#qurilish
#byunyodkorlik
#nazorat
#Buxoro_shahri
Buxoro shahri aholisi bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarda ko‘tarilayotgan masalalarning aksariyati hududdu renovatsiya dasturida asosida qurib foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan ko‘p qavatli uy-joylar bilan bog‘liq. O‘tgan davr mobaynida bu borada viloyat hokimligi tomonidan katta ishlar amalga oshirildi va yillar davomida yangi turar-joy umida yurgan viloyatdoshlarimizning og‘iri yengil bo‘lib, dardi aridi. Ko‘rinadiki, ayni masala viloyat mutaddilari, xususan, viloyat hokimi Botir Zaripovning shaxsan nazoratida.
Bugun, 29-oktyabr kuni ham viloyat rahbari kun tartibini sektor rahbarlari, viloyat hokimining o‘rinbosari Jalol Arashov, Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov, tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilari ishtirokida Buxoro shahrida o‘tgan yillar davomida renovatsiya dasturi asosida qurib, foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan uy-joylar qurilishini yakunlashga doir avvalgi o‘rganishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini muhokama qilishdan boshladi.
Ta’kidlash lozimki, Buxoro shahrida 2018-2021-yillar davomida renovatsiya davlat dasturi doirasida 59 ta 2-3 qavatli uy-joylar (788 ta xonadon va 136 ta noturar obektlar) buzilib, o‘rniga zamonaviy loyihalar asosida 3640 xonadondan iborat 69 ta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda 61 ta uy-joy qurib foydalanishga topshirilgan. Hozirda 8 ta obektda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
Botir Zaripov qurilishi yakunlanmagan har bir ko‘p qavatli uy-joyda amalga oshirilishi belgilangan ishlarni jadallashtirish lozimligini alohida ta’kidladi va bu borada mas’ullarni qat’iy ogohlantirdi. Qurilish ishlarini yakunlash va uy-joylarni kam-ko‘ssiz foydalanishga topshirish bo‘yicha qo‘shimcha muddat belgilandi. Shuningdek, uylar oldini obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketishni tashkil etish, yerto‘la qismlari va boshqa infratuzilma sohalarini tartibga keltirish, yomg‘irdan keyin to‘planib qolgan suvlarni qochirish choralarini ko‘rish, ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, qurilish me’yorlari va sifat talablarining buzilishiga, uylarning foydalanishga qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirishda sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi aytib o‘tildi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube