BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.7K subscribers
76.7K photos
10.9K videos
22 files
39.2K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#live
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

Хабар берганимиздек, айни пайтда Бухоро шаҳар ҳокимлигида вилоят ҳокими Ботир Зариповнинг жисмоний ва юридик шахслар учун навбатдаги оммавий сайёр қабули бўлиб ўтмоқда.

Ҳозирга қадар қабулда муаммо ва таклифлари билан иштирок этишни истаб рўйхатдан ўтган фуқаролар сони 163 нафарни ташкил этмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

Хабар берганимиздек, айни пайтда Бухоро шаҳар ҳокимлигида вилоят ҳокими Ботир Зариповнинг жисмоний ва юридик шахслар учун навбатдаги оммавий сайёр қабули бўлиб ўтмоқда.

Ҳозирга қадар қабулда муаммо ва таклифлари билан иштирок этишни истаб рўйхатдан ўтган фуқаролар сони 163 нафарни ташкил этмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

Сайёр қабул давом этмоқда. Ҳозирга қадар қабулда муаммо ва таклифлари билан иштирок этишни истаб рўйхатдан ўтган фуқаролардан 16 нафари шахсан вилоят ҳокимининг қабулида бўлишди.

Шунингдек, фуқаролар вилоят секторлари раҳбарлари, ташкилот ва идоралар масъулларига муаммоли масалалари юзасидан юзланишмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

Соат 12.10. Сайёр қабул давом этмоқда. Ҳозирга қадар қабулда иштирок этишни истаб рўйхатдан ўтган фуқаролар 301 нафарга етди. Улардан 32 нафари муаммо ва таклифлари билан шахсан вилоят ҳокимига юзланишди.

Мурожаатлар тегишли ташкилотлар раҳбарлари иштирокида муҳокама қилиниб, уларни ҳал қилиш чоралари кўрилмоқда. Қонуний ҳал қилиш имкони бўлмаган мурожаатлар юзасидан тушунтиришлар берилмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

Соат 14. 20. Сайёр қабул давом этмоқда.

— Кўп йиллардан бери диск чурраси касаллиги билан хасталаниб ётгандим. Оилавий шароитимиз оғирлиги туфайли даволанишга имконимиз бўлмади. Охири ҳокимиятга мурожаат қилишга мажбур бўлдим. Мурожаатимиз инобатга олиниб, ҳокимлик кўмаги билан операция қилиндим. Ҳозирда аҳволим жуда яхши. Шу билан бирга уй-жойимизниям таъмирлаб беришди. Бугун қабулга миннатдорлик билдириш учун келдим. Инсонпарвар давлатимиз раҳбаридан миннатдорман. Ҳокимиятдагилар ҳам соғ-омон бўлишсин доим, - деди сайёр қабулга келган Бухоро шаҳрида яшовчи Матлуба Марзиева.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

Соат 15.45. Сайёр қабул давом этмоқда.

Айни вақтга қадар вилоят раҳбари 83 нафар фуқаро билан мулоқот қилди. Уларнинг муаммоларини тинглади. Мурожаатлар уй-жой, ичимлик суви, электр энергияси билан таъминлаш, ички йўлларни таъмирлаш, тадбиркорлик, моддий ёрдам кўрсатиш, суд-ҳуқуқ ва бошқа масалаларга доир бўлмоқда.

Ҳар бир мурожаат тегишли соҳа масъуллари иштирокида кенг муҳокама қилиниб, уларни ҳал этиш чоралари кўрилмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri

Соат 17.50 Сайёр қабул якунланди. 9 соатга яқин давом этган қабулда нафақат Бухоро шаҳри, балки вилоятнинг барча ҳудудларидан 312 нафар фуқаролар иштирок этишди.

Аҳоли муаммолари билан танишиш жараёнида фуқаролар томонидан электр энергияси, ишсизликни бартараф этиш, қишлоқ ички йўлларини таъмирлаш, даволаниш, ишга жойлашиш, моддий ёрдам, тадбиркорлик, уй-жой ажратиш, суд-ҳуқуқ масалалари кўтарилди

Ҳар бир мурожаат тегишли соҳа масъуллари иштирокида кенг муҳокама қилиниб, уларни ҳал этиш чоралари кўрилди. Хусусан, 93 нафар фуқаро шахсан вилоят ҳокими қабулида бўлиб, муаммолари билан юзланди. 9 та мурожаат жойида ҳал этилди. Қолган мурожаатлар бўйича муддат белгиланиб, ижроси вилоят ҳокимлиги томонидан назоратга олинадиган бўлди. Шунингдек, фуқарроларга мурожаатлар юзасидан ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul #Kadastr
#Buxoro

📣Ҳурматли вилоятимиз фуқаролари ҳамда тадбиркорлари!

📨Аҳолининг Кадастр соҳасидаги мурожаатларини кўриб чиқиш мақсадида сайёр қабул ўтказилади.

🖊 Кадастр билан боғлиқ муаммоларингиз бўлса, жорий йилнинг 24 ноябрь куни соат 10:00 дан бошлаб сайёр қабулда иштирок этишингиз мумкин.

Сайёр қабул Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси Бухоро вилояти бошқармалари раҳбарияти бошчилигида бўлиб ўтади.

📍Манзил: Ғиждувон тумани, “Зарафшон” МФЙ, 1-сектор штаби биноси

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul

Бухоро вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бош бошқармаси бошлиғи Анвар Ҳамроев, шунингдек, туман ва шаҳар бўлимлари раҳбарлари томонидан эртага, 30 январь куни соат 10:00дан бошлаб Бухоро тумани "Работиқалмоқ" МФЙ биносида вилоят аҳолиси учун оммавий сайёр қабул ўтказилади.

Сайёр қабул давомида
ишга жойлашиш,
касб-ҳунарга ўқитиш,
субсидия олиш,
аҳолини бандлигини таъминлаш, фуқароларга меҳнат қонунчилиги юзасидан ҳуқуқий ёрдам бериш ва шунга ўхшаш бошқа масалалар кўриб чиқилади.

Манзил: Бухоро тумани "Работиқалмоқ" МФЙ биноси. Мурожаат учун телефон: (+99893) 458 - 64 - 63.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri
#inson_qadri_uchun

Xabar berganimizdek, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ayni paytda Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyat bo‘limida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Murojaatlarni tezkor o‘rganish, muhokama qilish va ularga yechim topish maqsadida qabulda viloyat sektorlari, boshqarma va idoralar rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Hozirga qadar qabulda ishtirok etishni istab ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 69 nafarni tashkil etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri
#inson_qadri_uchun

Soat 11.30.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan o'tkazilayotgan ommaviy sayyor qabul davom etmoqda.

Ayni paytga qadar qabulda ishtirok etishni so'rab murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar soni 137 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 53 nafari aynan viloyat rahbari qabulida bo'lib, o'z tashvish va muammolarini bildirishdi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri
#inson_qadri_uchun

Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 oktabr kuni Buxoro shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi binosida viloyat hokimi Botir Zaripovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda nafaqat Buxoro shahri aholisi, balki viloyatimizning barcha hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan ishtirok etishdi.

Ommaviy sayyor qabulda 262 nafar fuqarolar murojaati birma-bir tinglandi. Xususan, fuqarolarning kommunal soha, ishsizlikni bartaraf etish, qishloq ichki yo‘llarini ta’mirlash, davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik, yer va uy-joy ajratish, sud-huquq masalalari atroflicha o‘rganildi.

Murojaatchilarning 147 nafari shaxsan viloyat hokimi bilan yuzma-yuz uchrashib, muammolarini bildirdi.

Shu joyning o‘zida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Batafsil o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan mutasaddi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga aniq muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul

Aholi muammolari o‘rganish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida viloyat hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Firuza Ibragimova hamda viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Qorovulbozor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning uy-joy, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatida ko‘maklashish, subsidiya ajratish va oila turmush masalasidagi nizolari yuzasidan murojaatlari tinglandi hamda zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.

Murojaatlar qonun doirasida o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, viloyat hokimining o‘rinbosari yangi turmush qurish arafasida bo‘lgan yoshlar hamda nizoli oilalar vakillar bilan uchrashib, oila mustahkamligi, sog‘lom turmush tarzi va oilada o‘zaro munosabatlar bo‘yicha fikr va mulohazalarini bildirdi.

Bundan tashqari qabul davomida “Ayollar daftari” tomonidan yordam ko‘rsatilib, bugungi kunda o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlarning hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#sayyor_qabul
#Gijduvon_tumani
#inson_qadri_uchun

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolar yechimini topishga imkon bermoqda. Qolaversa, Prezidentimiz tashabbusi bilan odamlarning muammo va tashvishlarini hal etish, og‘irini yengil qilish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi ishlar yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Shu jihatdan viloyat hokimi Botir Zaripovning bugun, 21-dekabr kuni G‘ijduvon tumanida o‘tkazgan navbatdagi sayyor qabuli anchayin samarali bo‘ldi.

Qabulda nafaqat G‘ijduvon tumani, balki viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelgan 115 nafar fuqaroning 200 dan ortiq murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi.

Qabulda fuqarolardan asosan moddiy yordam olish, uy-joy ajratilishi, ishga joylashish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yer, imtiyozli kredit olish, kadastr, elektr energiyasi, ichki yo‘llar ta’miri, shuningdek, sud-huquq masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Ko‘plab murojaatlar qabul chog‘ida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi. Fuqarolar muammosi hal etilishi umidi bilan qabulga kelgan.

Qabul davomida ehtiyojmand oilalar muammolarini o‘rganish, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash orqali ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish barobarida aholini qiynab kelayotgan qator ijtimoiy masalalarga ham yechim izlandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#sayyor_qabul #Buxoro_shahri #Inson_qadri_uchun

Xabar berib o‘tganimizdek, ayni paytda viloyat hokimi Botir Zaripov aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, shuningdek, tadbirkorlik sohasidagi mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Qabulda viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat tashkilot va korxonalari mutasaddilari ham qatnashmoqda.

Hozirga qadar qabulda ishtirok etishni istab ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 159 nafarni tashkil etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul #Buxoro_shahri #Inson_qadri_uchun

Xabar berganimizdek, bugun Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Turli muammo va masalalar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar bilan viloyat hokimi, prokuraturasi, ichki ishlar, soliq boshqarmalari hamda qator viloyat tashkilotlari rahbarlari bevosita suhbatlashdi, odamlarning muammolari tinglandi, murojaatlar imkon qadar shu yerning o‘zida hal etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma, moddiy yordam olish, uy-joy ajratilishi, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yer, imtiyozli kredit olish, sud-huquq va boshqa masalalarga oid 200 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

Qabul davomida yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube