BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.1K subscribers
75.6K photos
10.8K videos
20 files
39K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#Olot_tumani

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov “Amu-Buxoro” mashina kanali Olot tumani boshqarmasi tasarrufidagi 1-nasos stansiyasi hududida qurilayotgan yangi “Amu-Buxoro-1” nasos stansiyasi va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilayotgan “Amu-Buxoro-2” nasos stansiyalarida bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, “Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki” loyihasi asosida “Amu-Buxoro” irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash ishlari doirasida mazkur ikki nasos stansiyalarini realizatsiya va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yangi nasos stansiya qurilishiga Xitoy Xalq Respublikasining “China National Technical Import and Exsport Corporation” kompaniyasi tomonidan “CNTIC” pudratchi tashkiloti qurilish ishlariga jalb qilingan va ayni kunda bunda ishchi-mutaxassislar ish olib borishmoqda. Mazkur yangi nasos stansiyasi qurilishi umumiy qiymati 82 million 960 ming AQSH dollariga moliyalashtirilgan.

Shu kecha-kunduzda “Amu-Buxoro-1” yangi nasos stansiyasida jami 8 dona, har birining quvvati 11,25 metr sekund bo‘lgan yuqori unumli nasos agregatlari o‘rnatilmoqda. Bu sa’y-harakat natijasida nasos stansiyasining umumiy suv chiqarish qobiliyati 90 metr sekundga yetkaziladi hamda stansiya energiya tejamkor asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.

Gidroinshootda borayotgan yangilanishlar bilan tanishgan viloyat rahbari loyiha doirasida borayotgan ishlarni yanada jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Botir Zaripov “Amu-Buxoro-2” nasos stansiyasida ham bo‘lib, energiya resurslarini iqtisod qilish, ilmiy-texnik asoslar bilan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatishga doir tavsiyalar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Olot_tumani

Viloyat hokimi Botir Zaripovning bugungi nazorat tartibidagi o‘rganishlari Olot tumanida ishlab chiqarish inshootlari va mahallalarda kechdi.

Dastlab viloyat rahbari "Xalifa" kichik sanoat zonasida barpo etilayotgan loyiha qiymati 13 million AQSH dollariga teng “Olot Asaka tekstil” yigiruv-to‘quv korxonasida ayni kundagi qurilish-montaj, jihozlash ishlarini borib ko‘rdi, mavjud muammolarni o‘rgandi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Olot Asaka tekstil” mato va tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona bo‘lib, bu loyihaning dastlabki bosqichida yillik 2 750 tonna miqdoridagi xom gazlama to‘qib tayyorlash, ikkinchi bosqichda esa 2 350 tonna miqdorida aralash tolali ip-kalava ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Buning uchun xizmat ko‘rsatuvchi “Asakabank” viloyat filiali tomonidan 10 million AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘i sarflanmoqda.

Hademay, korxona foydalanishga topshirilgach, ishlab chiqarish faoliyati rivojlantirilishi hisobidan eksport hajmini yil davomida 2 million AQSH dollariga yetkazish, bunda iqtisodiyotga qo‘shiladigan moddiy ulushni 494 million AQSH dollariga yetkazish imkoniyati yaratiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Olot Asaka tekstil” korxonasiga Xitoy davlatidan 100 ta dastgoh keltirib o‘rnatilgan. Hozirda uskunalarni elektr tarmoqlariga ulash zarur. 2024-yilda ayrim hududlardagi aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarning manzilli dasturiga asosan inshootga 3 km masofaga yuqori kuchlanishli elektr energiyasi tarmog‘i tortilib, transformator punkti o‘rnatilmoqda.

Viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur 2,9 gektar yer maydonini egallagan ishlab chiqarish inshootini qisqa fursatlarda foydalanishga topshirish, buning natijasida hududagi kambag‘al va ehtiyojmand oilalarning 480 nafar fuqarosining bandligini ta’minlash, korxona hududini obodonlashtirish borasida mas’ullarga aniq vazifalarni yukladi.

Korxonada borayotgan qurilish, montaj va jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirgan viloyat rahbari “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasi mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazishda ham ishtirok etdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_hududlarda
#Olot_tumani

“Xalifa” mahalla fuqarolar yig‘ini shundoqqina tuman markaziga yaqin hududda joylashgan. Shu bois mahallani ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish, aholi turar joylari, dam olish va madaniy hordiq chiqarish maskanlarini barpo etish, keng va ravon yo‘llar, maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari qurilishi — bular barchasi yangicha yondashuv va tashabbuslar asosida amalga oshirilmokda. Yangilanish va islohotlar mahalla qiyofasini tubdan o‘zgartirib, odamlar turmush tarziga yangicha shukuh olib kirmoqda.

Bir qarashda barchasi risoladagiday ketayotgandek. Ammo amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar hali talaygina. Ayniqsa, “mahalla yettiligi” vakillarining o‘z ishiga loqayd va e’tiborsizligi natijasida mahallani obod va ko‘rkam qilishdagi nuqson va kamchiliklar yechim topmayapti. Oddiy misol. Mahalladagi ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uylar atrofidagi manzaralar kishi tabini xira kiladi. Yon-atrof chiqindi, begona o‘tlar, xas-xashaklardan tozalanmagan. Binolarning fasad qismi, kirish yo‘laklari ta’mirtalab. Uylar atrofida bo‘sh turgan ekin yerlari qarovsiz ahvolda.

Botir Zaripov mahalladagi o‘rganishlari davomida ayni shu masalaga alohida e’tibor qaratdi. Bolalar bog‘chasi, “Barkamol avlod” bolalar markazi, tuman o‘yingohi, qolaversa, mahalla ma’muriy binosining yon-atrofida ham o‘sha tanish holat — antisanitariya holat, shakl berilmagan daraxtlar, har yoqda sochilib yotgan axlatlarga ko‘zingiz tushadi. Bu yerda istiqomat qilayotgan aholi hudud obodonchiligiga e’tibor qaratsa, bu xalqimizga xos tozalik-ozodalik, azaliy udum emasmi?! Bu ishlarni “mahalla yettiligi” tashkil qilishi kerak emasmi?!

Bugun Buxoroda ko‘kalamzorlashtirish, mevali-manzarali daraxtlar o‘tqazish, atrof-muhit ekologiyasini asrab-avaylash yo‘lida boshlangan qator sa’y-harakat “Xalifa”ga yetib kelmagan ko‘rinadi. Obodonchilik haqida bunda gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Nahotki, bu yerdagi aholiga bir yoqadan bosh chiqarib, ko‘chalar va uylar atrofini tartibga keltirishga kimningdir “turtki”si kerak bo‘lsa, degan o‘yga borasan, kishi. Hududda tashlandiq, xaroba holga kelgan binolar ham ko‘zga tashlandi. Fuqarolar fikricha, ular ham obodonchilik va tozalik tarafdori, biroq muammo mahalla mutasaddilarining ular holidan xabar olmay, hammasini o‘z holiga tashlab qo‘yganlarida ekan. Ahvol shunday bo‘lgach, bundagi muammolar yillar davomida to‘planib qolgan.

Botir Zaripov tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi “yettilik” bilan o‘tkazgan tezkor onlayn muloqotida “Xalifa”dagi ishlarni “namuna” qilib ko‘rsatdi. Xulosa esa mahalladagilarning o‘ziga havola!

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Olot_tumani

Ma’lumki, Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Olot tumanida quvvati 250 MVt bo‘lgan kuyosh elektr stansiyasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Umumiy qiymati 270 million AQSH dollariga teng mazkur loyihani 2025 yilning ikkinchi yarmi davrida foydalanishga tushirish ko‘zda tutilgan. Subyektning yillik ishlab chiqarish quvvati 638 million kVt/soatni tashkil qiladi.

Ahamiyatli jihati, mazkur loyiha ishga tushishi natijasida hududda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun tabiiy gaz sarfi yiliga 270 million kubo metrga tejaladi. Bundan tashqari, 300 mingta xonadon qo‘shimcha elektr energiyasi bilan ta’minlanib, karbonat angidrid chiqindilari yiliga 250 ming tonnaga kamayadi.

Ayni kunda respublika Energetika vazirligi hamda xorijiy investor o‘rtasida investitsiya shartnomasi va elektroenergiyani sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolangan bo‘lib, pudratchi tashkilot sifatida Hindistonning “Jackson Green” kompaniyasi tanlangan. Hozirda loyihani sotsiologik va ekologik o‘rganishlar olib borilmokda va ishchi xizmatchilar uchun ofis binosi, yotoqxona, oshxona xizmat ko‘rsatish binolari qurilgan. Bundan tashqari, loyiha amalga oshirilishi belgilangan yer maydonini panjara bilan o‘rash ishlari va obektlarga olib boruvchi yo‘llari qurilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov Qirlishon hududidan ajratilgan 649 gektar yer maydonida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ma’muriyat joylashgan binolar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yana bir bor tanishdi. Loyihaning bugungi kundagi ahamiyati va kelgusidagi natijadorligi mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

Jumladan, loyihaga binoan elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga ortib borayotgan ehtiyojini ta’minlash, elektr energiyasini ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish jihatlariga e’tibor qaratildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#AmuBuxoro_irrigatsiya_tizimi
#Olot_tumani

“Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki” loyihasi asosida viloyatimizda “Amu-Buxoro” irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash ishlari doirasida Olot tumanida birinchi va ikkinchi “Amu Buxoro” nasos stansiyalarini realizatsiya va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov “Amu-Buxoro” mashina kanali Olot tumani boshqarmasi tasarrufidagi 1-nasos stansiyasi hududida qurilayotgan yangi “Amu-Buxoro-1” nasos stansiyasida bo‘ldi.

Yangi nasos stansiya qurilishiga Xitoy Xalq Respublikasining “China National Technical Import and Exsport Corporation” kompaniyasi tomonidan «CNTIC» pudratchi tashkiloti qurilish ishlariga jalb qilingan va ayni kunda bunda ishchi-mutaxassislar ish olib borishmoqda. Mazkur yangi nasos stansiyasi qurilishi umumiy qiymati 82 million 960 ming AQSH dollariga moliyalashtirilgan.

Shu kecha-kunduzda “Amu-Buxoro-1” yangi nasos stansiyasida jami 8 dona, har birining quvvati 11,25 metr sekund bo‘lgan yuqori unumli nasos agregatlari o‘rnatilmoqda. Bu sa’y-harakat natijasida nasos stansiyasining umumiy suv chiqarish qobiliyati 90 metr sekundga yetkaziladi hamda stansiya energiya tejamkor asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.

Gidroinshootda borayotgan yangilanishlar bilan tanishgan viloyat rahbari Botir Zaripov loyiha doirasida borayotgan ishlarni yanada jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, “Amu-Buxoro-2” nasos stansiyasida ham shu kunlarda borayotgan modernizatsiya ishlari, energiya resurslarini iqtisod qilish, ilmiy-texnik asoslar bilan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatishga doir chora-tadbirlar viloyat hokimining e’tiboridan chetda qolmadi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Olot_tumani

Xabar berib borayotganimizdek, viloyat hokimi Botir Zaripov aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali ularning daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz fuqarolarni biror faoliyat turi bilan band qilish, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda tadbirkorlik muhitini shakllantirish, migratsiyada bo‘lgan va xorijdan qaytgan fuqarolar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tajribalarni ommalashtirish, bu borada istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida joylardagi "mahalla yettiligi", mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari mas’ullari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi ayni paytda Olot tuman hokimligida o‘tkazilmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Olot_tumani

Uchrashuvda “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “Gʻijduvon” tajribalarini keng joriy etish yuzasidan aholining biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasida kichik biznes loyihalar o‘rganilmoqda.

Bunda mahalla va xonadonlar kesimida aholining talab, taklif hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib, yaxshi samara bergan biznes loyihalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Olot_tumani

Uchrashuvda yil davomida mahallalarning drayveridan kelib chiqib, yaxshi samara bergan loyihalar, ularni kelgusida ham keng joriy etish orqali odamlarni ishli, daromadli qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, zarur infratuzilma bilan ta’minlash borasida taklif va tashabbuslar bildirildi. Xususan, mahallalarda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik tarmoqlarini kengaytirish, bo‘sh turgan bino-inshootlardan tadbirkorlik maqsadida foydalanish yuzasidan qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

Ularni amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Botir Zaripov "mahalla yettiligi"ga hududlarda jinoyat va huquqbuzarlar, ajrimlarning oldini olish, migratsiyadagi fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lib turish va boshqa qator masalalarda faollikka chaqirdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube