Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.68K photos
983 videos
1 file
4.09K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹KADASTR XALQ XIZMATIDA🔹

🔳Kadastr xalq xizmatida” shiori ostida yurtimiz mahallaridagi yoshlar daftari, ayollar daftari hamda temir daftarga kiritilgan fuqarolarning aynan kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish, o‘rganish ishlarini olib borish bo‘yicha loyihamiz o'z samarasini bermoqda.

🔳 Loyihada galdagi tashabbusni Buxoro viloyati boshqarmasi o‘z qo‘liga oldi. Boshqarmaning Romitаn tumani filial xodimlari fuqaro va tadbirkorning kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etishdi.

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr_xalq_xizmatida

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi S.Abdullayev, Buxoro shahar bo‘limi boshlig‘i M.Qodirov va boshqa mas’ullar ishtirokida Buxoro shahrining «Havzi Nav» mahalla fuqarolar yig‘inida «Kadastr idoralari — xalq xizmatida» mavzusida mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹 Uchrashuvda agentlik xodimlari tomonidan, ishtirokchilarga kadastr yo‘nalishi bo‘yicha so‘ngi yillarda qabul qilingan qonunlarning mazmun mohiyati tushuntirildi.

🔸Tadbirda asosiy e’tibor aholini kadastr sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi birgalikda kurashishga qaratildi.

🔹Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida hokim yordamchilari bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi.

🔸Bunday aholi bilan jonli uchrashuvlar o‘tkazilishi davom ettiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_xalq_xizmatida
#Kadastr #Buxoro

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan viloyatning olis hududlarida aholi roziligi uchun amalga oshirilayotgan ishlar xususida maxsus reportaj

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr_xalq_xizmatida

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Abdullayev, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro shahar bo‘lim(filial)i mas’ullari ishtirokida «Varaxsha» MFYda «Kadastr idoralari — xalq xizmatida» mavzusida mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹 Uchrashuvda kadastr xodimlari tomonidan, ishtirokchilarga so‘ngi yillarda sohaga oid qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati xalqchil tilda tushuntirildi.

🔸Tadbirda asosiy e’tibor aholining kadastr sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni atroflicha muhokama qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi.

🔸 Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar. Bunday jonli muloqotlar o‘tkazilishi davom ettiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr_xalq_xizmatida

Vobkent tuman 4-sektor rahbari O.Muqumov, tuman xalq qabulxonasi rahbari L.Sharipova hamda Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i S.Ergashevlardan iborat ishchi guruh mahallalar kesimida tuman aholisining mavjud muammolarini o‘rganish, murojaatlarni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish maqsadida doimiy ravishda aholi vakillari bilan uchrashib kelmoqda.

▪️Navbatdagi shu kabi uchrashuv tumandagi “Shakarkent” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan bo‘lib o‘tdi. Xalqni rozi qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o'rganib yechim topish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda S.Ergashev tomonidan, ishtirokchilarga kadastr yo‘nalishi bo‘yicha so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlarning mazmun mohiyati tushuntirildi.

▪️Shuningdek, fuqarolarga yerga egalik huquqi bo‘lmasdan unda turli xil noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish, o‘zboshimchalik bilan yer uchastklarini egallab olishga nisbatan ko‘riladigan huquqiy choralar haqida ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook | Instagram