BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.5K subscribers
78.2K photos
11K videos
23 files
39.5K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси ва Туркманистон ўртасида дипломатик муносабатлар ўрнатилганининг 30 йиллиги муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедовга табрик йўллади.

По случаю 30-летия установления дипломатических отношений между Республикой Узбекистан и Туркменистаном Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил поздравление Президенту Туркменистана Сердару Бердымухамедову.

#Mirziyoyev #qutlov #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси ва Туркманистон ўртасида дипломатик муносабатлар ўрнатилганининг 30 йиллиги муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедовга табрик йўллади.

По случаю 30-летия установления дипломатических отношений между Республикой Узбекистан и Туркменистаном Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил поздравление Национальному Лидеру туркменского народа, Председателю Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедову.

#Mirziyoyev #qutlov #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qutlov

⚡️“Yangi O‘zbekiston” gazetasi 5 yoshda!

Mamlakatimizda matbuot va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli, qolaversa, xalqimiz hamda xalqaro jamoatchilik tomonidan “Yangi O‘zbekiston” deb e’tirof etilayotgan yurtimizdagi bunyodkorlik va yangilanishlarning asl mazmun mohiyati va ahamiyati haqida xolis xabarlarni aholining barcha qatlamlariga hamda jahonga tezkor va sifatli yetkazish, yurtning global axborot maydonidagi o‘rnini mustahkamlash, nufuzini yuksaltirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” gazetasi tashkil etilgan edi.

Qayd etish joizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning alohida e’tibori, g‘amxo‘rliklari xonadonlar turmush farovonligi ortib borayotganligida, shaharu qishloqlar obodligida, yoshlarning turli sohalarda erishayotgan yutuqlarida, chekka-chekka hududlardagi yangilanishlarda aks etmoqda. Bu muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yoritish qalam ahliga, xususan, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi ijodiy jamoasiga o‘zgacha zavq, ilhom, iftixor bag‘ishlaydi.

Xususan, o‘tgan davr mobaynida gazeta sahifalarida Buxoro viloyatida kechayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, zamonamiz qahramonlari bo‘lgan insonlar va ularning faoliyati haqida rang-barang maqolalar, ocherklar e’lon qilindi. Bu borada gazeta tahririyati bilan amaliy hamkorlikni davom ettiramiz.

Bugun gazetaning ilk soni nashr etilganiga 5 yil to‘libdi. Fursatdan foydalanib, gazeta tahririyati jamoasini va uning ijodkorlarini qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etamiz. Gazetaga ham sifat, ham yosh tomondan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Buxoro viloyati hokimligi

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube