BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.1K subscribers
75.4K photos
10.8K videos
20 files
38.9K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#Olot_tumani

Uchrashuvda yil davomida mahallalarning drayveridan kelib chiqib, yaxshi samara bergan loyihalar, ularni kelgusida ham keng joriy etish orqali odamlarni ishli, daromadli qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, zarur infratuzilma bilan ta’minlash borasida taklif va tashabbuslar bildirildi. Xususan, mahallalarda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik tarmoqlarini kengaytirish, bo‘sh turgan bino-inshootlardan tadbirkorlik maqsadida foydalanish yuzasidan qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

Ularni amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Botir Zaripov "mahalla yettiligi"ga hududlarda jinoyat va huquqbuzarlar, ajrimlarning oldini olish, migratsiyadagi fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lib turish va boshqa qator masalalarda faollikka chaqirdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_OAV
#Travel_Leisure

Dunyoga mashhur “Travel+Leisure” nashriyoti o'z saytida chop etilgan maqolada Buxoro “2025-yilda sayohat uchun 50 ta eng yaxshi lokatsiyalar“ ro‘yxatiga kiritilganligini e'lon qildi.

👉Maqola ushbu havolada: https://www.travelandleisure.com/best-places-to-go-2025-8739580

Ma’lumot uchun: Travel + Leisure sayohat jurnali bo‘lib, 1971-yili AQShning Nyu-York shtatida asos solingan. Mazkur jurnal yiliga 12 marta nashr etiladi. Uning korporativ media to'plamiga ko'ra, 4,8 million o'quvchilari va ijtimoiy tarmoqlarda 7 millionga yaqin kuzatuvchilari mavjud.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Qorako'l_tumani

Kambag‘allikni qisqartirish, odamlarni ishli va daromadli qilish, uzoq muddatga xorijga ketgan fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha qanday yaxshi tajribalar bor?

"Sayxunobod", "Uychi", "Zarbdor" va "Gʻijduvon" tajribalarini joriy etishda qaysi mahallalar faollik ko‘rsatdi? Ularda yana qanday tashabbuslar bor?

Botir Zaripovning Qorako‘l tumanidagi mahallalardagi hokim yordamchilari, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvida ham ayni shu masalalar muhokamalar markazida bo‘lmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Qorako'l_tumani

Botir Zaripov Qorako‘ldagi mavjud 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hokim yordamchilari, biriktirilgan tijorat banklari mas’ullari bilan birma-bir gaplashib, hududlarning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi g‘oya va tashabbuslarni o‘rganmoqda. Bunda amalda yaxshi samara bergan mikroloyihalarga urg‘u qaratilmoqda.

Xususan, aholining asosan qishloq joylarida yashayotganligini inobatga olib, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan bildrilayotgan takliflar qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube