BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.4K subscribers
81.4K photos
11.3K videos
23 files
40.1K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda

O‘rganishlar davomida Botir Zaripov Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro filiali binosi va Call-markazini rekonstruksiya qilish, 2-son maktabgacha ta’lim tashkilotini mukammal ta’mirlash, 2-son sport maktabida qo‘shimcha sport zal qurish loyihalarini borib ko‘rdi.

Shuningdek, viloyat rahbari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida bo‘lib, yangidan barpo etilayotgan bo‘limlardagi ish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Har bir obyektda bajarilishi ko‘zda tutilgan qurilish-ta’mirlash ishlari loyihalariga o‘zi munosabatini bildirib, bu borada zarur vazifalarni belgilab berdi.

Ayni paytda o‘rganishlar davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_hududlarda

Olib borilgan o‘rganishlar davomida viloyatda birinchi navbatda qurilish, ta’mirlash va yangidan qurishga muhtoj, ta’mirtalab, sanitariya va gigiyena qoidalariga javob bermaydigan 49 ta ijtimoiy soha muassasalari aniqlangan. Viloyat hokimi Botir Zaripov bugun Buxoro va G’ijduvon tumanlari hamda Buxoro shahrida bo’lib, mazkur toifadagi muassasalar holatini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Kogon_shahri

Xabar berib borayotganimizdek, olib borilgan oʻrganishlar davomida viloyatda birinchi navbatda qurilish, taʼmirlash va yangidan qurishga muhtoj, taʼmirtalab, sanitariya va gigiyena qoidalariga javob bermaydigan 49 ta ijtimoiy soha muassasalari aniqlangan. Viloyat hokimi Botir Zaripov masʼul tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida mazkur muassasalarda boʻlib, ularning texnik holati bilan tanishmoqda. Shunga koʻra zarur chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Viloyat rahbarining navbatdagi oʻrganishlari Kogon shahrida kechmoqda. Dastlab mutasaddilar 18-Maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lishdi.

1986-yilda bunyod etilgan mazkur muassasa 140 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, ayni paytda bu yerda 6 ta guruhda 138 nafar o'g'il-qiz tarbiyalanmoqda.

Botir Zaripov muassasaning guruhlari, oshxona qismi, musiqa zali va boshqa bo'limlarini ko'zdan kechirdi. Mutasaddilar ishtirokida inshootda amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlarni muhokama qildi. Shundan kelib chiqib, bog'chani mukammal ta'mirlash yuzasidan tegishi vazifalar belgilandi.

Shuningdek, viloyat rahbari muassasa atrofini obodonlashtirish, daraxt ko'chatlarini o'tkazish, bolalar o'yin maydonchalarini hozirlash bo'yicha hudud mas'ullariga topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Kogon_shahri

"Navzirabot" MFYdagi 6-umumta’lim maktabi 1997-yilda qurilgan bo‘lib, 1 200 o‘quvchi o‘rniga ega. Hozirda bu yerda 640 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim-tarbiya olmoqda. Mutasaddilarning taklifiga ko‘ra, maktabning bo‘sh turgan binosini moslashtirish orqali 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etilsa, hududdagi bog‘cha yoshidagi bolalar qamrovini hozirgi 10 foizdan 66 foizga yetkazish mumkin.

Botir Zaripov bo‘sh bino holatini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarning taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, viloyat rahbari maktabda tashkil etilgan muzey faoliyati bilan ham tanishdi. Uni boyitish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani

O‘rganishlarning navbatdagi manzili Kogon tumani 24-oilaviy shifokor punktining Tutkunda filiali bo‘ldi. Filial 1968-yilda yog‘och va xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, hozirda tibbiyot va sanitariya normalariga javob bermaydi. Hozirda binoning poydevori cho‘kkan, pol qismi chirigan, devorlarida nurash kuzatilmoqda.

Botir Zaripov tibbiyot maskanining joriy texnik holatini ko‘zdan kechirdi. Qariyb olti ming aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan punktni rekonstruksiya qilish masalalari muhokama qilindi. Shunga ko‘ra amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilandi.

Shuningdek, Botir Zaripov mahalla yettiligi bilan muloqot qilib, hududning obodonlashtirish ishlariga tanqidiy baho berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#G'ijduvon_tumani

Botir Zaripov boshchiligidagi mutasaddilar Gʻijduvon tumanida "og‘ir toifa"dagi deya qayd etilgan ijtimoiy soha obyektlarida ham bo‘lishdi. Jumladan, "Zarangari" MFY Abadi qishlog‘idagi 75 qatnovga mo‘ljallangan 60-son oilaviy poliklinika qariyb 20 ming aholiga xizmat qiladi. Biroq muassasa tibbiyot va sanitariya talablariga javob bermaydi.

Botir Zaripov poliklinika holatini ko‘zdan kechirdi. Albatta, aholiga qulaylik va tibbiyot xodimlariga munosib mehnat sharoitlarini yaratish zarurligini ta’kidladi. Shunga ko‘ra, chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, mavjud binoni mukammal ta’mirlash, poliklinika hududidan qo‘shimcha 50 qatnovli bino qurish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, viloyat rahbari 66-umumta’lim maktabining bo‘sh turgan binosida ilk rivojlanish markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihasi bilan tanishdi. Qayd etilishicha, markaz tashkil etilishi bilan tumandagi nogironligi bo‘lgan bog‘cha yoshidagi bolalarni to‘liq qamrab olinib, oilalarning ham ijtimoiylashuviga erishiladi. Viloyat rahbari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Loyiha doirasidagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Shofirkon_tumani

Shofirkon tumanidagi "Talija" OSHP binosi 1977-yilda qurilgan bo‘lib, qariyb 6 ming aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Bino 2019-yilda joriy ta’mirdan chiqarilgan bo‘lsa-da, uning texnik holati talabga javob bermaydi.

Botir Zaripov mavjud holat bilan joyida tanishdi. Shiforkorlar va qurilishga mas’ul mutasaddilar bilan masalani muhokama qildi. Unga ko‘ra, OSHP hududidagi bo‘sh maydonda 50 qatnovga mo‘ljallangan zamonaviy qo‘shimcha bino quriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, Botir Zaripov 49-oilaviy poliklinikaning Qayrag‘och filialini ham ko‘zdan kechirdi. Uni ta’mirlash, xodimlarga munosib shart-sharoit yaratish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Bundan tashqari, 29-MTTning filialini rekonstruksiya qilish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_hududlarda

Kecha viloyat hokimi Botir Zaripov Kogon shahri, Kogon, Vobkent, G'ijduvon, Shofirkon va Peshku tumanlarida bo'lib, olib borilgan oʻrganishlar davomida birinchi navbatda qurilish, taʼmirlash va yangidan qurishga muhtoj, taʼmirtalab, sanitariya va gigiyena qoidalariga javob bermaydigan ijtimoiy soha muassasalari texnik holatini ko'zdan kechirdi. Shunga ko'ra zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Buxoro viloyatida madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, aholi va sayyohlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi imkoniyatlarni ishga solish borasida boshlangan amaliy ishlarni jadallashtirishga kirishilgan.

Xususan, madaniy meros va arxitektura yodgorliklarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish va texnogen jarayonlar ta’sirini olish maqsadida xorijiy va mahalliy ekspertlar, olimlar, tarixchilar hamda tajribali loyihachilarni jalb qilgan holda Buxoro shahar tarixiy markazidagi «Chor Minor» va «Isteza» madrasalari, «Samarqand» va «Darvozai Salloxona» darvozalari, «Zindon» va «Masjidi Kalon» kabi turistik marshurut bo‘ylab joylashgan obyektlar hududida yomg‘ir suvlarini olib chiqib ketuvchi tarmoqlarni qurish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, aloqa kabellari va boshqa kommunikatsiya tizimlarini Xiva shahri tajribasidan foydalangan holda, shaxta shaklida yer ostidan o‘tkazish yoki binolar tom qismlaridan milliy ko‘rinishda yog‘och ornamentlar, ustunlar bilan o‘ragan holda mukammal ko‘rinishini tashkil etib, qurish, an’anaviy me’morchilik uslubiga uyg‘un holda zamonaviy yoritish tizimlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Buxoro shahrida joriy yilda birinchi zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tanlangan hududda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish hamda tutash hududlarda yo‘l va yo‘laklarda mavjud asfalt va beton qoplamalarni demontaj qilish, loyiha asosida maxsus tosh qoplamalar yotqizilmoqda.

Mazkur hududdan o’tgan 750 metr masofada kanalizatsiya quvurlari ham tortilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, bunda mavjuid muammolarni o’rganish va hal etish maqsadida bugun ham viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat va Buxoro shahar sektorlari rahbarlari, mas’ul viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari hamrohligida Buxoro shahrining tarixiy qismida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Mavjud muammolarni o‘rgandi.

Botir Zaripov belgilangan ishlarni jadallashtirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish va boshqa infratuzilmaga doir muammolarni hal qilish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko’rsatmalar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Qorako‘l_tumani

Botir Zaripov aholini kambag‘allikdan chiqarish va daromadini oshirish, bu borada tomorqadan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Qorako‘l tumani “Darg‘ali” mahallasida ham bo‘ldi.

Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, viloyatda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholining yerga bo‘lgan munosabati tubdan o‘zgardi. Shu bois har bir qarich yerdan unumli foydalanib, dasturxoni obod, bozorlarimizning to‘kin bo‘lishiga hissa qo‘shayotganlar ko‘p.

Biroq “Darg‘ali” mahallasida yashovchi Otabek Rahmonovning xonadonida bo‘lgan kishi uning aksiga guvoh bo‘ladi. To‘g‘ri, xonadon egalarining talabiga ko‘ra hozirda imtiyozli kredit asosida bir sotixli ixcham issiqxona qurib berilmoqda.

Afsuski, xonadon ixtiyoridagi qariyb 15 sotixlik tomorqa yerida bedadan boshqa ekin ekishga aytgulik tayyorgarlik ham yo‘q.

Botir Zaripov har bir tomorqa yer egasining ekin maydonlaridan samarali foydalanishi ertaga yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligining oldini olishini ta’kidlagan holda shu xonadon misolida masalaga daxldor mas’ullar hududlarda tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube