BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.5K subscribers
78.1K photos
11K videos
23 files
39.5K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Viloyat hokimi Botir Zaripov bugungi ish kunini ham hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, mavjud muammolarni aniqlash va jarayonlarni jadallashtirish bo‘yicha vazifalarni belgilashdan boshladi.

O‘rganishlarning dastlabki manzili viloyat ruhiy-asab kasalliklar dispanseri bo‘ldi.

Respublika Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7-avgustdagi Rayosat bayoniga asosan bu yerda 3 qavatdan iborat 100 o‘rinli qo‘shimcha davolash bo‘limi binosi qurilmoqda. Iskandar Salomov rahbarligidagi "Orient Bukhara" MCHJ ishchi-muhandislari tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga qariyb 10 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Botir Zaripov qurilishda sifat va muddatga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, obyekt hududida yashil maydonlarni ko‘paytirish, manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Viloyat rahbari dispanser bo‘limlarini ham ko‘zdan kechirdi. Mavjud shart-sharoitlar bilan tanishdi.Shifokor va bemorlar bilan muloqot qildi. Muammolar bilan qiziqdi. Shunga ko‘ra chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat_o‘rganish
#Buxoro_shahri

Ayni kunlarda mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda odatdagidan ko‘ra anchayin sovuq ob-havo kuzatilmoqda.

Xo‘sh, energota’minot korxonalari bunday noqulay ob-havo sharoitiga qanchalik tayyor?

2024-2025-yillarda qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini nazorat qilish maqsadida ayni paytda viloyat hokimi Botir Zaripov viloyat sektorlar rahbarlari, shahar hokimligi va kommunal soha mutasaddilari hamrohligida tungi vaqtda issiqlik ta’minoti va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini ko‘zdan kechirishmoqda.

Dastlab mutasaddilar “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi “Issiqlik manbai” DUKga qarashli RK-1 qozonxonasida bo‘lishdi.

Ushbu qozonxona 43 ta ko‘p qavatli uydagi 1 ming 700 ta xonadon hamda 17 ta ijtimoiy obyektni issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta’minlaydi.

Qishga tayyorgarlik jarayonida hududga 1,5 km qoplamali quvur tortilgan. 1 ta qozon mukammal ta’mirlangan.

Qayd etish joizki, so‘nggi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida ko‘p qavatli uy-joylarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida mazkur qozonxonadagi dispetcherlik xizmati kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.

Botir Zaripov navbatchi mutaxassislar bilan muloqotda bo‘lib, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va mavjud muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlarining tahlili bilan qiziqdi.

Omborxonadagi zaxira materiallari, avariyaviy holatda zarur bo‘ladigan boshqa texnik vositalarning shayligiga alohida e’tibor qaratildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat_o‘rganish
#Buxoro_shahri

O‘rganishlarning navbatdagi manzili “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi bo‘ldi.

Bu yerdagi ko‘p qavatli uylarda ilgari ikkita og‘ir toifadagi shirkat bo‘lgan. Kommunal xizmatlarda muammolar ko‘p edi. Boshqaruv servis kompaniyasi tashkil etilib, xizmat sifati yaxshilandi.

Mavsum oldidan ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga zarur choralar ko‘rildi. Xususan, o‘nta uyning tomi, yuzdan ortiq yo‘laklar ta’mirlandi, issiqlik quvurlari izolyatsiya qilindi.

Hudud ko‘kalamzorlashtirilgan. “Yashil makon” loyihasi doirasida ming tupga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazilgan. Ko‘chalar asfaltlangan, yoritgichlar o‘rnatilgan.

Botir Zaripov BSK mas’ullari bilan muloqot qildi. Mavjud muammolar haqida so‘radi. BSKning zaxira omborini ko‘zdan kechirdi.

Viloyat rahbari shu mahalladagi 23-son maktabgacha ta’lim tashkilotining qish mavsumiga tayyorgarligi holati bilan ham tanishdi.

Issiqlik tizimining joriy holatini o‘rgandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat_o‘rganish
#Buxoro_shahri

"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari" AJ o‘rganishlarning navbatdagi manzili bo‘ldi.

Botir Zaripov jamiyatning zaxira omborini ko‘zdan kechirdi. Axborot markazi faoliyati bilan tanishdi. Avariyaviy o‘chishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘radi. Energotejamkorlikni ta’minlash, energiya ishlab chiqarish larni kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat_o‘rganish
#Buxoro_shahri

Buxoro viloyatida 104 ta yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti mavjud bo‘lib, “Sharq yulduzi” mahallasida joylashgan punkt ularning biri. 1967-yilda qurilgan mazkur punkt 2023-yilda rekonstruksiya qilingan bo'lib, u Buxoro shahrining qariyb 90 ming iste'molchisiga tabiiy gaz yetkazib beradi. Botir Zaripov ushbu obyektning ish jarayoni, avariya zaxirasini ham ko‘zdan kechirdi.

Tabiiy gazni yetkazib berishda yo'qotishlarnining oldini olish, tejamkorlikni ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor o‘rganish va hal etish, xususan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy avariyaviy holatlarning oldini olish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Sovuq kunlarda aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini barqaror energiya ta’minoti bilan ta’minlash borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM