayd etish lozimki, "Yashil makon" loyihasining o‘tgan mavsumida hududda 5 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan edi. Joriy mavsumda ham bu ishlar davom ettiriladi. Bugundan bu sa’y-harakatlarga kirishildi.
Botir Zaripovga shu yerda bu boradagi ishlar rejasi haqida ma’lumot berildi. Shu yerda rejani amalga oshirish bilan bog‘liq mavjud muammolar mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Xususan, yo‘lning chegara zonasida o‘zboshimchalik bilan barpo etilgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, tabiiy gaz quvurlari va elektr tarmoqlarini ko‘chirish, jarayonda daraxt va ko‘chatlarga zarar yetkazmaslik bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.
Qayd etish joizki, loyihaga ko‘ra bog‘da sokin hudud va favvoralar, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohi, umuman, bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etiladi. Majmua zamonaviy yoritish va akustika tizimlari bilan jihozlanadi. Kelgusida bu yerda umumxalq bayramlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

#nazorat_o‘rganish
4 K 212 avtomobil yo‘lining Vobkent tumani “O‘zbakon” mahallasi hududidan o‘tgan 16-kilometridagi ko‘prik 1965-yilda qurilgan bo‘lib, keyingi yillarda yuk avtomobillarining serqatnovligi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgandi. Shunga ko‘ra, “Shohrud” kanali ustidan o‘tuvchi uzunligi 44 metr bo‘lgan mazkur ko‘prikda qurilish ishlari olib borilmoqda. Romitan tuman muntazam yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 3 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Viloyat hokimi Botir Zaripov ko‘prik qurilish ishlari bilan ham tanishdi. Uni qisqa muddatda va sifatli yakunlab, foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Ayni kunlarda mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda odatdagidan ko‘ra anchayin sovuq ob-havo kuzatilmoqda.
Xo‘sh, energota’minot korxonalari bunday noqulay ob-havo sharoitiga qanchalik tayyor?
2024-2025-yillarda qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini nazorat qilish maqsadida ayni paytda viloyat hokimi Botir Zaripov viloyat sektorlar rahbarlari, shahar hokimligi va kommunal soha mutasaddilari hamrohligida tungi vaqtda issiqlik ta’minoti va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini ko‘zdan kechirishmoqda.
Dastlab mutasaddilar “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi “Issiqlik manbai” DUKga qarashli RK-1 qozonxonasida bo‘lishdi.
Ushbu qozonxona 43 ta ko‘p qavatli uydagi 1 ming 700 ta xonadon hamda 17 ta ijtimoiy obyektni issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta’minlaydi.
Qishga tayyorgarlik jarayonida hududga 1,5 km qoplamali quvur tortilgan. 1 ta qozon mukammal ta’mirlangan.
Qayd etish joizki, so‘nggi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida ko‘p qavatli uy-joylarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida mazkur qozonxonadagi dispetcherlik xizmati kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.
Botir Zaripov navbatchi mutaxassislar bilan muloqotda bo‘lib, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va mavjud muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlarining tahlili bilan qiziqdi.
Omborxonadagi zaxira materiallari, avariyaviy holatda zarur bo‘ladigan boshqa texnik vositalarning shayligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlarning navbatdagi manzili “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi bo‘ldi.
Bu yerdagi ko‘p qavatli uylarda ilgari ikkita og‘ir toifadagi shirkat bo‘lgan. Kommunal xizmatlarda muammolar ko‘p edi. Boshqaruv servis kompaniyasi tashkil etilib, xizmat sifati yaxshilandi.
Mavsum oldidan ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga zarur choralar ko‘rildi. Xususan, o‘nta uyning tomi, yuzdan ortiq yo‘laklar ta’mirlandi, issiqlik quvurlari izolyatsiya qilindi.
Hudud ko‘kalamzorlashtirilgan. “Yashil makon” loyihasi doirasida ming tupga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazilgan. Ko‘chalar asfaltlangan, yoritgichlar o‘rnatilgan.
Botir Zaripov BSK mas’ullari bilan muloqot qildi. Mavjud muammolar haqida so‘radi. BSKning zaxira omborini ko‘zdan kechirdi.
Viloyat rahbari shu mahalladagi 23-son maktabgacha ta’lim tashkilotining qish mavsumiga tayyorgarligi holati bilan ham tanishdi.
Issiqlik tizimining joriy holatini o‘rgandi.