BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24K subscribers
79.2K photos
11.1K videos
23 files
39.7K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#Xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Voronej

Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev boshchiligidagi delegatsiyaning Buxoroga biznes tashrifi davom etmoqda. Hudud rahbarlari ishtirokidagi muzokaralardan so‘ng Voronej delegatsiyasi qator tadbirlarda ishtirok etishdi.

Jumladan, tashrif dasturiga ko‘ra dastlab Aleksandr Gusev Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamrohligida Buxoro shahridagi “Motamsaro ona” memorial majmuasiga tashrif buyurdi. Motamsaro ona poyiga gulchambar qo‘yib, o‘tganlar ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Voronej

Voronej delegatsiyasining navbatdagi tashrif manziliBuxoro Agroklaster” tizimidagi Buxoro Agroklaster DZZ” korxonasi bo‘ldi.

Qayd etish joizki, mazkur korxonada sutni qayta ishlash va qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan. 6,2 million dollar investitsiya evaziga qarovsiz maydonda zamonaviy majmua barpo etilib, Italiya va Rossiyadan uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 2021-yilda ochilgan korxonada bugungi kunda yiliga 22 ming tonna sut qayta ishlanmoqda. Undan tayyorlanayotgan kefir, sut, pishloq, yogurt, qaymoq, smetana kabi mahsulotlarning turi qirqtadan ortiq. 150 nafar aholi ish bilan ta’minlangan.

Delegatsiya a’zolari bu yerdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Ish ko‘lami va daromadning ortishi klaster faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Majmua hududida yangi inshootlar qurildi. Xususan, korxona tizimida yer maydonlari unumdorligini aniqlab beruvchi zamonaviy laboratoriya ishga tushirildi. U Germaniyaning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan, tuproq tarkibidagi qirqdan ortiq, suv tarkibidagi o‘nga yaqin ko‘rsatkichlarni aniqlash imkoniga ega.

Buxoro viloyati ekin maydonlarining sho‘rlanganlik darajasi boshqa hududlarga nisbatan yuqori. Hosildorlikka erishish uchun tuproq tahlili nihoyatda zarur. Bu laboratoriyada tuproqning kimyoviy tarkibi o‘rganilib, shu orqali o‘simliklarning mineral va organik o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi aniqlanadi. Tuproq xossalari, sho‘rlanish darajasi ham chuqur o‘rganiladi. Uning natijalari asosida yerni me’yorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi.

Bu yerda shakllantirilgan ma’lumotlar korxonaning yana bir loyihasi – “Agro Smart Map Uz” platformasiga yuklab boriladi. Shu ma’lumotlar asosida yer egalari kerakli agrotexnologik tavsiyalar oladi.

Qatnashchilar laboratoriyadagi sharoitlarni ham ko‘zdan kechirishdi. Ularning korxona va laboratoriyaning ishlash tizimi, afzalliklari, shuningdek, “Buxoro Agroklaster”ning navbatdagi loyihalari haqida so‘zlab berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Voronej

Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev boshchiligidagi hukumat va ishbilarmonlar delegatsiyasining navbatdagi tashrif manzili Buxoro shahrining “S.Ayniy” mahalla fuqarolar yig‘ini, sobiq XBK binosi negizida “Bukhara Next Generation Product” MCHJ tomonidan tashkil etilgan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy qiymati 120 mln AQSH dollariga teng loyihaning 90 mln AQSH dollari tadbirkorning o‘z mablag‘i, 30 mln AQSH esa dollari xorijiy kredit hisoblanadi.

Ishlab chiqarish dastgohlari Yaponiya va Shvetsariya davlatlaridan olib kelinib o‘rnatilgan. Loyiha joriy yakuniga qadar to‘liq ishga tushiriladi va 2 ming nafar buxorolik ish bilan ta’minlanadi.

Korxonada yiliga to‘rt turdagi ikki million dona maishiy texnika - suv isitgichlari, oshxona plitalari, o‘rnatma texnika, mini pechlar hamda panel radiatorlar ishlab chiqariladi. Mehmonlar korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Voronej

Delegatsiya a'zolari shuningdek, Buxoro shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nigora” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

O‘n yildan ortiq bo‘sh turgan binodan unumli foydalanish maqsadida mazkur korxonada investisiya dasturi doirasida jami 22 million AQSH dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilingan holda paxta xomashyosidan ip-kalava va undan mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bo‘yash hamda tayyor kiyim-kechaklar tikishni tashkil etish orqali faoliyatni kengaytirish maqsadida 2023-yilda qo‘shimcha 4,2 million AQSH dollarlik investisiya kiritilgan.

Shunga ko‘ra, bu yerda aralashma tolali xom, bo‘yalgan gazlama hamda tayyor kiyim ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish bilan bir vaqtda inshootda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Korxonada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali zamonaviy tikuvchilik dastgohlarini o‘rnatib, qo‘shimcha 840 ta ishchi o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Ishlab chiqarish dastgohlari Shvesariya, Italiya, Belgiya va Germaniya davlatlaridan keltirilgan bo‘lib, yiliga 30 mln. pg xom va bo‘yalgan gazlama, 1 ming tonna bo‘yalgan ip, 1 mln dona tayyor kiyim ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonaning yillik eksport quvvati 20 mln. dollarni tashkil qilib, Yevropa va O‘rta Osiyo davlatlariga yo‘naltirilgan.

Mehmonlar korxona faoliyatiga yuqori baho berishdi.

Qayd etish lozimki, “Nigora” xususiy korxonasi, shuningdek, “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri ta’sischisi tashabbusi bilan xalqaro tajribaga binoan Xitoydan “DJI” brendi ostida ishlab chiqarilgan “AGRAS-T 40” rusumli uchuvchisiz uchish qurilmasidan 3 tasini xarid qilib keltirib, mahalliy sharoitda sinovdan o‘tkazilyapti.

Bu dron ekologiya va atrof-muhitga mutlaqo zararsiz bo‘lib, 1 soatda 16 gektar maydonga ishlov berish imkoniga ega. Bunda nafaqat sug‘orish, balki ekin yeri umumiy konturi kadastr tasviri va chizmasi bilan birga yer o‘lchamlarini olish, ekin maydoni baland-pastini o‘rganib, lazerli yer tekislagich agregatiga kordinatlar bo‘yicha tegishli buyruqni yetkazish, o‘simlikka biologik yoki kimyoviy dorilash vositasida ishlov berish imkoni mavjud.

Mehmonlarga mazkur qurilma va uning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati haqida ham so‘zlab berildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Voronej

Voronej viloyati delegatsiyasi Buxoro shahridagi Prezident maktabida ham bo'ldi. 2019-yil tamal toshi qo'yilgan hamda 2021-yilda foydalanishga topshirilgan maskan Ikki gektar hududda zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan.

Mazkur bilim dargohiga eng qobiliyatli o‘quvchilar bir necha bosqichli sinovlar asosida tanlab olinib, ularga matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi. Ta’lim jarayoni rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida olib boriladi.

Aleksandr Gusev boshchiligidagi delegatsiya vakillari 168 o‘ringa mo‘ljallangan ikki qavatli o‘quv binosi, uch qavatli yotoqxona, barcha sharoitlarga ega mehmonxona, gimnastika va sport zallari, suv havzasi, oshxona va dars tayyorlash xonalari bilan tanishdilar.

Tashrif davom etmoqda. Uning tafsilotlari haqida sahifalarimiz haqida axborot berib boramiz.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Voronej

Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Voronej viloyati delegatsiyasi Buxoroda bo'lib turibdi.

Bugun delegatsiya a'zolari guruhlarga bo'lingan holda savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-logistika tarmoqlari va madaniy-gumanitar, shuningdek, taʼlim va sport sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida bir qancha uchrashuvlarda ishtirok etadi.

Xususan, Voronej viloyati ta'lim sohasi vakillari Buxoro davlat universitetida bo'lishdi. Uchrashuvda Voronej davlat universiteti va Buxoro davlat universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, o'quv jarayonlariga yangicha uslub va texnologiyalarni joriy qilish, qo‘shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashinildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Voronej

Voronej viloyati delegatsiyasi sog`liqni saqlash yo'nalishi vakillari bugun Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo'ldilar.

Mehmonlar yangidan barpo etilgan institut kampusi maketini va u orqali oliygohdagi majmualarni ko‘rishdi. 900 o‘rinli o‘quv binosi, 200 o‘rinli klinika, simulyasiya o‘quv markazi kabi yirik markazlarni o‘z ichiga olgan hamda jahon standartlaridagidek yaxlit joylashgan kampus faoliyatiga yuqori baho berishdi.

Axborot resurs markazida ilmiy ishlanmalar, loyiha va patentlashga tayyorlangan g'oyalar bilan tanishib Buxoroda tibbiyot yo'nalishida ilmiy salohiayt yuqori ekanini ta’kidlashdi. Shu yerda Buxoro va Voronej viloyatlari sog'liqni saqlash sohasidagi o'zaro yaqinlik hamda hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha muloqot ham bo'lib o'tdi.

Suningdek, delegatsiya vakillari respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialida ham bo'lishdi. Viloyatimiz bo‘yicha zamonaviy va talab darajasida faoliyat yuritayotgan filial 260 o‘rindan iborat bo‘lib, 15 ta klinik bo‘lim va 10 ta yordamchi bo‘limdan iborat. Bugunga kelib unda 34 ta tor doiradagi mutaxassislik bo‘yicha aholiga yuqori malakali ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Mehmonlar filialda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Filialda Buxoro va Voronej viloyatlari sog'liqni saqlash boshqarmalari o'rtasida ikkitmonlama hamkorlik qilish bo'yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Voronej

Bugun shuningdek, Voronej viloyati tadbirkorlari va Buxoro viloyati tadbirkorlari o'rtasida B2B uchrashuvi ham tashkil qilindi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, savdo-iqtisodiy, investitsiya sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash uchun, Buxorodagi korxonalar bilan yaqindan tanishgan holda, hamkorlikda amalga oshiriladigan loyhalar yuzasidan kelishuvlarga erishish maqsadida, buxorolik tadbirkorlar ishtirokida B2B uchrashuvi o‘tkazildi.

"Sahid Zarafshon" mehmonxonasida tashkil etilgan tadbir doirasida Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sadillayev so‘z olib, viloyatimizdagi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish borasidagi yuqori ko‘rsatkichlari to‘g‘risida mehmonlarga batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Voronej

Voronej viloyati ta'lim sohasi vakillari Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ham bo‘lib, fan, ta'lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik integratsiyasini mustahkamlash va malakali kadrlarni tayyorlash borasida institutning “KiberNeftGaz” ilg’or muhandislik maktabi, “Mashinasoz” texnoparki, Registrator ofisi bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Shuningdek institut rektori Sadoqat Siddiqova bilan bo’lib o’tgan suhbatda hamkorlikdagi dasturlarni yo’lga qo’yish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube