BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24K subscribers
79.4K photos
11.1K videos
23 files
39.7K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Hindiston

“Rising Hongfa Group” — Hindistonning qurilish materiallari, tibbiy asbob-uskunalar, sanoat chiqindilarini qayta ishlash, muqobil energiya manbalari va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi ko‘p tarmoqli kompaniyasi bo‘lib, u Hindistondan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Ummon Sultonligida ishlab chiqarish korxonalariga ega.

Bugun Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Rizo Asadov mazkur kompaniya rahbariyati bilan videokonferensiya shaklida muzokara o‘tkazdi. Muloqotda Buxoro viloyatining mavjud investitsiyaviy imkoniyatlari va iqtisodiy salohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi, shuningdek, aniq loyiha takliflari taqdim etildi.

Shundan kelib chiqib, “Rising Hongfa Group” vakillari Buxoro viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishga qiziqish bildirishdi va shu bo‘yicha hamkorlik takliflari ko‘rib chiqildi.

Ushbu investitsiya loyihasi doirasida Hindiston kompaniyasi delegatsiyasi yaqin kunlarda Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube