BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.3K subscribers
78.7K photos
11.1K videos
23 files
39.6K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Фаластин, Япония, Қатар, Словакия ва Покистоннинг мамлакатимиздаги янги элчиларидан ишонч ёрлиқларини қабул қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял верительные грамоты у вновь назначенных в нашу страну послов Палестины, Японии, Катара, Словакии и Пакистана.

#Mirziyoyev #qabul #elchilar #Falastin #Yaponiya #Qatar #Slovakiya #Pokiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Elchilar_Buxoroda

Xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchilarining navbatdagi tashrif manzili Buxoro shahrining “S.Ayniy” mahalla fuqarolar yig‘ini, sobiq XBK binosi negizida “Bukhara Next Generation Product” MCHJ tomonidan tashkil etilgan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy qiymati 120 mln AQSH dollariga teng loyihaning 90 mln AQSH dollari tadbirkorning o‘z mablag‘i, 30 mln AQSH esa dollari xorijiy kredit hisoblanadi.

Ishlab chiqarish dastgohlari Yaponiya va Shveysariya davlatlaridan olib kelinib o‘rnatilgan. Loyiha joriy yakuniga qadar to‘liq ishga tushiriladi va 2 ming nafar buxorolik ish bilan ta’minlanadi.

Korxonada yiliga to‘rt turdagi ikki million dona maishiy texnika - suv isitgichlari, oshxona plitalari, o‘rnatma texnika, mini pechlar hamda panel radiatorlar ishlab chiqariladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Elchilar_Buxoroda

Elchilar Buxoro tumanidagi “Bukhara-Varnet” klasteri ish faoliyati bilan ham tanishdilar.

O‘zbekiston – Turkiya hamkorligidagi “Bukhara - Varnet” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Buxoro – agro” erkin iqtisodiy zonasida qad rostlagan qaldirg‘och korxonalardan sanaladi. Bu yerda gidroponika usulida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilyapti. 2018-yilda o‘z faoliyatini boshlagan va bugungi kunga kelib 40 gektar maydonda issiqxona barpo etgan “Bukhara-Varnet«dagi innovasion yondashuvlar e’tiborni tortmay qolmaydi.

Avval bu yerda faqat issiqxona bo‘lgan bo‘lsa, endilikda uning yonida o‘quv markazi, laboratoriya hamda issiqxonalar uchun konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etilmoqda. Ya’ni, zamonaviy issiqxonalar uchun nimaiki kerak bo‘lsa, shu yerda tayyorlanadi.

Yaqinda bu yerda yana bir yangilikka qo‘l urildi. Invitro texnologiyasi asosida ko‘chat yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. “Bukhara-Varnet ning deyarli uch gektar yerni egallagan va maxsus tizimlar vositasida zarur mikroiqlim yaratilgan ko‘chatxonasida ushbu usulda 90 million dona ko‘chat yetishtirilmoqda. Ko‘chatlar issiqxona xo‘jaliklariga sotiladi. Hozirdayoq bu ko‘chatlarning salmoqli qismiga xaridor bor. Bu yerda nafaqat pomidor, balki shaftoli, olma, gilos kabi mevali daraxt ko‘chatlarini ham shu yo‘sinda undirib, ichki va tashqi bozorga yetkazish imkoniyati mavjud.

Bugun nafaqat sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, balki malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga ham asosiy maqsad qilingan klasterda 5 bosqichli ish amaliyoti asosida faoliyat yuritilmoqda.

Elchilar mazkur majmuaning yangi imkoniyatlari bilan tanishar ekan, klaster ishiga yuqori baho berishdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Elchilar_Buxoroda

Xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchilari Kogon shahri “Xo‘ja Bargi” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Akbarjon barakat” MCHJ tomonidan tashkil etilgan un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi bilan ham tanishtirildi.

Amirbek Bozorov rahbarligidagi korxona loyihasining qiymati 7 mln AQSH dollari bo‘lib, shundan 4,852 mln. AQSH dollari tashabbuskorning o‘z mablag‘i, 2,148 mln. AQSH dollari esa xorijiy kredit hisoblanadi. Turkiya texnologiyasi asosidagi korxona yiliga 60 ming tonna un mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega va bu yerda hozirda 50 nafar ishchi mehnat qilmoqda.

Elchilar mazkur korxonaning ishlab chiqarish quvvati bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, ular O‘rta Osiyoda analogi bo‘lmagan zamonaviy laboratoriyani ham ko‘rishdi. Bu yerda bug‘doyni qisqa fursatda analiz-tahlil qilish imkoni mavjud bo‘lib, un mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim sanaladi.

Shuning bilan xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchilarining Buxoroga tashrifi yakunlandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube