BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.6K subscribers
77K photos
10.9K videos
22 files
39.3K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

O‘rganishlarning navbatdagi manzili mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nigora” korxonasi bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, o‘n yildan ortiq bo‘sh turgan binodan unumli foydalanish maqsadida mazkur korxonada “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan investitsiya dasturi doirasida jami 22 million AQSH dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilingan holda paxta xomashyosidan ip-kalava va undan mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, bo‘yash hamda tayyor kiyim-kechaklar tikishni tashkil etish orqali faoliyatni kengaytirish maqsadida 2023-yilda qo‘shimcha 4,2 million AQSH dollarlik investitsiya kiritilgan.

Shunga ko‘ra, bu yerda aralashma tolali xom, bo‘yalgan gazlama hamda tayyor kiyim ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish bilan bir vaqtda inshootda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Korxonada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali zamonaviy tikuvchilik dastgohlarini o‘rnatib, qo‘shimcha 840 ta ishchi o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarish dastgohlari Shveysariya, Italiya, Belgiya va Germaniya davlatlaridan keltirilgan bo‘lib, yiliga 30 mln. pg xom va bo‘yalgan gazlama, 1 ming tonna bo‘yalgan ip, 1 mln dona tayyor kiyim ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Korxona ishga tushgach yillik eksport quvvati 20 mln. dollarni tashkil qilib, Yevropa va O‘rta Osiyo davlatlariga yo‘naltiriladi.

Botir Zaripov obyektda davom etayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shu yerda “Merganteks”ning yangi loyihalari taqdimot qilindi. Ularni amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Avval xabar berganimizdek, viloyatda endokrin kasalliklarning oldini olish va davolash tizimini yaxshilash maqsadida Buxoro shahrida 120 o‘ringa mo‘ljallangan endokrinologiya dispanseri binosi qurilmoqda.

Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi” buyurtmachiligidagi inshootning loyiha qiymati qariyb 48 milliard so‘m baholangan. "XKMK-47" MCHJ bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari yakunlanib, hozirda so‘nggi bosqichdagi pardozlash va lift o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Botir Zaripov mazkur obyektda ham bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan yana bir bor tanishdi.

Jarayonlarni tezlashtirish, tibbiy jihozlarni keltiri o‘rnatish va binoni Yangi yil bayramiga qadar foydalanishga topshirish zarurligini ta’kidladi. Bu borada mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Demak, tez orada viloyatdoshlarimiz yana bir zamonaviy shifo maskaniga ega bo‘lishadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

O‘rganishlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi yo‘l harakati boshqarmasining kapital ta’mirlanayotgan tezkor boshqaruv markazida davom etdi.

Viloyat IIB boshlig‘i I.Tursunov tezkor boshqaruv markazining ahamiyati va bu yerda davom etayotgan qurilish ishlarining borishi haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlariga qariyb 3 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari “Shomurodjon” MCHJ tomonidan bajarilmoqda. Shuningdek, “O‘zbektelekom” Ajning viloyat filiali tomonidan ham bu yerda zarur ishlar olib borilmoqda.

Botir Zaripov qurilishda sifatga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Ta’minotdagi muammolar bilan qiziqdi. Shunga ko‘ra, mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube