BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.2K subscribers
79K photos
11.1K videos
23 files
39.7K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#Hokim_hududlarda
#Vobkent_tumani

“Buxoro Agrocluster” paxta-to‘qimachilik klasterida ham bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik soz holatga keltirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, klasterning Vobkent tumani, “Rabotoxun” mahallasidagi korxonasiga tegishli “Buxoro Agromarkaz”, avvalgi “Vobkent paxta qabul qilish punkti”da bahorgi dala ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash ishlari qizg‘in bormoqda.

Bugun, 20-yanvar kuni viloyat hokimi Botir Zaripov sektorlar rahbarlari, viloyat hokimining o‘rinbosari Amrillo Nazarov, sohaga daxldor mutasaddilar ishtirokida mazkur markazda ishlarning borishi bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab shay holatga keltirilgan chopiq traktorlari, kultivatorlar, chigit ekish seyalkalari va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarining qay darajada sifatli ta’mirdan chiqarilganligi ko‘zdan kechirildi. Bunda eski ehtiyot qismlarining yangisiga almashtirilganligi, nosoz holatga kelgan detallardagi kamchiliklar bartaraf etilgani, texnikalarning yuz qismida bo‘yoqlash ishlarining amalga oshirilgani kabilarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarining sifatli ta’miri qanday bo‘lishi va uni qabul qilib olishda e’tibor qaratiladigan jihatlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Shunga ko‘ra, viloyatda har bir qishloq xo‘jaligi texnikasi ta’mir shartlarini to‘liq bajarishi lozimligi qayd etilib, ta’mirga oid kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Hokim_hududlarda
#Shofirkon_tumani

Jahongir Obloberdiyev rahbarlik qilayotgan "Feruz" fermer xo‘jaligi 52 gektarlik maydonda to‘rtta asosiy ekin turini yetishtirib, yuqori hosildorlikka erishish uchun samarali boshqaruv va zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanmoqda.

Xo‘jalikka qarashli 10 gektar maydonda bog‘ barpo qilingan. Uzoq yillik investitsiya bo‘lgan bog‘ xo‘jaligi yil sayin hosildorligini oshirib, daromad manbaiga aylanmoqda. 15 gektarga esa bug‘doy, 23 gektar maydon paxta dalalaridan iborat bo‘lib, xo‘jalik bu sohada ham yuqori sifatli xomashyo yetishtirish, xalqaro bozor talablariga javob beradigan mahsulot yetkazib berish maqsadida ishlamoqda.

4 gektar maydonda esa plyonka ostida sabzi ekilgan. Bu esa xo‘jalikning innovatsion yondashuvga ega ekanligini ko‘rsatadi. Plyonka ostida sabzi yetishtirish qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirishning samarali yo‘llaridan biri bo‘lib, bu usul orqali fermer xo‘jaligi 4 gektar maydondan 240 tonna hosil olishni rejalashtirmoqda.

Botir Zaripov xo‘jalikning aynan plyonka ostiga ekib parvarishlanayotgan sabzi maydonini ko‘zdan kechirdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Hokim_hududlarda
#Shofirkon_tumani

Prezidentimiz raisligida o‘tgan yil 12-fevral kuni o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mineral o‘g‘itlar narxini 15 foizga tushirish, har bir tumanda 70 ta yangi mineral o‘g‘itlar ombori tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Mazkur topshiriqqa binoan “Natural Bukhara eko oil” MCHJga qarashli mineral o‘g‘itlar ombori tashkil etilgan.

Bobomurod Jo‘rayev rahbarlik qilayotgan omborda hozirda 400 tonna kaliy, 7 ming tonna ammiakli selitra, 2 ming tonna karbamid, 600 tonna sulfat amoniy saqlanmoqda.

Har bir mineral o‘g‘it qopi ichida mahsulot qachon ishlab chiqarilgani, qachon yuklangani va qachon omborxonaga yetkazilgani kabi ma’lumotlar ko‘rsatilgan maxsus metka bor.

Botir Zaripov omborda saqlanayotgan o‘g‘itlar turi va sifati bilan qiziqdi. Joylarga sifatli o‘g‘itlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, fermerlarga ajratilayotgan mablag‘larning samarali sarflanishini, birjadan sotib olish tartibini fermerlarga tushuntirish, brokerlarga qanday murojaat qilish, u orqali mineral o‘g‘itlarni birja savdolari orqali sotib olish, tiketni korxonaga yetkazish yoki ushbu tiket orqali omborxonadan yuklash xizmatlari tizimi va tartibini aniq tushuntirish bilan shug‘ullanish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerda viloyat rahbari “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan muloqot qildi. Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, ajrimlarning oldini olish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish kabi yettilik funksional vazifalarni qaydarajada amalga oshirayotganligi bilan qiziqdi.

Hudud va soha rahbarlariga yettilik faoliyatini yaxshilashga doir topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Peshku_tumani

O‘rganishlar “Peshko‘ limonchilik maktabi”da davom etdi. Xo‘jalikka asos solgan mirishkor bog‘bon Nusrat Saidov 1996-yilda “Nusrat gulchi” dehqon xo‘jaligini tashkil etgan, dastlab 30 sotix issiqxonada turli xil gul ko‘chatlari yetishtirib sotish orqali oilaviy daromadiga erishgan.

Keyinchalik bozordagi talab va taklifni puxta o‘rgangan Nusrat aka o‘z faoliyatini o‘zgartirishga, aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan pomidor va bodring yetishtirishga kirishdi. Elimiz dasturxoni to‘kinligi uchun bir necha yil pomidor va bodring yetishtirgan qahramonimiz issiqxonada qo‘shimcha ravishda limon ko‘chatlari ekib, parvarishiga e’tibor qaratdi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, vegetatsiya davri agrotexnikasini to‘g‘ri olib borilsa, mahalliy sharoitda sitrus mevadan pomidor-bodringga nisbatan ko‘proq moddiy foyda olish mumkin ekan. Ammo “holva degan bilan og‘iz chuchimas” degan hikmat bejiz aytilmagan. Limonchilikning ham zahmati og‘ir.

Shu yo‘sinda Nusrat Saidov 2017-yilda fermer xo‘jaligi negizida limonchilik maktabini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirda bu issiqxona atigi 1 gektar maydonni egallaganiga qaramasdan, undan har yili barakali hosil olib kelinmoqda.

Nusrat Saidov mirishkor limonchi sifatida Xorazm, Surxondaryo, Navoiy viloyatlarida, Toshkent shahrida ko‘p bor bo‘lib, sitrus meva xo‘jaliklari ish tajribasi bilan qiziqadi, albatta, biror yangi navni o‘zining hovlisidagi issiqxonasida yetishtirib ko‘radi. Ayni kunda ham u limonning bir necha turi, shu qatorda apelsin va uning gibrid navlari, shunigdek, mandarin yetishtirishni ham puxta o‘zlashtirmoqda. O‘qib o‘rganayotgan bilimlarini amalda qo‘llab, ko‘nikmalarini oshirmoqda, qo‘li ostidagi mehnat jamoasi, ortidan kelayotgan shogirdlariga ham bu borada yaqin hamkor va hammaslak bo‘lmoqda.

Botir Zaripov Nusrat Saidovning oilasi, qo‘li ostida ishlayotgan jamoa misolida tomorqadan oqilona foydalanish sir-sinoatidan yana bir bor voqif bo‘ldi. Shuningdek, hududda mazkur xo‘jalik faoliyati misolida aholining daromadini oshirish, ish bilan ta’minlashning afzalliklari xususida fikr-mulohaza yuritildi. Shunga ko‘ra vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_hududlarda

Viloyat hokimi Botir Zaripov viloyat sektorlari rahbarlari va boshqa mutasaddilar hamrohligida Vobkent, Gʻijduvon, Shofirkon va Peshku tumanlarida bo‘lib, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan qishki agrotexnik tadbirlarning borishi, aholining tomorqachilik va issiqxona xo‘jaligidagi tashabbuslari bilan tanishdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Romitan_tumani
#Kogon_tumani

Aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirish barcha mas’ul rahbarlardan tortib, tomorqa egasining ham muhim vazifalardan biridir. Mavjud aholi tomorqalari yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida esa viloyatimizda ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, turmush tarzi og‘ir kechayotgan, kambag‘al va daromadsiz qolgan oilalarga o‘zlarini tiklab olishlari uchun issiqxona qurib berish, bu borada dunyo davlatlarining yoqilg‘isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo‘llash ommalashmoqda.

Masalan, hozirda Xitoyning “Jing Peng Guo Ji” mas’uliyatli cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi har birining baholangan narxi 9 million so‘m miqdorida bo‘lgan ikki sotixli ixcham issiqxonalar qurib berish tashabbusi bilan chiqqan.

Xorijiy korxona tomonidan ayni paytda Romitan kasb-hunarga o‘qitish markazida tayyor holda topshirish sharti bilan namunaviy shaklda ixcham issiqxona qurish ishlari jadal bormoqda.

Viloyat hokimi Botir Zaripov bugun o‘quv markazi joylashgan “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, issiqxonalar qurilishi bilan yaqindan tanishdi. Xorijiy korxona rahbari Liu Kengxu va xitoylik mutaxassislar bilan muloqotda mazkur issiqxonalarni qurib berish tartibi, ularning aholini kambag‘allikdan chiqarishdagi ahamiyati haqida so‘z bordi. Aniqroq aytganda, bu issiqxonalardan qanday foydalaniladi, unda qachon va nima yetishtirilsa, foyda olinadi, sarf-xarajatlar qoplanadi, degan masalalar yana bir bor muhokamalar markazida bo‘ldi.

Muhokamalar Kogon tumani hududida ajratilgan yer maydonlarida qurilayotgan namunaviy tipdagi issiqxonada davom etdi. Shu yerda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_tumani

Shuningdek, bugun Botir Zaripov Buxoro tumanida ”Yangi turmush” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Yosh paxtakor” oromgohiga qarashli bog‘ maydonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Mazkur bog‘da mahalliy gilos, o‘rik, qaroli va olma navli daraxtlar mavjud bo‘lib, hozirda viloyat o‘rmon xo‘jaligi ishchi-xodimlari tomonidan daraxt ostidan chiqqan nihollari kovlab olinib, aholiga yetkazilmoqda.

Botir Zaripov mutasaddilarga nihollarning barchasini kam ta’minlangan oilalarga bepul yetkazib berishni tashkil etish, ularning o‘z vaqtida yerga o‘tqazilishini ta’minlash yuzasidan zarur topshiriqlar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_hududlarda

Botir Zaripov Xitoyning “Jing Peng Guo Ji” mas’uliyatli cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan Romitan kasb-hunarga o‘qitish markazida tayyor holda topshirish sharti bilan namunaviy shaklda ixcham issiqxona qurish ishlarini borib ko'rdi.

Botir Zaripov Buxoro tumani ”Yangi turmush” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Yosh paxtakor” oromgohiga qarashli bog‘ maydonlarini ham ko‘zdan kechirdi.


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM