BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.9K subscribers
79.2K photos
11.1K videos
23 files
39.7K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#qurilish_bunyodkorlik_nazorat
#Buxoro_Vobkent

Xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand - Buxoro - Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining Buxoro tuman hududidan o‘tuvchi 255,6 km qismidagi ko‘prikning o‘ng tomoni to‘g‘ri yo‘nalishida temirbeton plitasi singan va yig‘ma temirbeton balkalar orasidagi shoflari yemirilishi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan. Mazkur ko‘prik 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 2016-2017-yillarda ta’mirlash ishlari jarayonida PN-18 m.li yig‘ma temirbeton plitalardan 1 oraliqda 12 metrga kengaytirilgan. Ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati hozirgi og‘ir vaznli transport vositalarini o‘tkazish talablarini qanoatlantira olmaydi.

Shuningdek, mazkur avtomobil yo‘lining Vobkent tuman hududidan o‘tuvchi 239,65 km qismidagi ko‘prik ham yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ko‘priklarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lning "Gʻijduvon-Buxoro" yo‘nalishida transport vositalari harakati cheklanib, “Buxoro-Gʻijduvon" yo‘nalishida ikki tomonlama harakat tashkil etilgan va ko‘priklarda ta’mirlash ishlari boshlangan.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov sektorlar rahbarlari hamrohligida mazkur ko‘priklar holati va u yerda borayotgan ish jarayonlari bilan tanishdi. Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, og‘ir yuk avtotransport vositalari tomonidan me’yoridan ortiqcha yuk bilan harakatlanishi natijasida ko‘priklarga shikast yetkazilgan va yaroqsiz holga kelib qolgan. Ularni ta’mirlash esa uzoq muddat talab etadi. Biroq viloyat rahbari tomonidan ta’mirlash ishlarini smena asosida jadallashtirish orqali belgilangan muddattni qisqartirish imkoni mavjudligi alohida ta’kidlanib, bu borada muhim vaziflar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube