BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.1K subscribers
75.6K photos
10.8K videos
20 files
39K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Buxoroda aholiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berishda “Buxoro qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji sotish bozori” MCHJ muhim o‘rin tutadi. Bu yerda piyoz, kartoshka, sabzi, sholg‘om, qovoq, qolaversa, guruch, meva hamda oziq-ovqat va dukkakli mahsulotlarning uzluksiz savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur bozorda ham bo‘lib, bu yerda sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasi va bozorning sanitariya holatini o‘rgandi.

Viloyat rahbari tadbirkorlar bilan muloqot qildi.

Kuz-qish mavsumida aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash uchun zaxira yaratish eng dolzarb masalalardan biri. Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 oktyabrdagi “2024-2025-yillar qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha va tashkilotlarning asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan 2024-2025 yillar qish-bahor mavsumi uchun viloyatda jami 24 907 tonna (shundan, 11 362 tonna kartoshka, 4 460 tonna piyoz, 6 214 tonna sabzi va 2 872 tonna guruch) mahsuloti jamg‘arish belgilangan.

Botir Zaripov mazkur bozor misolida mahsulotlarni zaxiraga jamg‘arish holatini tanqidiy tahlil qildi. Ma’lum bo‘lishicha, bozorda 2600 tonna hajmga ega muzlatgichli omborxona tashkil qilingan. Biroq belgilangan rejaga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni zaxiraga jamg‘arish ishlari sust bormoqda.

Viloyat rahbari shu yerda tegishli mutasaddilar ishtirokida zaxira shakllantirish maqsadida ro‘yxatga qo‘yilgan korxonalar, ular tomonidan jamg‘arilgan mahsulotlar hajmini ham tahldi qildi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Xabaringiz bor, so‘nggi kunlarda viloyat hokimi Botir Zaripov tadbirkorlar bilan noan’anaviy usulda onlayn muloqot o‘tkazib, ular faoliyatini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni hal qilish choralarini ko‘rmoqda. Mazkur muloqotda nafaqat ishbilarmonlar, balki aholi vakillari ham maxsus platforma orqali bog‘lanib, viloyat rahbariga o‘z murojaatlarini yo‘llashmoqda.

Jumladan, kuni kecha o‘tkazilgan navbatdagi ana shunday muloqotda Ravshan Jabborov o‘zi yashagan Buxoro shahridagi Hamza ko‘chasidagi uy renovatsiya dasturi asosida qayta qurishga tushganligi, biroq qurilish tashkiloti tomonidan dastur asosidagi ko‘p qavatli uyni foydalanishga topshirish kechikayotganligi bois muammoni hal qilishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi.

Botir Zaripov bugun murojaatda ko‘tarilgan masalani joyida borib o‘rgandi. Uy egalari, qurilish-pudrat tashkiloti va boshqa mutasaddilar bilan mavjud holatni batafsil muhokama qildi. Shunga ko‘ra, zarur chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, viloyat rahbari ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, daraxt ko‘chatlari o‘tqazish ishlarning borishiga tanqidiy baho berib, bu boradagi ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: Buxoro shahrida 2018-2021-yillar davomida renovatsiya davlat dasturi doirasida 59 ta 2-3 qavatli uy-joylar (788 ta xonadon va 136 ta noturar obyektlar) buzilib, o‘rniga zamonaviy loyihalar asosida 3640 xonadondan iborat 69 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda 61 ta uy-joy qurib foydalanishga topshirilgan. Hozirda 8 ta obyektda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Ma’lumki, Buxoroda aholiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berishda “Buxoro qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji sotish bozori” MCHJ muhim o‘rin tutadi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur bozorda bo‘lib, bu yerda sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasi va bozorning sanitariya holatini o‘rgandi.

Qish mavsumida aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash uchun zaxira yaratish eng dolzarb masalalardan biri. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 oktyabrdagi “2024-2025-yillar qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha va tashkilotlarning asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan 2024-2025 yillar qish-bahor mavsumi uchun viloyatda jami 24 907 tonna (shundan, 11 362 tonna kartoshka, 4 460 tonna piyoz, 6 214 tonna sabzi va 2 872 tonna guruch) mahsuloti jamg‘arish belgilangan.

Bozorda tashkil qilingan 2600 tonna hajmga ega muzlatgichli omborxonada hozirda 1000 tonna kartoshka, 700 tonna piyoz zaxiraga jamg‘arilgan.

Viloyat rahbari shu yerda tegishli mutasaddilar ishtirokida zaxira shakllantirish maqsadida ro‘yxatga qo‘yilgan korxonalar, ular tomonidan jamg‘arilgan mahsulotlar hajmini ham tahlil qildi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Viloyat hokimi Botir Zaripov bugun Buxoro shahrida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Xususan, viloyat rahbari renovatsiya dasturi asosida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarda borayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash bo‘yicha avvalgi o‘rganishlarda belgilab berilgan vazifalar ijrosini o‘rganishdan boshladi.

Viloyat prokurori U.Hamdamov, viloyat hokimining o‘rinbosari J.Arashov, tegishli mas’ullar va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Hamza” ko‘chasi 12-uydagi 50 xonadonli yetti qavatli, S.Ayniy ko‘chasi 17/1-uyda qurilgan 63 kvartirali 7 qavatli uy-joyning qurilishi yakunlanmayotganining sabablari keng muhokama qilindi.

Muhokamada qurilishlarni yakunlash, uylarni foydalanishga topshirish bo‘yicha duch kelinayotgan muammolarni hal etish yuzasidan kengashib olindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

O‘rganishlarning navbatdagi manzili “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, “Bukhara City” majmuasini barpo etish uchun tanlangan 83 gektar yer maydonida 76 ta lot mavjud bo‘lib, ayni paytga qadar 5 ta lotdagi bino-inshootlar, jumladan, ko‘p qavаtli turar joy va savdo majmualari foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, 13 ta lotdagi obyektlarda so‘nggi bosqichda pardozlash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Xususan, 6 ta lotda Buxoro viloyatining ijtimoiy-ma’muriy binolari o‘rin olgan bo‘lib, 2 ta lotdagi Buxoro tarixi muzeyi va ixtisoslashtirilgan maktabda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Botir Zaripov aynan mazkur obyektlarda borayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar jarayonida hududda borayotgan qurilish–bunyodkorlik ishlarini tezlashtirish, bino–inshootlar tiklanishida sun’iy to‘sqinlikni keltirib chiqarayotgan jihatlar va ularni bartaraf etish masalalari, ta’minot va boshqa masalada quruvchi-binokorlar duch kelayotgan muammolar tanqidiy muhokama qilindi.

Botir Zaripov har bir lotda borayotgan ishlarga o‘z munosabatini bildirib, mas’ul mutasaddilarga qurilish-bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, pudratchi korxonalar muammolarini zudlik bilan hal qilish, bino inshootlarda ishlayotgan quruvchi-xodimlar sonini ko‘paytirish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga doir topshiriqlar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Xalqlar Do‘stligi ko‘chasida 8,1 gektar yer maydonida kichik sanoat zonasi tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu kichik sanoat zona hududida qurilish materiallari, to‘qimachilik, mebel ishlab chiqarish hamda oziq-ovqat sanoat yo‘nalishida 50 dan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat olib bormoqda.

Kichik sanoat zonasiga olib boruvchi 1,8 km masofadagi kirish yo‘li ta’mirtalab holatda bo‘lib, bu tadbirkorlar uchun qator muammolarni keltirib chiqarayotgan edi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 31-may — 1-iyun kunlari viloyatimizga tashrifi davomida Buxoroda odamlarni ishli qiladigan katta imkoniyat bu sanoat zonalari ekanligini ta’kidlab, bu bo‘yicha sanoat zonalarini rivojlantirish to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar bergan edi.

Shunga ko‘ra, sanoat zonasining yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun 3,2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, loyihaning birinchi bosqichi qurib bitkazildi.

Viloyat hokimi mazkur infratuzilma loyihasining qurilish ishlari bilan tanishib, ishlarini tezlashtirish, loyihalarni to‘la quvvatda ishlashini ta’minlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda mazkur hududda kelajakda sanoat turizmini tashkil qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Xabar berganimizdek, Gazli shox ko‘chasida umumiy maydoni 46 gektardan iborat hududda Buxoro viloyatining ma’muriy markazini barpo etish ishlariga kirishilgan.

Loyihaga ko‘ra, bu yerda Buxoro viloyat va shahar hokimliklari, Buxoro viloyat prokuraturasi, boshqarma va davlat tashkilotlari binolari, tijorat banklari, savdo va ko‘ngilochar markaz, zamonaviy internet kutubxonasi, sport va sog‘lomlashtirish obyektlari hamda ofislar, maxsus ixtisoslashtirilgan maktab, xiyobonlar, kafelar, favvoralar quriladi.

Botir Zaripov bugun mazkur obyektda ham bo‘ldi. Majmua loyihasiga ko‘ra amalga oshiriladigan ishlar keng muhokama qilinib, vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Botir Zaripov Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi binolarini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.

Mas’ul mutasaddilar ishtirokida loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq vazifalar yuzasidan kengashib olindi.

Shuningdek, viloyat rahbari “Ahmad Donish” mahalla fuqarolar yig‘ini, Piridastgir ko‘chasida barpo etilayotgan Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi hamda Buxoro maxsus ixtisoslashgan maktabi majmuasini ham borib ko‘rdi.

Shu yerda viloyat rahbariga majmua loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, barpo qilinayotgan majmuaning asosiy vazifalari — bunda "ustoz-shogird" an’anasini barqaror rivojlantirish, tarixiy-ilmiy ahamiyatga ega tadqiqotlarni olib borish, sohaga yangi usul, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslangan takliflar tayyorlashdir.

Shu bilan birga, tarixiy obidalarni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga aslligicha etkazish, ta’mirlash-tiklashga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga mahalliy va chet ellik ekspertlarlarni jalb qilish, xorijiy mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, boshqa tadbirlarni tashkil etib, shuningdek, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishdir.

Bu borada avvalo ko‘p ming yillik tarixiga ega qadim shaharni o‘z holida saqlash maqsadida buxorolik yosh ustalar va maktab talabalariga restavrasiya va konservasiya ishlarining an’anaviy sir-asrorini o‘rgatish dolzarb ahamiyatga ega.

Xuddi shunday, har bir madaniy meros inshootlarining restavratsiya jarayoni, tarixiy bino-imoratlar ta’mirida ishlatiladigan ashyo va materiallar, foydalanilgan an’anaviy usullar, obyektlarda ishlagan usta-restavratorlar ish uslubini o‘zlashtirish, bu to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan kitob-albom yaratish ham ko‘zda tutilgan.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Viloyat hokimi Botir Zaripov bugungi ish kunini ham hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, mavjud muammolarni aniqlash va jarayonlarni jadallashtirish bo‘yicha vazifalarni belgilashdan boshladi.

O‘rganishlarning dastlabki manzili viloyat ruhiy-asab kasalliklar dispanseri bo‘ldi.

Respublika Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7-avgustdagi Rayosat bayoniga asosan bu yerda 3 qavatdan iborat 100 o‘rinli qo‘shimcha davolash bo‘limi binosi qurilmoqda. Iskandar Salomov rahbarligidagi "Orient Bukhara" MCHJ ishchi-muhandislari tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga qariyb 10 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Botir Zaripov qurilishda sifat va muddatga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, obyekt hududida yashil maydonlarni ko‘paytirish, manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Viloyat rahbari dispanser bo‘limlarini ham ko‘zdan kechirdi. Mavjud shart-sharoitlar bilan tanishdi.Shifokor va bemorlar bilan muloqot qildi. Muammolar bilan qiziqdi. Shunga ko‘ra chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat_o‘rganish
#Buxoro_shahri

Ayni kunlarda mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda odatdagidan ko‘ra anchayin sovuq ob-havo kuzatilmoqda.

Xo‘sh, energota’minot korxonalari bunday noqulay ob-havo sharoitiga qanchalik tayyor?

2024-2025-yillarda qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini nazorat qilish maqsadida ayni paytda viloyat hokimi Botir Zaripov viloyat sektorlar rahbarlari, shahar hokimligi va kommunal soha mutasaddilari hamrohligida tungi vaqtda issiqlik ta’minoti va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini ko‘zdan kechirishmoqda.

Dastlab mutasaddilar “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi “Issiqlik manbai” DUKga qarashli RK-1 qozonxonasida bo‘lishdi.

Ushbu qozonxona 43 ta ko‘p qavatli uydagi 1 ming 700 ta xonadon hamda 17 ta ijtimoiy obyektni issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta’minlaydi.

Qishga tayyorgarlik jarayonida hududga 1,5 km qoplamali quvur tortilgan. 1 ta qozon mukammal ta’mirlangan.

Qayd etish joizki, so‘nggi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida ko‘p qavatli uy-joylarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida mazkur qozonxonadagi dispetcherlik xizmati kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.

Botir Zaripov navbatchi mutaxassislar bilan muloqotda bo‘lib, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va mavjud muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlarining tahlili bilan qiziqdi.

Omborxonadagi zaxira materiallari, avariyaviy holatda zarur bo‘ladigan boshqa texnik vositalarning shayligiga alohida e’tibor qaratildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube