BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
25.8K subscribers
89.3K photos
11.7K videos
23 files
41.5K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#nazorat_o'rganish

Avval, xabar berganimizdek, Buxoro tumani “Bog‘idasht” MFY hududida ajratilgan 40 gektarda maydonda "Yangi O‘zbekiston bog‘i" barpo etilmoqda. Xududda amalga oshirilayotgan ishlarni viloyat hokimi Botir Zaripov doimiy ravishda nazorat qilib bormoqda.

Bugun ham viloyat rahbari avvalgi o‘rganishlarida berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi bilan tani nazorat tartibida o‘rgandi.

Topshiriqqa ko‘ra, hozirda hududda maxsus texnikalar yordamida tuproq ishlari bajarilmoqda. Sug‘orish va oqova tizimlarini barpo etish bilan bog‘liq yumushlarga ham kirishilgan. 

Qayd etish lozimki, "Yashil makon" loyihasining o‘tgan mavsumida hududda 5 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan edi. Joriy mavsumda ham bu ishlar davom ettiriladi. Bugundan bu sa’y-harakatlarga kirishildi.

Botir Zaripovga shu yerda bu boradagi ishlar rejasi haqida ma’lumot berildi. Shu yerda rejani amalga oshirish bilan bog‘liq mavjud muammolar mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.  Xususan, yo‘lning chegara zonasida o‘zboshimchalik bilan barpo etilgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, tabiiy gaz quvurlari va elektr tarmoqlarini ko‘chirish, jarayonda daraxt va ko‘chatlarga zarar yetkazmaslik bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

Qayd etish joizki, loyihaga ko‘ra bog‘da sokin hudud va favvoralar, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohi, umuman, bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etiladi. Majmua zamonaviy yoritish va akustika tizimlari bilan jihozlanadi. Kelgusida bu yerda umumxalq bayramlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#nazorat_o‘rganish

4 K 212 avtomobil yo‘lining Vobkent tumani “O‘zbakon” mahallasi hududidan o‘tgan 16-kilometridagi ko‘prik 1965-yilda qurilgan bo‘lib, keyingi yillarda yuk avtomobillarining serqatnovligi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgandi. Shunga ko‘ra, “Shohrud” kanali ustidan o‘tuvchi uzunligi 44 metr bo‘lgan mazkur ko‘prikda qurilish ishlari olib borilmoqda. Romitan tuman muntazam yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 3 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov ko‘prik qurilish ishlari bilan ham tanishdi. Uni qisqa muddatda va sifatli yakunlab, foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat_o‘rganish
#Buxoro_shahri

Ayni kunlarda mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda odatdagidan ko‘ra anchayin sovuq ob-havo kuzatilmoqda.

Xo‘sh, energota’minot korxonalari bunday noqulay ob-havo sharoitiga qanchalik tayyor?

2024-2025-yillarda qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini nazorat qilish maqsadida ayni paytda viloyat hokimi Botir Zaripov viloyat sektorlar rahbarlari, shahar hokimligi va kommunal soha mutasaddilari hamrohligida tungi vaqtda issiqlik ta’minoti va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini ko‘zdan kechirishmoqda.

Dastlab mutasaddilar “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi “Issiqlik manbai” DUKga qarashli RK-1 qozonxonasida bo‘lishdi.

Ushbu qozonxona 43 ta ko‘p qavatli uydagi 1 ming 700 ta xonadon hamda 17 ta ijtimoiy obyektni issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta’minlaydi.

Qishga tayyorgarlik jarayonida hududga 1,5 km qoplamali quvur tortilgan. 1 ta qozon mukammal ta’mirlangan.

Qayd etish joizki, so‘nggi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida ko‘p qavatli uy-joylarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida mazkur qozonxonadagi dispetcherlik xizmati kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.

Botir Zaripov navbatchi mutaxassislar bilan muloqotda bo‘lib, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va mavjud muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlarining tahlili bilan qiziqdi.

Omborxonadagi zaxira materiallari, avariyaviy holatda zarur bo‘ladigan boshqa texnik vositalarning shayligiga alohida e’tibor qaratildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat_o‘rganish
#Buxoro_shahri

O‘rganishlarning navbatdagi manzili “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi bo‘ldi.

Bu yerdagi ko‘p qavatli uylarda ilgari ikkita og‘ir toifadagi shirkat bo‘lgan. Kommunal xizmatlarda muammolar ko‘p edi. Boshqaruv servis kompaniyasi tashkil etilib, xizmat sifati yaxshilandi.

Mavsum oldidan ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga zarur choralar ko‘rildi. Xususan, o‘nta uyning tomi, yuzdan ortiq yo‘laklar ta’mirlandi, issiqlik quvurlari izolyatsiya qilindi.

Hudud ko‘kalamzorlashtirilgan. “Yashil makon” loyihasi doirasida ming tupga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazilgan. Ko‘chalar asfaltlangan, yoritgichlar o‘rnatilgan.

Botir Zaripov BSK mas’ullari bilan muloqot qildi. Mavjud muammolar haqida so‘radi. BSKning zaxira omborini ko‘zdan kechirdi.

Viloyat rahbari shu mahalladagi 23-son maktabgacha ta’lim tashkilotining qish mavsumiga tayyorgarligi holati bilan ham tanishdi.

Issiqlik tizimining joriy holatini o‘rgandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat_o‘rganish
#Buxoro_shahri

"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari" AJ o‘rganishlarning navbatdagi manzili bo‘ldi.

Botir Zaripov jamiyatning zaxira omborini ko‘zdan kechirdi. Axborot markazi faoliyati bilan tanishdi. Avariyaviy o‘chishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘radi. Energotejamkorlikni ta’minlash, energiya ishlab chiqarish larni kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat_o‘rganish
#Buxoro_shahri

Buxoro viloyatida 104 ta yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti mavjud bo‘lib, “Sharq yulduzi” mahallasida joylashgan punkt ularning biri. 1967-yilda qurilgan mazkur punkt 2023-yilda rekonstruksiya qilingan bo'lib, u Buxoro shahrining qariyb 90 ming iste'molchisiga tabiiy gaz yetkazib beradi. Botir Zaripov ushbu obyektning ish jarayoni, avariya zaxirasini ham ko‘zdan kechirdi.

Tabiiy gazni yetkazib berishda yo'qotishlarnining oldini olish, tejamkorlikni ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor o‘rganish va hal etish, xususan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy avariyaviy holatlarning oldini olish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Sovuq kunlarda aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini barqaror energiya ta’minoti bilan ta’minlash borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat
Botir Zaripov “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parkida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat
Botir Zaripov bunyodkorlik ishlari borayotgan obyektlarda bo‘ldi, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni jadallashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_tumani
#nazorat_o'rganish

Ayni paytda viloyat hokimi Botir Zaripov qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida amalga oshirilayotgan muhim agrotexnik tadbirlarning borishini ko‘zdan kechirmoqda.

Dastlab viloyat rahbari Buxoro tumani "Qo‘shxodim" mahallasidan o‘tgan 5,4 km uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmog‘ida bajarilayotgan betonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Qayd etish joizki, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida mazkur ichki sug‘orish tarmog‘i "Navro‘z Akmal stroy invest" MCHJ tomonidan rekonstruksiya qilinmoqda.

Viloyat rahbari ishda sifatga alohida e’tibor qaratish, shuningdek, ariq bo‘ylari, yo‘l va dala chetlariga daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish zarurligini alohida ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, joriy mavsumda tumandagi jami 5 ta mahalla hududidan o‘tgan 220 km uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Botir Zaripov shu hududdagi "XKMK-47" MCHJ tomonidan tashkil qilingan voyish usulidagi uzumzorda ham bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi. Shu joyda bog‘dorchilik yo‘nalishidagi vazifalar yuzasidan kengashib olindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#G'ijduvon_tumani
#nazorat_o'rganish

O‘rganishlarning navbatdagi manzili Gʻijduvon davlat o‘rmon xo‘jaligi bo‘ldi. Xo‘jalik hisobida 37 gektar yer mavjud bo‘lib, ayni kunda bu yerda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirishga jiddiy kirishilgan.

Botir Zaripov xo‘jalik mutasaddilari bilan muloqot qilib, joriy bahor mavsumida xo‘jalik tomonidan joylarga yetkazib beriladigan daraxt ko‘chatlari va istiqboldagi vazifalar yuzasidan suhbatlashdi.

Kelgusi kuz va bahor mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan qiziqdi. Bu borada zarur vazifalarni belgilab berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube