#xalqaro_aloqalar
🇺🇿🇮🇳Жорий йилнинг 3-4 октябрь кунлари мамлакатимиз бўйлаб хизмат сафарида бўлган Ҳиндистон давлатининг “Bollylands.com” телешоу вакиллари Бухорода ҳам тасвирга олиш ишларини амалга оширди.
Ижодий гуруҳ вакиллари шаҳарнинг сайёҳлик салоҳияти тўғрисидаги кўрсатув ва тарғибот материалларини тайёрлаш мақсадида “Арк” қўрғони, “Лаби Ҳовуз” ансамбли, “Пойи Калон” мажмуаси, Исмоил Сомоний мақбараси ҳамда Чашмаи Аюб каби қатор маданий мерос объектларида, шунингдек, ҳунармандчилик марказларида ҳам бўлиб, Бухоронинг қадимийлиги, айниқса, қадимий архитектура намойишлари жозибасини кўриб ҳайратланишди.
Эътироф этиш жоизки, Бухоронинг туризм салоҳияти тўғрисидаги материаллар Ҳиндистон телевиденияси ва бошқа оммавий ахборот воситаларида, қолаверса, бутун дунё бўйлаб тарғиб қилинади.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️БААнинг таниқли блогерлари Бухорода
Куни кеча Бирлашган Араб Амирлигининг тўрт нафар таниқли блогери Бухоро вилоятига келди.
Лойиҳа Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги ҳузуридаги Туризм қўмитаси томонидан ташкил этилди.
Бундан мақсад Бухоронинг маданияти ва туризм салоҳиятини Араб давлатида кенг тарғиб этиш орқали араб мамлакатларидан сайёҳлар оқимини оширишдир.
Қайд этиш жоизки, арабистонлик блогерлар Бухоронинг ўзига хос иқлими, бой маданий меъроси, халқларимиз орасидаги ўхшаш урф-одатлар ва энг асосийси бир-бирини такрорламайдиган 4 та фаслга эга эканлигини алоҳида эътироф этишди.
Травел-блогерларнинг Бухородаги 2 кунлик ташриф маршрутидан эски шаҳар қисми ҳамда вилоятдаги муқаддас қадамжолар ўрин олган.

#xalqaro_aloqalar #Ummon_sultonligi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi tashabbusi bilan Buxoro viloyati hokimligi, viloyat turizm boshqarmasi hamkorligida 20–21-oktabr kunlari Ummon Sultonligi turistik kompaniyalari vakillari va blogerlaridan iborat delegatsiyaning Buxoroga tashrifi tashkil etildi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad – Buxoroning turizm salohiyatini Janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlarida keng targ‘ib qilish, xususan, Ummon davlatidan sayyohlarni jalb qilishdan iborat.
Tashrifning dastlabki kunida Buxoroning tarixiy markazidagi turizm namoyish obyektlari bo‘lmish Labi Hovuz ansambli, savdo toqlari, Poyi Kalon majmuasi, Ark qoʻrgʻoni, Chor Minor madrasasi hamda qator tarixiy qadamjolar boʻylab info-tur tashkil etildi.
Shuningdek, Ummon Sultonligi delegatsiya a’zolari hamda mahalliy tur-operatorlar ishtirokida “Grand Buxoro” mehmonxonasida B2B formatidagi uchrashuv tashkil etildi.

#Buxoro_Hindiston
“Rising Hongfa Group” — Hindistonning qurilish materiallari, tibbiy asbob-uskunalar, sanoat chiqindilarini qayta ishlash, muqobil energiya manbalari va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi ko‘p tarmoqli kompaniyasi bo‘lib, u Hindistondan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Ummon Sultonligida ishlab chiqarish korxonalariga ega.
Bugun Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Rizo Asadov mazkur kompaniya rahbariyati bilan videokonferensiya shaklida muzokara o‘tkazdi. Muloqotda Buxoro viloyatining mavjud investitsiyaviy imkoniyatlari va iqtisodiy salohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi, shuningdek, aniq loyiha takliflari taqdim etildi.
Shundan kelib chiqib, “Rising Hongfa Group” vakillari Buxoro viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishga qiziqish bildirishdi va shu bo‘yicha hamkorlik takliflari ko‘rib chiqildi.
Ushbu investitsiya loyihasi doirasida Hindiston kompaniyasi delegatsiyasi yaqin kunlarda Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi.

#umra+
⚡️Ilk taylandlik musulmonlar “Umra+” dasturi asosida Buxoroni ziyorat qilishdi
Joriy yilning 4-noyabr sanasida 20 nafardan ortiq taylandlik musulmonlar Buxoro bo’ylab ham sayohat, ham ziyorat amallarini bajo keltirishdi.
Dastlab “Yetti pir”ni ziyorat qilib, ziyoratgohlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqin tanishishdi. So’ng, eski shahar bo’ylab sayohatni davom ettirishdi.
—Buxoroga ilk kelishimiz. Bu yerdagi insonlarning mehmondo’stligi, samimiyligini boshqa davlatlarda ko’rmadik. Men Buxoroga yana kelishga qaror qildim,- deydi sayyohlardan biri.
Ma’lumot uchun: xorijlik ziyoratchilar ziyorat amallarini bajo keltirib, ertaga Umra safariga yo’l olishadi.

#Xalqaro_aloqalar
#Rossiya_Federatsiyasi
⚡️ Joriy yilning 24-25-iyul kunlari Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Voronej viloyatida bo‘lib, ikki hudud o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olingan edi.
📝 Kelishuvga muvofiq ayni paytda Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev boshchiligidagi hukumat va ishbilarmonlar delegatsiyasi Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.
✔️ Mehmonlar bugun Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylarida sayohatda bo‘lishdi.
⚡️ Tashrif dasturiga ko‘ra voronejliklar Buxorodagi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishadi, hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishiladi. Shuningdek, Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev va Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning tor doiradagi uchrashuvi o‘tkaziladi.

#Buxoro_Voronej
Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev boshchiligidagi delegatsiyaning Buxoroga biznes tashrifi davom etmoqda. Hudud rahbarlari ishtirokidagi muzokaralardan so‘ng Voronej delegatsiyasi qator tadbirlarda ishtirok etishdi.
Jumladan, tashrif dasturiga ko‘ra dastlab Aleksandr Gusev Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamrohligida Buxoro shahridagi “Motamsaro ona” memorial majmuasiga tashrif buyurdi. Motamsaro ona poyiga gulchambar qo‘yib, o‘tganlar ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Voronej delegatsiyasining navbatdagi tashrif manzili “Buxoro Agroklaster” tizimidagi “Buxoro Agroklaster DZZ” korxonasi bo‘ldi.
Qayd etish joizki, mazkur korxonada sutni qayta ishlash va qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan. 6,2 million dollar investitsiya evaziga qarovsiz maydonda zamonaviy majmua barpo etilib, Italiya va Rossiyadan uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 2021-yilda ochilgan korxonada bugungi kunda yiliga 22 ming tonna sut qayta ishlanmoqda. Undan tayyorlanayotgan kefir, sut, pishloq, yogurt, qaymoq, smetana kabi mahsulotlarning turi qirqtadan ortiq. 150 nafar aholi ish bilan ta’minlangan.
Delegatsiya a’zolari bu yerdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.
Ish ko‘lami va daromadning ortishi klaster faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Majmua hududida yangi inshootlar qurildi. Xususan, korxona tizimida yer maydonlari unumdorligini aniqlab beruvchi zamonaviy laboratoriya ishga tushirildi. U Germaniyaning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan, tuproq tarkibidagi qirqdan ortiq, suv tarkibidagi o‘nga yaqin ko‘rsatkichlarni aniqlash imkoniga ega.
Buxoro viloyati ekin maydonlarining sho‘rlanganlik darajasi boshqa hududlarga nisbatan yuqori. Hosildorlikka erishish uchun tuproq tahlili nihoyatda zarur. Bu laboratoriyada tuproqning kimyoviy tarkibi o‘rganilib, shu orqali o‘simliklarning mineral va organik o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi aniqlanadi. Tuproq xossalari, sho‘rlanish darajasi ham chuqur o‘rganiladi. Uning natijalari asosida yerni me’yorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi.
Bu yerda shakllantirilgan ma’lumotlar korxonaning yana bir loyihasi – “Agro Smart Map Uz” platformasiga yuklab boriladi. Shu ma’lumotlar asosida yer egalari kerakli agrotexnologik tavsiyalar oladi.
Qatnashchilar laboratoriyadagi sharoitlarni ham ko‘zdan kechirishdi. Ularning korxona va laboratoriyaning ishlash tizimi, afzalliklari, shuningdek, “Buxoro Agroklaster”ning navbatdagi loyihalari haqida so‘zlab berildi.

Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev boshchiligidagi hukumat va ishbilarmonlar delegatsiyasining navbatdagi tashrif manzili Buxoro shahrining “S.Ayniy” mahalla fuqarolar yig‘ini, sobiq XBK binosi negizida “Bukhara Next Generation Product” MCHJ tomonidan tashkil etilgan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy qiymati 120 mln AQSH dollariga teng loyihaning 90 mln AQSH dollari tadbirkorning o‘z mablag‘i, 30 mln AQSH esa dollari xorijiy kredit hisoblanadi.
Ishlab chiqarish dastgohlari Yaponiya va Shvetsariya davlatlaridan olib kelinib o‘rnatilgan. Loyiha joriy yakuniga qadar to‘liq ishga tushiriladi va 2 ming nafar buxorolik ish bilan ta’minlanadi.
Korxonada yiliga to‘rt turdagi ikki million dona maishiy texnika - suv isitgichlari, oshxona plitalari, o‘rnatma texnika, mini pechlar hamda panel radiatorlar ishlab chiqariladi. Mehmonlar korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Delegatsiya a'zolari shuningdek, Buxoro shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nigora” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
O‘n yildan ortiq bo‘sh turgan binodan unumli foydalanish maqsadida mazkur korxonada investisiya dasturi doirasida jami 22 million AQSH dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilingan holda paxta xomashyosidan ip-kalava va undan mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bo‘yash hamda tayyor kiyim-kechaklar tikishni tashkil etish orqali faoliyatni kengaytirish maqsadida 2023-yilda qo‘shimcha 4,2 million AQSH dollarlik investisiya kiritilgan.
Shunga ko‘ra, bu yerda aralashma tolali xom, bo‘yalgan gazlama hamda tayyor kiyim ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish bilan bir vaqtda inshootda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Korxonada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali zamonaviy tikuvchilik dastgohlarini o‘rnatib, qo‘shimcha 840 ta ishchi o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Ishlab chiqarish dastgohlari Shvesariya, Italiya, Belgiya va Germaniya davlatlaridan keltirilgan bo‘lib, yiliga 30 mln. pg xom va bo‘yalgan gazlama, 1 ming tonna bo‘yalgan ip, 1 mln dona tayyor kiyim ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonaning yillik eksport quvvati 20 mln. dollarni tashkil qilib, Yevropa va O‘rta Osiyo davlatlariga yo‘naltirilgan.
Mehmonlar korxona faoliyatiga yuqori baho berishdi.
Qayd etish lozimki, “Nigora” xususiy korxonasi, shuningdek, “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri ta’sischisi tashabbusi bilan xalqaro tajribaga binoan Xitoydan “DJI” brendi ostida ishlab chiqarilgan “AGRAS-T 40” rusumli uchuvchisiz uchish qurilmasidan 3 tasini xarid qilib keltirib, mahalliy sharoitda sinovdan o‘tkazilyapti.
Bu dron ekologiya va atrof-muhitga mutlaqo zararsiz bo‘lib, 1 soatda 16 gektar maydonga ishlov berish imkoniga ega. Bunda nafaqat sug‘orish, balki ekin yeri umumiy konturi kadastr tasviri va chizmasi bilan birga yer o‘lchamlarini olish, ekin maydoni baland-pastini o‘rganib, lazerli yer tekislagich agregatiga kordinatlar bo‘yicha tegishli buyruqni yetkazish, o‘simlikka biologik yoki kimyoviy dorilash vositasida ishlov berish imkoni mavjud.
Mehmonlarga mazkur qurilma va uning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati haqida ham so‘zlab berildi.