BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.7K subscribers
76.7K photos
10.9K videos
22 files
39.2K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#Olot_tumani

“Xalifa” mahalla fuqarolar yig‘ini shundoqqina tuman markaziga yaqin hududda joylashgan. Shu bois mahallani ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish, aholi turar joylari, dam olish va madaniy hordiq chiqarish maskanlarini barpo etish, keng va ravon yo‘llar, maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari qurilishi — bular barchasi yangicha yondashuv va tashabbuslar asosida amalga oshirilmokda. Yangilanish va islohotlar mahalla qiyofasini tubdan o‘zgartirib, odamlar turmush tarziga yangicha shukuh olib kirmoqda.

Bir qarashda barchasi risoladagiday ketayotgandek. Ammo amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar hali talaygina. Ayniqsa, “mahalla yettiligi” vakillarining o‘z ishiga loqayd va e’tiborsizligi natijasida mahallani obod va ko‘rkam qilishdagi nuqson va kamchiliklar yechim topmayapti. Oddiy misol. Mahalladagi ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uylar atrofidagi manzaralar kishi tabini xira kiladi. Yon-atrof chiqindi, begona o‘tlar, xas-xashaklardan tozalanmagan. Binolarning fasad qismi, kirish yo‘laklari ta’mirtalab. Uylar atrofida bo‘sh turgan ekin yerlari qarovsiz ahvolda.

Botir Zaripov mahalladagi o‘rganishlari davomida ayni shu masalaga alohida e’tibor qaratdi. Bolalar bog‘chasi, “Barkamol avlod” bolalar markazi, tuman o‘yingohi, qolaversa, mahalla ma’muriy binosining yon-atrofida ham o‘sha tanish holat — antisanitariya holat, shakl berilmagan daraxtlar, har yoqda sochilib yotgan axlatlarga ko‘zingiz tushadi. Bu yerda istiqomat qilayotgan aholi hudud obodonchiligiga e’tibor qaratsa, bu xalqimizga xos tozalik-ozodalik, azaliy udum emasmi?! Bu ishlarni “mahalla yettiligi” tashkil qilishi kerak emasmi?!

Bugun Buxoroda ko‘kalamzorlashtirish, mevali-manzarali daraxtlar o‘tqazish, atrof-muhit ekologiyasini asrab-avaylash yo‘lida boshlangan qator sa’y-harakat “Xalifa”ga yetib kelmagan ko‘rinadi. Obodonchilik haqida bunda gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Nahotki, bu yerdagi aholiga bir yoqadan bosh chiqarib, ko‘chalar va uylar atrofini tartibga keltirishga kimningdir “turtki”si kerak bo‘lsa, degan o‘yga borasan, kishi. Hududda tashlandiq, xaroba holga kelgan binolar ham ko‘zga tashlandi. Fuqarolar fikricha, ular ham obodonchilik va tozalik tarafdori, biroq muammo mahalla mutasaddilarining ular holidan xabar olmay, hammasini o‘z holiga tashlab qo‘yganlarida ekan. Ahvol shunday bo‘lgach, bundagi muammolar yillar davomida to‘planib qolgan.

Botir Zaripov tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi “yettilik” bilan o‘tkazgan tezkor onlayn muloqotida “Xalifa”dagi ishlarni “namuna” qilib ko‘rsatdi. Xulosa esa mahalladagilarning o‘ziga havola!

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube